Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki omillar Tashqi omillar
- Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar
11.4-rasm.Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar 96 96 Т. Новожилова, И.А. Морозов. “Финансовая обеспеченность местных бюджетов: проблемы и пути решения”. Журнал “Экономический анализ:теория и практика” №14 М.2012 г. стр.24 Ichki omillar Tashqi omillar Mahalliy byudjetlar moliyaviy resurslarining tarkibi Davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ta’siri Mahalliy byudjetlar moliyaviy resurslarini boshqarish strategiyasi va taktikasini to’g’ri tanlanganligi Ijtimoiy soha infratuzilmasining holati Mahalliy ob’yektlar holati Hududiy iqtisodiyotni rivojlanish tendensiyalari Hududiy iqtisodiyot tarkibi Mahalliy boshqaruv organlarining vakolatlari va professionalligi Hudud aholisi soni Byudjet,soliq, fuqarolik qonunchiligi, shuningdek ularga kiritiladigan o’zgarishlar Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi Hududiy islohatlarni amalga oshirishdagi siyosat Hududlar moliyaviy qo’llab- quvvatlash usullarining qo’llanishi Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar 228 Hududlarni boshqarish va byudjet jarayonini isloh qilinishi sharoitida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish imkoniyatlarini ma’lum darajada ularning moliyaviy-byudjet barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu parametrni baholash zamonaviy mahalliy byudjet menejmentining zaruriy bosqichi hisoblanadi, chunki baholash rejalashtirish sifatini, mahalliy byudjetlar ijrosini hamda boshqarish va nazoratning qay darajada ekanligi xususida ma’lumot beradi. Moliyaviy barqarorlikning tahlili hududning moliyaviy holatini baholashning asosiy dastagi hisoblanadi va bunda mahalliy boshqaruv organlarining moliyaviy – byudjet resurslarining xajmi va tarkibi aniqlanib, uning ma’lum davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Mahalliy boshqaruvning moliyaviy asosi barqarorligiga mahalliy boshqaruv organlarining hududdagi holatga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlaria bog‘liq ravishda ichki va tashqi omillar ta’sir etadi (11.4-rasm). Mahalliy hududlarning o‘z-o‘zini boshqaradigan hududlar sifatida namoyon bo‘lishi ularning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganlikni o‘rganish ga bo‘lgan qiziqishni o‘stirmoqda. Hududlarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganligi kuchli diffirentsiya bilan xarakterlanadi. Uning darajasi ijtimoiy-iqtisodiy hudud kengligi,resurslar bilan ta’minlanganlik, iqlim, geografik va alohida hududlarning etnik madaniyati xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Hududlarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganligi – bu hududni aholisi va byudjet munosabatlari subyektlarining O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha mahalliy boshqaruv organlariga biriktirilgan vakolat jamlanmasini byudjet orqali moliyalashtirish imkoniyati xajmidir. Hududlarning byudjet mablag‘lari bilan ta’minlanganligini baholashda quyidagi printsiplarni hisobga olish lozim: barcha muhim ko‘rsatkichlarni hisobga oladigan baholashni kompleksliligi, hudud byudjetining xususiyati va bazaviy ko‘rsatkichi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlilikni hisobga oladigan baholashning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling