Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
mablag‘larini shakllantirish manbalari: - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan yagona ijtimoiy to‘lovlardan ajratmalar; - mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat huquq mehnat inspektorlari va davlat texnik inspektorlari, shuningdek, mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni buzganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan ma’muriy undiruvlar summasi; - O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy tuzilmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va imoratlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, mulkni baholash va sotish bo‘yicha aniq xarajatlardan tashqari, to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga yo‘naltiriladi; - fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat tashkilotlari xorijga ishga yuborilgan har bir fuqaro uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavka bo‘yicha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga mablag‘lar o‘tkazadilar; - ta’sischi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda barcha soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar to‘langanidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat 172 munosabatlari vazirligi tasarrufidagi davlat unitar korxonalarida qoladigan sof foydaning bir qismi; - qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda mehnat daftarchalari blanklarini sotishdan olingan daromadlar; - Bandlik jamg‘armasining bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida va boshqa moliya tuzilmalarida joylashtirishdan olingan daromadlar; - jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya yordamlari; - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar. O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasimablag‘larini sarflashning asosiy yo‘nalishlari: - mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy ta’minlash; - ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga joylashtirish va moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlarni amalga oshirish; - ishsizlar va band bo‘lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, ayollarga va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtirish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat bo‘yicha organlarning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘linmalari hamda ularning tumanlardagi mehnat bo‘limlari jamg‘armaning moliyaviy resurslarini to‘liq shakllanishi va maqsadli foydalanishi uchun javobgardirlar. 173 Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to‘liq jamg‘arma daromadiga o‘tishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiva uning tasarrufida bo‘lgan bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuklatilgan. Bandlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligihamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga topshirilgan. Zarurat tug‘ilganda, mustaqil auditorlar yoki auditor firmalarni jalb etib, moliyaviy resurslardan qonunga mos ravishda foydalanilayotganligini tekshirish mumkin. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling