Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiO‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2006 yil 11 maydagi PF–3751- sonli Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo‘lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning etakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. 178 Jamg‘arma loyihalarni moliyalashtirish (qo‘shma moliyalashtirish) quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: - Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan vakolatli banklarning (keyingi o‘rinlarda — tijorat banklari) buyurtmanomalariga binoan — muddatli, to‘lovli va qaytarish asosida kreditlar berish va kredit liniyalarini ochish; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan — grantlar yoki foizsiz kreditlar berish (yiliga Jamg‘armaning o‘tgan yildagi foydasining 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda); - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tijorat banklari va qarz oluvchining buyurtmanomalari bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida — Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish; - tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ta’sis hujjatlariga va ularni tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlariga muvofiq — yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda). Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga ishlatilishi mumkin: - Moliya vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha va tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan — davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash; - tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha — yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar 179 hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish. Jamg‘armaning asosiy vazifalari: - davlatning Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larini jamlash; - iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish; - strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni, birinchi navbatda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash; - yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnik jihatdan qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’at va hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash; - etakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va uskunalarni sotib olishga mablag‘larni maqsadli yo‘naltirgan holda respublikaning tijorat banklariga Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish. - birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzulmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini moliyalashtirish; - kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan keyinchalik Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash yo‘li bilan moliyalashtirish; 180 - respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog‘iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo‘laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo‘l bilan chiqishni ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish; - davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lashni moliyalashtirish; - xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qo‘shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling