Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan topshiriqlar
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Byudjetdan tashqari fondlarga ta’rif bering. 2. Davlat byudjetdan tashqari fondlarini shakllantirish zarurati nimada? Ular qanday vazifalarni bajaradi? 3. Byudjetdan tashqari fondlar shakllantirish usullarini aytib bering. 4. Byudjetdan tashqari fondlarning xususiyatlarini aytib bering va izohlang. 5. Davlat moliya tizimida davlatning byudjetdan tashqari fondlarining roli va ahamiyati nimalardan iborat? 6. Davlatning maqsadli fondlari tuzilmasiga ta’rif bering. 7. O‘zbekiston Respublikasi jamlanma byudjeti tarkibidagi davlat maqsadli fondlari maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 8. O‘zbekiston Respublikasi jamlanma byudjetida davlat maqsadli fondlari mablag‘larining shakllanish manbalari va ishlatilish yo‘nalishlarini aytib bering. 185 Mavzu yuzasidan topshiriqlar 1. Davlat maqsadli jamg‘armalari tarkibini evolyutsiyasini aks ettiruvchi chizma tayyorlang. 2. Ijtimoiy yo‘nalishdagi davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar faoliyati, uning maqsadi, vazifalari, shakllanish manbalari va mablag‘lar sarfi yonalishini aks ettiruvchi grafik organayzerlarini shakllantiring. 3. Xorijiy davlatlarda davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari faoliyatiga doir tahliliy ma’lumot tayyorlang. 186 10-BOB. DAVLAT KREDITI VA DAVLAT QARZLARINI BOSHQARISH 10.1. Davlat krediti va davlat qarzi to‘g‘risida tushuncha, davlat qarzini moliyalashtirish tartiblari Ma’lumki, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi davlat byudjeti xarajatlarining daromadlarga nisbatan ortib ketishiga, ya’ni byudjet taqchilligiga olib keladi. Byudjet taqchilligining vujudga kelishiga quyidagilar sabab bo‘ladi: − ishlab chiqarishning pasayib ketishi; − xarajatlarning haddan tashqari o‘sib ketishi; − tovarlar bilan ta’minlanmagan pul emissiyasi; − harbiy sanoat majmuasini moliyalashtirish bo‘yicha sarf-xarajatlarning o‘sishi; − yashirin, ya’ni nolegal iqtisodiyot, unumsiz xarajatlar, yo‘qotishlar hajmining o‘sib borishi va boshqalar. Byudjet taqchilligining o‘zgarishi xo‘jalik konyunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat byudjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab qolishga majbur bo‘ladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida byudjet taqchilligining kuchayish holati ayniqsa 2010-yilda Irlandiya (32 foiz), Gretsiya (15,4 foiz), Buyuk Britaniya (11,1 foiz) singari mamlakatlarda keskin namoyon bo‘lgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkichning 2012-yilda Yaponiya (10 foiz), AQSh (8,7 foiz), Buyuk Britaniya (8,3 foiz) va boshqa mamlakatlardagi darajasi hamon yuqoriligicha qolmoqda (10.1-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling