Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdori (ming so‘m) Jamiga nisbatan (%) Daromadlar jami 2378949305 100,0
11.1-jadval
Toshkent shahri mahalliy byudjetining daromadlari tarkibi va ularning asosiy ko‘rsatkichlari 92 T/r Ko‘rsatkichlar 2018 yil 2019 yil Miqdori (ming so‘m) Jamiga nisbatan (%) Miqdori (ming so‘m) Jamiga nisbatan (%) Daromadlar jami 2378949305 100,0 3236227699 100,0 1 Yagona soliq to‘lovidan ajratmalar 1107522830 46,6 524268887,2 16,2 91 O‘zbekiston Respublikasi “Byudjetkodeksi” 3-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda 92 Toshkent shahri Moliya Bosh boshqarmasi ma’lumotlari asosida 219 2 Aktsiz solig‘i - 0,0 699347434 21,6 3 Bozorlar daromadidan tushum 85102312 3,6 129449108 4,0 4 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 72780880 3,1 362523513 11,2 5 Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i 331212400 13,9 187111200 5,8 6 Yuridik shaxslar yer solig‘i 131200000 5,5 287938600 8,9 7 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 18640835 0,8 30864700 1,0 8 Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’mol qilganlik uchun soliq 201304000 8,5 - 0,0 9 Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq 259440000 10,9 153773100 4,8 10 Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 93569255 3,9 108787245 3,4 11 Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i 54 330 000 2,3 65528168 2,0 12 Davlat boji - 0,0 468859632 14,5 13 Jarimalar - 0,0 175290460 5,4 14 O‘zR IIV Yo‘l harakati havfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘ndiriladigan yig‘imlar - 0,0 13451256 0,4 15 Mahalliy yig‘imlar 23 846 793 1,0 32 362 277 1,0 2019 yil prognozlariga qaraganda Toshkent shahri mahalliy byudjeti daromadlari tarkibida asosiy ulushni yana davlat bojidan tushumlar (14,5%), yagona soliq to‘lovidan ajratmalar (16,2%)ga to‘g‘ri kelmoqda. Amaliyotda mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlar hisobidan to‘liq ta’minlashning iloji bo‘lmayapti. Bunga erishish uchun respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga katta miqdordagi subventsiyalar ajratilmoqda. Albatta biriktirilgan daromadlar ko‘rsatkichining yuqori darajada bo‘lishi mahalliy byudjetning moliyaviy imkoniyatlarining oshishiga va ular daromadlari barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Tartibga soluvchi daromadlar ham o‘z navbatida ma’lum bir me’yorda mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi balanslikni ta’minlashga yordam berib, ular ham mahalliy byudjetlar moliyaviy imkoniyatlarini oshishiga yordam beradi. 220 O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 71-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan: – umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari; – bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari; – Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari; – qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; – hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek 221 madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari; – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari; – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; – shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash xarajatlari; 2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: – qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to‘lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish; – uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish; – suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish; – aholi punktlarini obodonlashtirish; – shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari; – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini saqlab turish xarajatlari; 3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan: – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini; 222 – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari; 5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari; 6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari; 7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 72-moddasiga muvofiq, tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan: – tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari; – tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash- profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 223 – qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; – tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: – veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish stantsiyalarini saqlab turish; – shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash; – uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish; – aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari; 3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari; 4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; 5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. Budjet resurslarini taqsimlashda jahon amaliyotida quyidagi mezonlar hamda ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi 93 : - axoli jon boshiga kura budjet resurslarining taqsimlanishi; Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling