Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viloyatlar mahalliy byudjetlari
11.2. Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi
Mahalliy byudjetlarga xos bo’lgan xususiyatlarning namoyon bo’lishi, ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina mumkin bo’ladi. Bu byudjet mexanizmida o’z aksini topadi. Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig’indisi bo’lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo’naltirishga xizmat qiladi. Quyida keltirilgan 11.2-rasmda O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi o‘z ifodasini topgan. 11.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi 84 84 O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 34-35 moddalari asosida mualliflar tomonidan tayyorlandi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Toshkent shahar mahalliy byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari Viloyatlar mahalliy byudjetlari Shahar byudjeti Shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari Viloyat byudjeti Tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari 213 Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. Ularning tarkibiga o‘z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi byudjetlar kiradi: − Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli bo‘lgan tumanlar va shaharlarning byudjetlari kiradi; − viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byud-jeti, viloyatlar tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari kiradi; − Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi. Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: − mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish; − bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish; − mahalliy hokimiyatga bo‘ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish. 214 Mahalliy byudjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining barcha daromadlari tarkibida mahalliy byudjetlar daromadlari o‘rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 55-60 foizi mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining keyingi yillarda ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining ham oshib borishiga olib kelgan. Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan moliyalashtirib kelingan kadrlar tayyorlash, hududiy ahamiyatdagi davlat kapital quyilmalarini moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining keskin oshib borishi va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtirish davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlar tarkibida mahalliy byudjetlar salmog‘ining oshishiga olib keldi. Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi.Mahalliy byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina mumkin bo‘ladi 85 . Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi. Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig‘indisi bo‘lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy mazmun-mohiyati jihatidandavlat byudjeti daromadlari –davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari esa mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling