Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
86
Ракитина И., Берёзина Н. Государственные и муниципальные финансы. Учебник и практикум М: Юрайт -
М, 2017. – 69- с. 


216 
transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar 
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari 
hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik 
faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari 
daromadlariga o‘tkazib beriladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11.3-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi
87
 
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga 
muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat 
 
87
O‘zbekistonRespublikasiByudjetKodeksi, 52-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari 
belgilangan 
normativlarga muvofiq 
umumdavlat soliqlari, 
shu jumladan 
mahalliy soliqlar va 
boshqa majburiy 
to’lovlar, shu 
jumladan: 
yuridik va jismoniy 
shaxslardan, 
shuningdek chet 
davlatlardan tushgan 
qaytarilmaydigan pul 
tushumlari 
bozorlardan tushadigan 
daromadlar 
boshqa daromadlar 
hisobidan 
shakllantiriladi 
− yuridik 
shaxslardan 
olinadigan foyda solig’i; 
− yagona soliq to’lovi; 
− jismoniy 
shaxslardan 
olinadigan daromad solig’i; 
tadbirkorlik faoliyatining 
ayrim turlari bo’yicha qat’iy 
belgilangan soliq; 
− qo’shilgan qiymat solig’i; 
− aktsiz solig’i; 
− yer 
qa’ridan 
foydalanganlik uchun soliq; 
− suv 
resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq. 
 
− mol-mulk solig’i; 
− yer solig’i; 
− yagona yer solig’i; 
− ayrim turdagi 
tovarlar bilan chakana 
savdo qilish huquqi 
va ayrim turdagi 
xizmatlarni ko’rsatish 
uchun yig’im 
 


217 
byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari 
o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin
88
. Mahalliy soliqlar mahalliy byudjetlar 
tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar mahalliy 
byudjetga biriktirilgan xarajatlarini moliyalashda etarli moliyaviy manba bo‘la 
olmaydi. Byudjet parametrlarini belgilash vaqtida umumdavlat soliqlaridan 
ajratmalar belgilanadi. Bu jarayon har yili byudjet parametrlarini tasdiqlash paytida 
ishlab chiqiladi va Prezident qaroriga muvofiq belgilanadi va tasdiqlanadi
89

Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushi har yili mahalliy byudjetlarning o‘z 
daromadlarining 
tushumi 
hamda 
ular 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan 
xarajatlarning miqdoriga qarab o‘zgartirilib boriladi. Umumdavlat soliqlarining 
muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy 
byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Agar 
kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o‘z daromad manbalari (soliqlari) ko‘payib 
qolsa, umumdavlat soliqlaridan ajratma berishning hojati qolmaydi. Mahalliy 
soliqlar va yig‘imlar mahalliy hukumatlar bajaradigan. vazifalarga qarab 
belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan 
ijtimoiy masalalarni, ya’ni maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar 
va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Qariyb aholini ijtimoiy 
himoya qilish xarajatlarining 100 foizga yaqini mahalliy byudjetlar tomonidan 
moliyalashtiriladi. Qayd etish joizki, mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy 
byudjetlarni talab etiladigan moliyaviy resurslarini asosan 30-40 foizga yaqinini 
qoplaydi.
Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlar salmog‘ini 50-60 
foizga etkazish kabi hukumat qarorlari mavjudki, bu ayni jamiyat va davlat 
qurilishini erkinlashtirish kabi vazifaga monanddir
90
.Mahalliy byudjetlar 
daromadlarini shakllantirishda tartibga soluvchi daromadlar ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Shu munosabat bilan hozirgi paytda amaldagi tartibga muvofiq ravishda 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling