Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

11.2. Mahalliy byudjetlar, ularning guruhlanishi 
Mahalliy byudjetlarga xos bo’lgan xususiyatlarning namoyon bo’lishi, ulardan 
milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu 
jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati 
jarayonidagina mumkin bo’ladi. Bu byudjet mexanizmida o’z aksini topadi. 
Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va 
vositalari yig’indisi bo’lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet 
munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga 
yo’naltirishga xizmat qiladi. Quyida keltirilgan 11.2-rasmda O‘zbekiston
Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi o‘z ifodasini topgan. 
11.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi
84
 
 
84
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 34-35 moddalari asosida mualliflar tomonidan 
tayyorlandi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti 
O’zbekiston 
Respublikasining respublika 
byudjeti 
Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byudjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlari 
Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byudjeti 
Toshkent shahar 
mahalliy byudjeti 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasining respublika 
byudjeti 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi tumanlari va 
shaharlarining byudjetlari 
Viloyatlar mahalliy 
byudjetlari 
Shahar byudjeti 
Shahar tarkibiga 
kiruvchi 
tumanlarning 
byudjetlari 
Viloyat byudjeti 
Tegishli viloyatlar 
tumanlari va 
shaharlarining 
byudjetlari 


213 
 
Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat 
byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. Ularning 
tarkibiga o‘z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq 
ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga 
muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi 
byudjetlar kiradi: 
− Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli 
bo‘lgan tumanlar va shaharlarning byudjetlari kiradi; 
− viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byud-jeti, viloyatlar 
tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari kiradi; 
− Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar 
tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi. 
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad 
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan 
xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi. 
Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul 
mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini 
hisoblanadi. 
Mahalliy 
byudjetlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyati 
uning 
funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 
− 
mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil 
etuvchi pul fondlarini shakllantirish; 
− 
bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar 
o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish; 
− 
mahalliy hokimiyatga bo‘ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish. 


214 
Mahalliy byudjetlar orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan 
rivojlantirish moliyaviy manbalar bilan ta’minlab boriladi. O‘zbekiston
Respublikasi byudjet tizimining barcha daromadlari tarkibida mahalliy byudjetlar 
daromadlari o‘rtacha 42-46 foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash 
joizki, byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 55-60 foizi 
mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining 
keyingi yillarda ildamroq o‘sib borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining 
ham oshib borishiga olib kelgan.
Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan moliyalashtirib kelingan 
kadrlar 
tayyorlash, 
hududiy 
ahamiyatdagi 
davlat 
kapital 
quyilmalarini 
moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining keskin oshib borishi 
va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtirish 
davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlar tarkibida mahalliy byudjetlar 
salmog‘ining oshishiga olib keldi. 
Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib 
borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi.Mahalliy 
byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ulardan milliy 
daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu jarayonlarni 
nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati jarayonidagina 
mumkin bo‘ladi
85
. Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi. Byudjet mexanizmi 
davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va vositalari yig‘indisi bo‘lib, 
davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet munosabatlarini davlat oldida turgan 
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy mazmun-mohiyati jihatidandavlat byudjeti daromadlari –davlat bilan 
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat markazlashgan pul 
fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy pul munosabatlari 
hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari esa mahalliy o‘z-o‘zini 
boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling