Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari
quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: 1) Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi; 2) jamlanadigan boshqa manbalar, shu jumladan: - korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aktsiyalar (ulushlar)ni, er uchastkalarini (shu jumladan, yakka tartibda uy-joy qurish (dehqon xo‘jaligini yuritish) uchun er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotishdan tushgan mablag‘lar; - Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarz oluvchilar tomonidan olingan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar; - Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; - tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar; - xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilganda davlat ulushi bo‘yicha tushumlar; 174 - protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auktsionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy oferta g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari; - davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari; - Jamg‘armaning mablag‘lari hisobidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilishidan tushumlar; - sud qarorlari bo‘yicha tushumlar; - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Ushbu mablag‘lar Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Jamg‘armaga barcha turdagi manbalar bo‘yicha tushgan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi. Jamg‘arma mablag‘larini taqsimlash, qonunchilikda belgilangan mustasnoliklarni hisobga olgan holda quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi: - 96,5 foizi — kichik tadbirkorlik subyektlarining xususiylashtirilgan ob’ektlar va korxonalar negizida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga maqsadli yo‘naltirish uchun tijorat banklariga; - 1,5 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga; - 2 foizi — tasarruf etish va boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish, shu jumladan, davlat mulki va xususiylashtirilgan ob’ektlar elektron bazasi va reestrini shakllantirish, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga. 175 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib- taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 17 yanvardagi PF-4933-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki ob’ektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy organlari tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi, hamda yuqorida qayd etib o‘tilgan jamg‘arma mablag‘larini taqsimlanishiga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan shuningdek, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan auktsion savdolarida fuqarolarga er uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini sotishdan tushadigan tushumning 10 foizi mablag‘lar bundan mustasno hisoblanadi. Bunda: - tushgan mablag‘lardan davlat aktivini sotish bilan bog‘liq xarajatlar (baholovchi tashkilotlar, savdolar tashkilotchilari, vositachilar va depozitariylar xizmatlarini to‘lash xarajatlari) chegiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari) bekor qilingan taqdirda tegishli byudjetlarga, Davlat raqobat qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga avval yo‘naltirilgan mablag‘lar qaytarilmaydi; - Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga mablag‘lar ularning tushishiga ko‘ra har haftada yo‘naltiriladi. 176 Davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 25 foizi miqdoridagi qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltirilgan hollarda mablag‘larning (Davlat raqobat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lardan tashqari) qolgan qismi qonunchilikda nazarda tutilgan maqsadlarga yo‘naltiriladi. Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan va bekor qilingan shartnomalar, berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penya va jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi: - 50 foizi — Davlat raqobat qo‘mitasining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladi; - qolgan qismi — yuqorida aytib o‘tilgan taqsimotga muvofiq taqsimlanadi. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar summasi to‘liq miqdorda Jamg‘arma hisobiga o‘tkaziladi. Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda tovar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi holatlarda tanlov (tanlab olish)ni o‘tkazmasdan tuzilishi mumkin: - davlat aktivlari to‘g‘risidagi reklamalarni va axborot tusidagi e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va e’lonlarni tashqi reklama vositalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish; - davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslarning aktsiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish; - Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy- tadqiqot va boshqa ishlarni amalga oshirish; 177 - Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazida Davlat raqobat qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek davlat ishonchli vakillari va xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o‘qitish; - Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Privatinformsistem» axborot texnologiyalari markazi» DUK tomonidan zamonaviy axborot-texnologik kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar bazasi va reestrlarini, lokal kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqish, joriy etish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish; - Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida mahalliy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini sotish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish; - baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish. Baholovchi tashkilotlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Nizomga muvofiq qoplanadi. Jamg‘armaning joriy moliya yili yakuni bo‘yicha qoldiq mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling