Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
88 Mamajonov I. va boshqalar O‘rta muddatli byudjet. Namangan shahar byudjeti misolida: uslubiy qo‘llanma - Toshkent: Baqtria press. 2017 y. 38- b. 89 Po‘latov D.X, Nurmuxamedova B.I. G‘aznachilik. Darslik. – T.: “Sano-standart”, 2014. – 63- b. 90 Srojiddinova Z.X. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. Darslik. – T.: “infoCOM.UZ”, 2010. – 59- b.. 218 mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini ta’minlashda quyidagilardan tartibga soluvchi daromadlar sifatida foydalanilayotganligini qayd etib o‘tishimiz mumkin: qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsizlar, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘shib hisoblaganda yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqva boshqalar. Tartibga soluvchi daromadlar – bu yuqori byudjetlardan quyi byudjetga, ularning daromad va xarajatlarini boshqarib turish (balanslashtirish) maqsadida beriladigan pul mablag‘lari majmuasidir. O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”ga muvofiq, tartibga soluvchi daromadlar- byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar. Soliq bo‘lmagan to‘lovlarga byudjet tizimi byudjetlariga kelib tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lmagan to‘lovlar kiradi 91 . Quyida biz Toshkent shahri mahalliy byudjetining daromadlarining tarkibi va uning ko‘rsatkichlarini ko‘rishimiz mumkin (11.1-jadval).11.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, Toshkent shahri mahalliy byudjetining daromadlari tarkibi utgan yilga nisbatan o‘zgargan. Agar 2018 yilda Toshkent shahr mahalliy byudjetining daromadlari tarkibida asosiy daromad ulushi yagona soliqdan ajratmalar tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yil prognozlari bo‘yicha aktsiz solig‘i yuqori ulushni tashkil etganini ko‘rishimiz mumin. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling