Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Nurmuxamedova B., Kabirova N. Moliya T:, “Tasvir”, 2014. 158 b. Byudjetdan tashqari jamg’armalarni
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
55 Nurmuxamedova B., Kabirova N. Moliya T:, “Tasvir”, 2014. 158 b. Byudjetdan tashqari jamg’armalarni shakllantirish manbalari Yuridik va jismoniy shaxslarning sug’urta badallari Byudjet transfertlari Yuridik shaxslar daromadlaridan majburiy ajratmalar Vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni investitsiya qilishdan daromadlar Yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy o’tkazmalari (homiylik) Qonunchilik me’yorlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar 167 hisobidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra bir yo‘la to‘lanadigan to‘lovlar, davlat aktivlari bilan bog‘liq operatsiyalar va belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsaddagi xarajatlar uchun foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi xarajatlarning moliyalashtirilishini ta’minlash uchun yagona ijtimoiy to‘lovdan ajratmalarva qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.Ko‘rinib turibdiki, har bir davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar o‘z daromad manbai hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlariga ega va ushbu yo‘nalishlar ularning faoliyat maqsadlaridan kelib chiqadi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasidaromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi 56 : 1. Majburiy to‘lovlar va badallar: - belgilangan miqdorlardagi yagona ijtimoiy to‘lov tushumlari; - alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug‘urta badallari; - jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug‘urta badallari; 2. Boshqa to‘lovlar: - boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi; - “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan 56 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2010 yil 19 fevraldagi 30-son qarori 168 O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari; - “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari; - dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari; - hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasiga hamda Jamg‘arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari); - yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar; - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va ixtiyoriy badallar. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling