Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Jamg‘arma quyidagi
funktsiyalarni bajaradi: - navbatdagi yil uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit ko‘rsatkichlari, Davlat byudjeti hamda Davlat investitsiya dasturining asosiy parametrlari bilan bog‘liq holda Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushish va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashga taqdim etadi; - kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini tuziladigan shartnomalar asosida kreditlaydi; - davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qaytarib bermaslik asosida mablag‘larni beradi; - yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritadi (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda); - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha va Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grantlar hamda foizsiz 181 kreditlar beradi, ajratilgan kreditlar miqdori keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamg‘arma kreditini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan taqdirda, ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo‘shiladi; - yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha imtiyozli kreditlar beradi; - moliyalashtirish shartlari va Jamg‘arma mablag‘larini qaytarish mexanizmi to‘g‘risida imzolanadigan bosh bitimlar asosida, har bir tijorat banki uchun har yili belgilanadigan limitlar doirasida tijorat banklarini moliyalashtirishni amalga oshiradi; - Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi va tijorat banklariga berilgan mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib boradi hamda kelib tushish manbalari va ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘arma mablag‘larining hisobini yuritadi; - tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga ega bo‘lgan holda, tijorat banklari va qarz oluvchi korxonalar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini o‘rganadi. - Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshiradi; - Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi; - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi; - Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi. - Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Jamg‘armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling