Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi quyidagi yo‘nalishlarga xarajat
qilinadi 57 : 1) ishlamaydigan fuqarolarga: - davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); 57 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qarori 169 - qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun; 2) ishlaydigan fuqarolarga: - davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); - qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar uchun sarflanadi. Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari tomonidan G‘aznachilikning bo‘linmalarida hisob raqamlari ochiladi. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari to‘lov to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda: - joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji hisob- kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; - joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi. Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni aloqa tashkilotlari va banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi. Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar(mablag‘lari davlat byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va 170 qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga mablag‘larni moliyalashtiradi. Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi. Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari har yili 15 iyundan kechikmay Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi yilga manbalar va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga — mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini; - Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlariga — turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo‘nalishlarini) etkazadi. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlarini bajarish: - yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati organlari tomonidan; - Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli ravishda sarflash, shuningdek Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi. 171 Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga: - har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar bo‘yicha to‘langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi tezkor axborotni; - tasdiqlangan shakl bo‘yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling