Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Davlat qarzini boshqarish va uning instrumentlari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
10.2.
Davlat qarzini boshqarish va uning instrumentlari Amerika Qo‘shma Shtatlari – qarzdor davlat sifatida.Jahon iqtisodiyotining bugungi kundagi holatiga ta’sir etuvchi muhim omil bo‘lib AQSHning xususiy shaxslarga, korporatsiyalarga va hukumatlarga bo‘lgan qarzdorligining mavjudligi hisoblanadi. Fuqarolar murakkab siyosiy sharoitlarning yuzaga kelishi, shu jumladan, terrorizmning kuchayib borishiga bog‘liq ravishda benzin va boshqa mahsulotlar importining qimmatlashib borayotganligini his qilmoqdalar. 1985-yilda Qo‘shma Shtatlar birinchi marta sof qarzdor bo‘ldilar. Rasman olib qaraganda bu shuni anglatadiki, AQSHdagi xorijiy investitsiyalarning qiymati Shtatlarning xorijdagi investitsiyalari qiymatidan ortib ketdi. 2009-yilda xorijiy investitsiyalarning qiymati (joriy bozor narxlarida) 21,1 trln. dollar, AQSHning xorijdagi investitsiyalarining qiymati esa 18,4 trln. dollar miqdorida baholandi; 90-yillarning o‘rtalaridan boshlab ushbu qiymatlar ikki barobardan ziyod ko‘paydi. 21 trln. dollarlik investitsiyalarning deyarli 25 foizi rasmiy xorijiy investorlar (hukumatlar va hukumat tashkilotlari) tomonidan kiritilgan. 61 Ushbu rasmiy xorijiy investitsiyalarning katta qismi Shtatlarning xazina qimmatli qog‘ozlari va boshqa hukumat qarz majburiyatlariga qo‘yilgan bo‘lib, bu AQSH ning rasmiy qarzlari tashqi qarz ekanligini aks ettiradi. 2,7 trln. dollar atrofidagi sof tafovut uzoq muddatli ko‘rinishga ega. Iqtisodiy va fond bozorlaridagi tez-tez sodir bo‘lib turadigan tebranishlar va nomutanosibliklarga qaramasdan, xorijiy investitsiyalarning jozibadorlik darajasi xorijiy investorlarga AQSHning xorijdagi investorlariga qaraganda yuqoriroq ko‘rinmoqda. Masalan, 2001-yilda fond bozorining pasayishi natijasida xorijiy investorlar, milliy investorlarga qaraganda, o‘z aktivlarining kattagina qismini 60 Рейтинг стран по объему внешнего долга http://www.vestifinance.ru/articles/11572 61 U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011, 313. 191 sotib yubordilar, buning natijasida AQSHdagi xorijiy xolding kompaniyalarining qiymati praporsional ravishda tushib ketdi. Bunday holat 2007-yil va undan keyingi yillarda biron-bir boshqa ko‘rinish va darajada kuzatilmadi, bunga asosiy sabab, boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlardagi moliyaviy bozorlar, odatda, investorlar uchun Amerikachalik jozibador emas edi. 62 1985-yildan boshlab Qo‘shma Shtatlar, undagi jami xorijiy aktivlar qiymatining boshqa mamlakatlardagi Amerika investorlariga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymatidan ortib ketishi bilan, sof qarzdor mamlakatga aylandi. 2009-yilda Qo‘shma Shtatlardagi xoldinglar aktivlarining 16 foizi AQSH moliyaviy bozorlaridagi hosilaviy moliyaviy instrumentlarga qo‘yilgan edi. Boshqa majburiyatlarga qo‘yilgan investitsiyalar 25 foizni tashkil qilgan. Qo‘shma Shtatlar xoldinglarining boshqa xorijiy aktivlarining joylashtirilishi kamayib borish tartibida quyidagicha: (1) AQSH kompaniyalarining portfel investitsiyalariga qo‘yilgan qarz qimmatli qog‘ozlari va aksiyalari; (2) rasmiy hukumat va xususiy investorlarga tegishli bo‘lgan xazina qimmatli qog‘ozlari; (3) asosiy vositalarga, shu jumladan kurortlar, fabrikalar, xatto kommunal xo‘jaliklarga, masalan, suv xo‘jaligi korxonalariga qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar. 63 2000- yillarning boshida davlat qarzining oshib ketishiga qadar, xorijiy investitsiyalarning aksariyat qismi fond bozorlariga hamda asosiy vositalarga yo‘naltirilgan bo‘lib, nisbatan kamroq qismi hukumat qimmatli qog‘ozlari va xazina veksellariga jalb qilingan edi. 1990-yillar oxirida AQSH federal byudjetining profitsiti qarz olishga bo‘lgan muhtojlikni birmuncha kamaytirdi. Lekin federal byudjetning o‘sib borayotgan defitsiti, albatta, qarz olishni (asosan xorijiy investorlardan) talab etadi, shuning uchun davlat qarzining 2001-yildan boshlab o‘sib borish tendentsiyasi saqlanib kelmoqda. Xorijiy kapitalning oqib kelishi AQSHga foiz stavkalarining past darajada ushlab turishga imkon berdi, u federal byudjetning defitsitini qoplash uchun qarz olishga bo‘lgan talabni qondiradi hamda AQSH uy xo‘jaliklari iste’molini, shu 62 I wouldn't start from here. (2011). The Economist, 401, October 15, 80-81. 63 U.S.Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011, 313. 192 jumladan, import mahsulotlari iste’molini moliyalashtiradi. Bundan tashqari, xorijiy investitsiyalar AQSHda ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Boshqa tarafdan, xorijiy kapitalning mamlakat ichki kapitalining o‘rnini tobora ko‘proq egallashi milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga bog‘liqligini oshiradi. AQSHning jamg‘armalari investitsiyalarga bo‘lgan talabni to‘liq qondira olmaydi, natijada mamlakat iqtisodiyoti xorijiy investorlarning AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchiga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib qoladi. AQSH uy xo‘jaliklari iste’molining import tovarlar xaridini o‘z ichiga oluvchi murakkab tuzilmasi, shuningdek, davlat byudjeti defitsiti iste’molni moliyalashtirish va byudjet defitsitini qoplashga yo‘naltiriladigan xorijiy kapital importini talab etadi. Xorijiy investorlarning AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonchi saqlanib qolar ekan, bu holatlar muammo bo‘lmaydi. Tashqi xavf-hatarlar, xususan, 2000-2002- yillardagi fond bozoridagi tushkunlik, 2001-yil 11-sentyabrda sodir bo‘lgan halokatli hodisalar, Afg‘oniston va Iroqdagi urushlar natijasidagi davomli muammolar xorijiy investorlarni bir qadar xavotirga solib qo‘ygan bo‘lsa-da, boshqa investitsion imkoniyatlar bilan taqqoslaganda, AQSH iqtisodiyoti investitsion jozibadorligini saqlab qoldi. 2007-yildagi moliyaviy bozorning qulashi vaqtinchalik natija ko‘rsatdi, biroq, Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlaridagi qarz inqirozlari talvasasi AQSHdan G‘arb iqtisodiyotiga ko‘chib o‘tdi. 64 Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda valyuta cheklovlarining yumshatilishi va ular iqtisodiyotining xorijiy investorlar uchun ochiqligining ortib borishi natijasida AQSH va avvaldan sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlar investitsion jozibadorligining nisbatan pasayishining boshlanishiga olib kelishi mumkin. Agar AQSH iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonch pasayib boraversa, AQSH investorlarni jalb qilish uchun foiz stavkalarini ko‘tarishga majbur bo‘ladi. Bunday stavkalar AQSH Federal Rezerv Tizimi tomonidan olib boriladigan monetar siyosat orqali tartibga solinadi. 64 I wouldn't start from here. (2011). The Economist, 80-81. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling