Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
86 Ракитина И., Берёзина Н. Государственные и муниципальные финансы. Учебник и практикум М: Юрайт - М, 2017. – 69- с. 216 transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o‘tkazib beriladi. 11.3-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi 87 Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat 87 O‘zbekistonRespublikasiByudjetKodeksi, 52-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan: yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari bozorlardan tushadigan daromadlar boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi − yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; − yagona soliq to’lovi; − jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; − tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq; − qo’shilgan qiymat solig’i; − aktsiz solig’i; − yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; − suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. − mol-mulk solig’i; − yer solig’i; − yagona yer solig’i; − ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun yig’im 217 byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin 88 . Mahalliy soliqlar mahalliy byudjetlar tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini moliyalashda etarli moliyaviy manba bo‘la olmaydi. Byudjet parametrlarini belgilash vaqtida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar belgilanadi. Bu jarayon har yili byudjet parametrlarini tasdiqlash paytida ishlab chiqiladi va Prezident qaroriga muvofiq belgilanadi va tasdiqlanadi 89 . Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushi har yili mahalliy byudjetlarning o‘z daromadlarining tushumi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarning miqdoriga qarab o‘zgartirilib boriladi. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o‘z daromad manbalari (soliqlari) ko‘payib qolsa, umumdavlat soliqlaridan ajratma berishning hojati qolmaydi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy hukumatlar bajaradigan. vazifalarga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan ijtimoiy masalalarni, ya’ni maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Qariyb aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining 100 foizga yaqini mahalliy byudjetlar tomonidan moliyalashtiriladi. Qayd etish joizki, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlarni talab etiladigan moliyaviy resurslarini asosan 30-40 foizga yaqinini qoplaydi. Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlar salmog‘ini 50-60 foizga etkazish kabi hukumat qarorlari mavjudki, bu ayni jamiyat va davlat qurilishini erkinlashtirish kabi vazifaga monanddir 90 .Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda tartibga soluvchi daromadlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan hozirgi paytda amaldagi tartibga muvofiq ravishda Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling