Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3-jadval Hududlarning byudjet mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasi turlari 98 Hudud turi
P =∑(M
i *W i ) (11.1) Bu erda P- hududning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganligining integral bahosi; M i - i indikatori bo‘yicha baho; W i - i indikatorining tutgan ulushi. Hududlarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik indikatorlarning bahosi va tutgan ulushi 5 balldan 15 ballgacha farqlanadi. O‘z navbatida aniqlangan baho hududning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik bo‘yicha ma’lum bir turiga kiritadi. (11.3-jadval). 11.3-jadval Hududlarning byudjet mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasi turlari 98 Hudud turi Byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi kvalifikatsiyasi Byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari chegarasi (ballarda) Hududning kvalifikatsiyasi xususiyati Moliyaviy barqaror Yuqori >12-15 O‘ziga to‘q hudud bo‘lib, u o‘z daromadlari bilan o‘z 98 А.И.Поварова, М.И.Печенская “Теоритико-методологические аспекты бюджетной обеспеченности”. Журнал “Проблемы развития территории” выпуск №5. М.2010г. стр.47 231 xarajatlarini qoplay oladi Rivojlanuvchi O‘rta >8-12 Moliyaviy mustaqillikga intiluvchi va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashga harakat qiluvchi hudud Kuchsiz Past 5-8 O‘z rivojlanishi uchun o‘z- o‘zini moliyalashtirishda qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan hudud bo‘lib, u o‘z xarajatlarini qoplash uchun yuqori byudjetdan mablag‘ jalb etadi. Tushkun Tang ahvolda <5 Hudud yuqori byudjetning moliyaviy yordami asosida o‘z xarajatlarini qoplaydi. Uning daromadlari ulushida o‘z daromadlari 50 foizdan kam qismni tashkil etadi. Hududning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlikning yuqorida taklif etilgan usuli quyidagilarga imkon beradi: - hududiy byudjetning holatini tahlil etish; - byudjet mablag‘lari va ulardan foydalanish natijalarini baholash; - byudjet xavfi va risklarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; - hududlarni byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini guruhlash. Tartibga soluvchi daromadlarni byudjet tizimining byudjetlari o‘rtasida taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (byudjet daromadlarining g‘azna ijrosi yo‘li bilan) amalga oshiriladi.Muayyan moliya yili uchun Byudjet kodeksida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha ajratma normativlari belgilanmagan bo‘lsa, o‘sha daromadlar to‘liq hajmda respublika byudjetiga kirim qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya organlarining taklifiga ko‘ra mahalliy soliqlarning to‘liq hajmda kiritiladigan byudjet darajasini (masalan, viloyatning viloyat byudjeti yoki viloyatning tuman/shahar byudjeti) belgilaydi. Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarishda mahalliy byudjetlar uchun o‘rnatilgan cheklovlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga 232 ko‘ra balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo‘lishlari hamda mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Shu sababli mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish va ularning taqchil bo‘lmasligini ta’minlash maqsadida byudjet amaliyotida byudjetlararo munosabatlar mexanizmlariga murojaat qilinadi. Byudjetlararo transfertlar — O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga hamda buning aksicha o‘tkaziladigan mablag‘lar. Byudjetlararo transfertlar subvensiyalar, o‘tkazib berila- digan daromadlar, dotatsiyalar, byudjet ssudasi, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘lar va maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida amalga oshiriladi. Subventsiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga oshirish uchun ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi. Foydalanilmagan subventsiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga qaytarilishi kerak 99 . 5> Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling