Ma’ruza №10 Mavzu: Neytrallash (kislota-asosli titrlash) usuli asoslari. Indikatorlarning ion va xromofor nazariyasi
Download 23.17 Kb.
|
10-mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neytrallash usuli. Neytrallanish usuli H + va OH - ionlari orasida boradigan reaksiyaga asoslangan : H
- Indikatorlar va ularni tanlash.
Ma’ruza № 10 Mavzu: Neytrallash (kislota-asosli titrlash) usuli asoslari. Indikatorlarning ion va xromofor nazariyasi. Reja: 1. Neytrallash usuli asoslari. 2. Indikatorlar va ularni tanlash. Neytrallash usuli. Neytrallanish usuli H + va OH - ionlari orasida boradigan reaksiyaga asoslangan : H OH - H 2 O Bu usulda kuchli kislota yoki ishqor eritmalari ish eritmalari bo‘lib hisoblanadi. Kislota va ishqorlarning titrlangan ish eritmalarini tortim bo‘yicha tayyorlash mumkin emas, chunki ular boshlang‘ich moddalarga qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi. SHuning uchun taxminiy konsentratsiyali eritmalari tayyorlanadi, so‘ngra boshlang‘ich modda bo‘yicha titrlash yo‘li bilan aniq konsentratsiyasi topiladi. Kislotalar titrini aniqlashda boshlang‘ich modda sifatida bura Na2B4O710H2O yoki Na2CO310H2O, ishqorlar titrini aniqlashda esa oksalat kislota H2C2O42H2O yoki qahrabo kislotasi C6H4O4 ishlatiladi. Neytrallash usulida boradigan neytrallash reaksiyalarida titrlash jarayonida H ionning konsentratsiyasi, ya’ni eritmaning pH i asta-sekin o‘zgarib boradi. Indikatorlar yordamida aniqlanayotgan birikmaning miqdorini topish mumkin. Indikatorlar va ularni tanlash. Bu usulda ekvivalent nuqtani kislota - asosli indikatorlar yordamida aniqlanadi. Kimyo tabiatiga ko‘ra indikatolar kuchsiz kislota yoki asos xossalariga ega bo‘lgan murakkab organik birikmalar bo‘lib, ularda dissotsialanmagan molekulalar rangi, shu birikmalar hosil qiladigan ionlar rangidan farq qiladi. Ko‘pgina kuchsiz organik kislotalar bo‘lgan indikatorlar ishlatiladi. Agar shartli ravishda indikator kislotani Hind deb belgilasak, suvdagi eritmalarida Hund=Hund holida bo‘ladi. Masalan: lakmus-kuchsiz organik kislota bo‘lib, molekulalari qizil rangli, anionlari ko‘k rangli bo‘ladi. Har qaysi indikator o‘zining rang intervali bilan xarakterlanadi. Masalan: fanolftoleinning pushti rangi pH 8,0 qiymatiga etganida hosil bo‘ladi. Uning rangi pH10 bo‘lguncha to‘qlashib boradi. SHunday qilib, fenolftaleinning rang o‘zgarish intervali pH 8 - 10 oralig‘ida ekan. Neytrallanish usulida qo‘llaniladigan eng muhim indikatorlar quyidagilar:
Indikator rang o‘zgarishi intervalida, ya’ni titrlash deyarli tugagan vaqtdagi pH ning qiymati titrlashning oxirgi nuqtasi deyiladi. Titrlash oxiri indikator rangining o‘zgarishi bo‘yicha belgilanadi, bu esa eritmaning pH qiymatiga bog‘liq. SHuning uchun titrlashning ekvivalent nuqtasining o‘zidagi pH qiymatida o‘z rangini o‘zgartiruvchi indikator tanlash lozim. Download 23.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling