Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Mahalliy moliyaning rivojlanish istiqbollari
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
11.3.Mahalliy moliyaning rivojlanish istiqbollari Davlat byudjetiga davlatning moliyaviy funktsiyalarini amalga oshirish vositasi sifatida qarash lozim. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byudjeti) — davlatning davlat vazifalari va funktsiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi” 95 . Mahalliy byudjetlar esa hududlarning byudjet ko‘rsatkichlarini birlashtirish vazifasini bajaradi. Unda o‘sha hududdagi moliya-byudjet siyosatining ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi natijalari aks etadi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish davrida byudjet siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Iqtisodiy ishlab chiqarishning pasayib ketishidan saqlash. 2. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash. 3. Investitsion faollikka ta’sir qilish, milliy daromad tarkibida jamg‘arish ulushini oshirish. 4. Moddiy ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlariga dotatsiya sifatida beriladigan byudjet mablag‘larini qisqartirish. 5. Soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat va soliqqa tortishni 95 O‘zbekiston Respublikasining “Byudjetkodeksi” 3-moddasidan. 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan. 226 takomillashtirish hisobiga byudjetlarning daromad bazalarini mustahkamlash. 6. Davlat xarajatlarining samarali va maqsadli sarflanishini nazoratqiluvchi tizimini yaratish. 7. Davlat qarzi ustidan nazoratni kuchaytirish. Shunday qilib, byudjet siyosatining asosiy maqsadi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotini yuqori sifatliligini ta’minlash. Bu masalalarni hal etish uchun byudjet tizimining barcha bo‘g‘inlari byudjet siyosati tamoyillariga asoslangan holda mavjud bo‘lishini ta’minlash zarur. Byudjet siyosatining institutsional asoslari davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralaridan iborat. Bular tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqalarni kiritish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining moliya va byudjet sohasida ma’lum vazifalari va vakolatlari mavjud. Mahalliy byudjetlarni shakllantirish mexanizmi dastak va vositalarini ishlab chiqishda ham byudjet siyosatining tashkiliy tamoyillariga rioya qilish lozim. Ular quyidagilardan iborat: - Kollegiallik, ya’ni moliyaviy hayotga oid masalalarning muhokama etilishi, ular yuzasidan qarorlar. qabul qilishni kollegial tarzda amalga oshirish; - Demokratiya tamoyili, ya’ni qabul qilinayotgan qarorlarning ishlab chiqilishida keng halq ommasi vakil qilgan organlar va shaxslarning va bu qarorlarni ijro etishda fuqarolarning faol ishtirok etishi; - Qonuniylik tamoyili, ya’ni hududiy va mahalliy darajadagi byudjet munosabatlarini, byudjet jarayonini tashkil etish va boshqarishning qonuniy- huquqiy asosining mavjud bo‘lishi; 227 - Davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda, moliya sohasidagi qonunlarning qabul qilish va ijro etishda respublikaning barcha mintaqalari, ulardagi barcha millatlar manfaatlarini to‘liq hisobga olish, ularning mutanosib tarzda rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili; - Davlat va jamiyatning barcha jabhalari, barcha mintaqalari va barcha aholi qatlamlarini moliyaviy jarayonlarga to‘la jalb etish tamoyili. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling