Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
AQSH iqtisodiyotining moliyalashtirilishi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
AQSH iqtisodiyotining moliyalashtirilishi. Investitsiyaviy moliyalashtirish
va xalqaro chegaralar orqali o‘tadigan kapital oqimlari iqtisodchilar va hukumatning e’tibor qaratadigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib qolishda davom etadi. Globallashuv atamasi ustida hanuzgacha bahslar davom etmoqda va u haqida aniq bir tugal xulosaga kelinmagan. Tarixan, boshqa mamlakatlar ishlab chiqarish salohiyatini belgilashda investitsiyalar sezilarli o‘ringa ega bo‘lgan. Biror kompaniya yoki investitsiyalovchi banklar guruhining xorijdagi birorta ishlab chiqarish sohasiga investitsiya kiritishi, investitsiya kiritilgan mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirgan va investor investitsiya qilgan mablag‘ini tezda qaytarib olib chiqib ketishi osonlik bilan hal etib bo‘lmaydigan masalaga aylangan. 1980-yillarning oxirida jismoniy kapitaldan farqli ravishda, aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy instrumentlarga xalqaro transaksiyalar hajmi sezilarli darajada o‘sdi. 1990-yillardagi Osiyo va rivojlananayotgan bozorlardagi inqirozlarning tezlashishining asosiy sabablaridan biri investorlarga o‘zlari kiritgan sarmoyalarni tezda qaytarib olish imkonini beruvchi savdoga oid moliyaviy instrumentlarga qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi bilan bog‘liq edi. 65 2007-yildagi yuzaga kelgan bozor inqirozi Qo‘shma Shtatlarga jiddiy darajada takrorlanmadi. Biroq, Portugaliya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya kabi boshqa mamlakatlar investorlar mazkur mamlakatlar moliya bozorlaridan o‘zlarining portfel investitsiyalarini olib chiqib ketganligi sababli qattiq bosimni boshdan kechirdilar. Savdo balansida yuz berayotgan o‘zgarishlarning muhimligi bu xatti- harakatlar iqtisodiyotning moliyalashtirilishida qanchalik darajada ishtirok etayotganligi bilan belgilanadi. XIX asr o‘rtalaridan 1980-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda AQSH iqtisodiyoti mamlakatning ichki manbalari hisobiga moliyalashtirilgan. Milliy jamg‘armalar xorijda amalga oshirilgan jamg‘armalar o‘rtasidagi ijobiy saldo sababli milliy investitsiyalarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan. Iste’mol tovarlariga uy xo‘jaliklari sarflarining ortishi, jamg‘arishning qisqarishi, davlat byudjeti defitsiti holatida, iqtisodiyotni 65 Krugman, P. (1999). The return to depression economics. New York, NY: W.W. Norton. 194 investitsiyalashni tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirishga majbur bo‘lindi. AQSH iqtisodiyotining muhim qismi ichki jamg‘armalar hisobidan emas, balki xorijiy investitsiyalar orqali moliyalashtirildi. Bu xorijiy investitsiyalar AQSH hududidagi, biroq AQSH iqtisodiyotining o‘ziga tegishli bo‘lmagan xorijiy aktivlar bo‘yicha kelajakdagi da’volarni o‘zida ifodalaydi. Qo‘shma Shtatlarda sanoat aksiya va obligatsiyalarini chiqarish orqali, davlat qarzini istisno qilgan holda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali moliyalashtirish iqtisodiyotni kengaytirish uchun foydali bo‘lgan bo‘lardi. Bu holatda, AQSH davlat qarzi hisobiga investitsiyalash AQSH ning ichki ishlab chiqarish salohiyatini oshirmadi, balki bu yerda moliyaviy ta’minlanish uchun hukumatning ehtiyojlari bilan investitsiyaviy moliyalashtirish uchun sanoat ehtiyojlari o‘rtasida raqobat yuzaga keladi. Makroiqtisodiy nuqtai nazardan, byujdet defitsitini bunday tashqi moliyalashtirish, kelgusida AQSH davlat sektori qarzlarining xorijiy kreditorlariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun AQSH tovar va xizmatlarining katta qismini uzoq vaqt davomida xorijda sotishga majbur bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltiradi. Bu miqdor AQSH iste’moli yoki investitsiya uchun mavjud bo‘lmaydi. Shunday qilib, savdo balansi, shuningdek umumiy to‘lov balansi beqarorligi, federal hukumat byudjet defitsiti bilan chambarchas bog‘liqdir. 1990-yillar oxiridagi AQSH dagi jadal iqtisodiy o‘sish bu fikrni tasdiqladi. Federal byudjet 1998-yilda balansga erisha oldi. Bunda AQSH hukumati nafaqat byudjet defititsitini moliyalashtirish uchun uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar chiqarishga ehtiyoj sezmadi, balki uch yil ichida byudjetning profitsit qismi evaziga G‘aznachilik amalda oliy toifadagi qarzlarini qaytarib sotib oldi. XX asr oxiriga kelib, defitsitni qoplash uchun xorijiy qarzdan foydalanish muammosi o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan edi, biroq 2002-yilning boshlarida yana yirik byudjet defitsitining yuzaga kelishi, federal byudjet kamomadini qoplash uchun xorijiy investorlar rolini oshirib yubordi. Buning ustiga Amerika Qo‘shma Shtatlarida uy xo‘jaliklarining jamg‘arish darajasi nisbatan past darajada ekanligi qayd etildi. 195 AQSH iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning o‘sib borishi mamlakat iqtisodiyotiga nisbatan xorijliklarda ishonch borligini ifodalaydi. 2011-yildagi bozor parokandaligi yuzaga kelganda, AQSH iqtisodiyotiga investorlarning ishonchi boshqa mamlakatlarga qaraganda mutloq ustunlikda bo‘lmagan bo‘lsa ham, nisbatan kuchliroq bo‘ldi, shu davrda boshqa mamlakatlarda AQSHdagiga qaraganda nisbatan kam investitsion qarorlar amalga oshirildi. 66 Xorijiy investorlar AQSH G‘aznachiligi banknotalarini ularga belgilangan foiz stavkalari va risklardan himoyalanganligi uchun investitsiya kiritish uchun eng maqbul variant deb hisoblashdi. AQSH Kongressi 2011-yilda imkon qadar jahon moliya bozorlarida to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash uchun AQSH ning imkoniyatlari darajasida konsernlar tashkil qilish orqali davlat qarzlari miqdorining oshib borishini to‘xtatmay turishiga qaramasdan, AQSH hukumati yuridik noxushliklarga duch keldi, davlat byudjeti defitsini qisqartirish uchun qarzlarning oshirib borilishiga bog‘liq ravishda kelishuvga erishildi. 67 Milliy jamg‘armalarning pasayishi (qisqarishi). 1998-yildan 2001- yilgacha bo‘lgan to‘rt yillik byudjet profitsidan tashqari, AQSH iqtisodiyotida uning hajmiga nisbatan iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlash uchun jamg‘armalar miqdori pasayishi holati kuzatilgan. Milliy jamg‘armalar ishlab chiqarish salohiyatini oshirish imkonini beruvchi asbob-uskunalar, xom-ashyolar va boshqa jihozlarga yangi investitsiyalar uchun mablag‘lar manbai hisoblanadi. Iqtisodchilar yalpi va sof jamg‘armalarni yalpi ichki mahsulotga nisbatan foizlarda o‘lchashadi. Yalpi milliy jamg‘arma uy xo‘jaliklari jamg‘armalari, korporatsiyalar jamg‘armalari va hukumat jamg‘armalarining yig‘indisidan iboratdir. Uy xo‘jaliklari jamg‘armalari jamg‘arib boriladigan hisobraqamlarda, qimmatli qog‘ozlarga individual investitsiyalar hisobraqamlari hamda pensiya rejalariga yakka va korporativ badallar ko‘rinishlarida shakllantiriladi. Hukumat jamg‘armalari yo‘l va ko‘priklar qurilishi kabi asosiy kapitalga investitsiyalar va, ayrim hollarda, byudjet profitsiti 66 Nowhere to hide. (2011). The Economist, 401, October 15, 15. 67 The debt ceiling deal: no thanks to anyone. (2011). The Economist, 401, August 6, 24. 196 kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Korporativ jamg‘armalar asosiy kapitalga investitsiyalar, xususan zavodlar, asbob-uskunalar, atrof-muhitni obodonlashtirish, va shuningdek, zaxiralarni yangilashga investitsiyalar shaklida bo‘lishi mumkin. Bu kompaniyalarning xususiy xaridlari va qarz mablag‘lari yoki hukumatning soliqlar hisobidan moliyalashtiriluvchi hukumat va korporativ investitsiyalar tovar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatini, buning natijasi o‘laroq, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiradi. Davlat va korporativ investitsiyalarning hammasi ham aslida ishlab chiqarish aktivlarining o‘sishiga olib kelavermaydi, albatta, ular eski va ishlab chiqarish samaradorligini yo‘qotgan asbob-uskunalar va bino-inshootlarning o‘rnini bosishi shart. Eskirgan, ishlab chiqarish samaradorligini yo‘qotgan mashinalarni yangilash uchun sotib olinganlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirmaydi. Sof milliy jamg‘arma ishlab chiqarish quvvqtlariga davlat yoki korporatsiyalar tomonidan qilingan investitsiyalar bilan mahsulot ishlab chiqarishga ketgan asosiy vositalar sarfi o‘rtasidagi farqni ifodalaydi. AQSH yalpi milliy jamg‘armasi 1965-yilda 22% dan yuqori, 2009-yilda esa 11% dan pastroq darajada bo‘lgan. Shu bilan birga, asosiy kapital sarfini inobatga olgan holda, sof milliy jamg‘arish darajasi 2009-yilda eng past 2,3% ko‘rsatkichni qayd etgan. O‘tgan yillarda sof milliy jamg‘arishining eng yuqori darajasi 1960- yillarning boshida 1965-yilda bo‘lgan (12%). 68 Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling