Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
AQSHda hukumatning qarzlardan foydalanilishi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
AQSHda hukumatning qarzlardan foydalanilishi. Turg‘unlikdan keyingi
davrlarda Federal byudjet defitsitidan yalpi talabga va shu orqali butun iqtisodiyotga ta’sir etuvchi dastak sifatida foydalanildi. O‘sha davrda keng tarqalgan iqtisodiy nazariyaga ko‘ra, defitsit inflyatsiya bosimini yuzaga keltirmagan holda iqtisodiyotni rag‘batlantirishni boshqarishi lozim bo‘lgan. Shu bilan birga, defitsit hajmi 1980-yillarga kelib iqtisodiy siyosatning muhim vazifasi darajasida maydonga chiqdi. Amalda, 1998-yilga kelib federal byudjet profitsitga erishdi, profitsit qisman ataylab amalga oshirilgan siyosat tufayli vujudga kelgan bo‘lsa, asosan jadal iqtisodiy taraqqiyot sababli soliq tushumlarining ortishi hisobiga yuzaga keldi. 2002-yilda byudjetning defitsit holatiga qaytishiga iqtisodiy pasayish va 11-sentyabr voqealari sabab bo‘ldi. Mana shu nisbatan kamtarona defitsit o‘z ortidan 2007-yilda boshlangan va uzluksiz uch yil davomida (2009, 2010 va 2011 yillar) byudjetni 1,2 trillion AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan defitsit (mazkur defitsitni Afg‘oniston va Iroq sababli deb haspo‘shlashga harakat qilishadi) bilan o‘tishiga olib kelgan inqirozni keltirib chiqardi. Bundan tashqari, 201 bu muammolar taxminan qisqa muddatli bo‘lishiga qaramasdan xarajatlar va daromadlar manbalarida jiddiy o‘zgarishlar qilinmas ekan, yaqin kelajakda federal byudjet ajralmas defitsitda bo‘lib qoladi. 73 Rag‘batlantirish vositasi sifatida foydalaniluvchi vaqtinchalik qarzlar hamda daromadlar va xarajatlarga oid siyosiy qarorlarning natijasida to‘planuvchi qarzlarni o‘zaro farqlash davlat siyosatini ma’lumot bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Mana shu ikki holat o‘rtasidagi chalkashliklar 2007-yilning boshlarida rag‘batlantirish paketlarining bir-turi ustidan tortishuvlarning boshlanishi orqali o‘zini, bir tomondan, namoyon qildi. Boshqa tomondan, iqtisodiyot normal faoliyat yuritayotganda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar, shuningdek ikki asosiy partiyalar xarajatlarni qisqartirish va daromadlarni oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha kelishib qaror qabul qilish layoqatiga ega emasligini aks ettiruvchi bunday defitsitlar fiskal siyosatning qarori emas. Bu tortishuvlar har qaysi taraf federal qarzni o‘sib borishining ikki asosiy sabablarini aralashtirish orqali siyosiy afzalliklarni ko‘zlayotganliklarini namoyon qiladi. 74 Prezident 2011-yildagi iqtisodiy ma’ruzasida iqtisodiy turg‘unlikning o‘tgan ikki yili davomida namoyon bo‘lgan iqtisodiyotni rag‘batlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ikki asosiy mavzuni ta’kidladi: 1. yirik investitsiyalarni ta’limga, energiya mustaqilligiga, shuningdek kelajakda AQSH ning iqtisodiy taraqqiyotida yonilg‘i sanoatida va yashil tabiat biznesida mutlaqo yangi tarmoqlarni yaratish uchun yangi texnologiyalarga yo‘naltirishni davom ettirish zarurati; 2. birinchi navbatda past va o‘rtacha daromad topuvchi oilalarga ta’sir etmaydigan va yuqori daromad topuvchi amerikaliklar to‘lovlarining ulushining kamayishiga olib kelmaydigan byudjet qisqartirishlarini ta’minlash zarurati. 75 73 U.S. Govern ment Accountability Off ice (2006). Fiscal year 2005 U. S. govern ment fi nancial statements: sustained improvements in feder al fi nancial management is cr ucial to addressing our nation's fi nancial condition and /,ong-term fi scal imbalance. Washington, DC: U.S. Government Accountability Office; U.S.Congressional Budget Office ( 2011). The budget and economic out/,ook: fiscal years 2011-2021. 74 The debt ceiling deal: no thanks to anyone. (2011). The Economist, 24; America's missing middle. (2011). The Economist, 401, November 5, 15. 75 U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic rep ort of the president: 2011, 1-7. 202 Prezidentning iqtisodiy hisoboti bilan bir paytda, Kongressing Byudjet Boshqarmasi o‘zining “Byudjet va iqtisodiy istiqbollari”da (“Budget and Economic Outlook”) o‘zining uzoq muddatli davr uchun (2021 yil uchun) byudjetning profitsit/defitsit bo‘yicha bazaviy ko‘rsatkichlar bilan solishtirgan holda o‘ziga xos siyosatning davom etishi bo‘yicha prognozlarini keltirib o‘tdi. Mazkur chora-tadbirlar “Medicare” dasturi bo‘yicha tibbiy xodimlarga to‘lovlarni kamaytirmagan holda muqobil minimal soliqlarni indeksatsiya qilish va 2010- yildagi “Ish o‘rinlari yaratish haqida”gi Qonunlarni (“the Job Creation Act”) o‘z ichiga olgan. Bu prognozlar bilan Kongressing Byudjet Boshqarmasi 2008-2010- yillardagi byujdet defitsitining eng yuqori darajasini istisno qilgan holda, 1970- yillardan buyon YaIMga nisbatan eng yuqori darajadagi federal byudjet defitsiti yuzaga kelishini bashorat qilmoqda. 76 Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling