Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
85
Robert D., Lee Jr., Ronald W., Johnson Philip, G.Joyce. Public budgeting systems. Jones&BartlettLearning; 10 
edition. USA, 2017. – P. 102. 
 


215 
vazifalarning amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan pul fondini 
shakllantirish bilan bog‘liq pulli munosabatlar shaklidir
86

Mahalliy byudjetlarning daromadlari tizimini ikki guruhga ajratish mumkin, 
ya’ni mahalliy byudjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlari 
tizimiga. 
Biriktirilgan daromadlar – bu byudjet huquqi subyektiga tegishli 
mablag‘dir, ya’ni yuqori byudjetni chetlab o‘tib, doimiy asosda, qat’iy belgilangan 
ulushda yoki to‘liqligicha tegishli byudjetga kelib tushuvchi mablag‘lardir. 
Biriktirilgan daromadlar asosini mahalliy soliqlar va yig‘imlar, qat’iy ulushda va 
doimiy asosda mahalliy byudjetlarga berilgan umumdavlat solio‘laridan 
o‘tkazmalar tashkil etadi. Davlat mahalliy hukumat organlariga ular qaramog‘idagi 
biriktirilgan daromadlarning ortiqcha mavjudligini moliyaviy resurs sifatida, ularga 
biriktirilgan vazifalarni bajarish uchun taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Byudjet kodeksiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi quyida keltirilgan 
11.3-rasmda yoritilgan. 
Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni 
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, 
foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan 
daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat 
bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros 
huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat 
daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan 
tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar 
(daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan 
subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling