Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
10.4 rasm. Amerika Qo‘shma Shtatlarida yalpi va sof milliy jamg‘armalari darajasi: 1962-2010 69 . 68 Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, PhilipG. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 68. 69 Manba: Data from U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011(pp. 220, 228). Washington, DC: U.S.Government Printing Office. 197 10.4-rasmda AQSHning 1962-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrdagi yalpi va sof milliy jamg‘armalari darajalari (jamg‘armalar - YaIMga nisbatan foizlarda) ko‘rsatilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, ikkala jamg‘arma darajasi ham vaqti-vaqti bilan, ba’zan jiddiy yuqoriga ko‘tarilish orqali muntazam qisqarib borgan. Odatda, shaxsiy jamg‘armalarda yalpi va sof milliy jamg‘armalarni ko‘payishiga olib keluvchi o‘sishlar kuzatilmaydi, ammo davlat byudjeti defitsitining vaqtinchalik qisqarishi hisobiga, 1990-yillarning oxirida kuzatilganidek, jamg‘armalar darajasining oshishi holati yuzaga kelishi mumkin. Bu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyoti iste’moli tobora o‘sib borishi bilan birgalikda, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi xususiy va davlat sektori investitsiyalari qisqarib borayotgan iqtisodiyotdir. AQSH jamg‘armalari darajasi boshqa sanoatlashgan davlatlar bilan taqqoslaganda qay holatda? 10.5-rasmda Amerika Qo‘shma Shtatlari Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Germaniya bilan taqqoslangan. Rasmdan ko‘rinadiki, AQSH federal byudjeti profitsit bo‘lgan 2000-yilni istisno qilib aytganda, AQSH taqqoslanayotgan hamma davlatlardan ortda qolmoqda. Janubiy Koreyaning sof jamg‘armalari darajasini yangi ilg‘or sanoat mamlakatlari bilan solishtirish mumkin. Bu mamlakatlar ishlab chiqarish texnologiyalariga investitsiya kiritish orqali mehnat unumdorligini oshirishgan, shuningdek, kichik agrosanoatdan manufakturalashgan ishlab chiqarishga o‘tib jiddiy iqtisodiy o‘sishga erishish orqali katta foyda topayotgan iqtisodiyotlardir. Umuman, AQSH iqtisodiyoti kapital tarkibining aksariyati eskirgan va yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarni yangilashga yo‘naltiriladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling