Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Davlat qarzi deganda nima tushuniladi? 
2. Davlat qarzining kelib chiqishi va oshib borishiga qanday omillar ta’sir 
ko‘rsatadi? 
3. Davlat qarzini moliyalashtirish va boshqarish dastak-vositalariga nimalar 
kiradi?
4. Jahon mamlakatlarida davlat qarzi holati haqida nimalarni bilasiz? 
5. O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzi, uning tarkibi va moliyalash 
manbalari to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
6. Xorijiy davlatlarda davlat qarzi, uni boshqarish, tartibga solish va 
moliyalashtirish to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz? 
 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
1. Davlat qarzini moliyalashtirish va boshqarish dastak-vositalarini aks 
ettiruvchi klaster tayyorlang. 
2. O‘zbekiston Respublikasida YaIM o‘sish darajasining o‘zgarishi 
dinamikasi va davlat qarzi darajasining bog‘liqligini aks ettiruvchi diagramma 
tayyorlang va izoh yozing. 
3. Xorijiy davlatlarning davlat qarzi darajasi bo‘yicha reytingini aks ettiruvchi 
jadval ishlab chiqing va izoh yozing. 
 
 
82
U.S. Congressional Budget Office (2006). The budget and economic outlook: fiscal years 2007-2016. 


208 
11-BOB. MAHALLIY MOLIYA 
11.1. Mahalliy moliyaning mazmuni, tarkibi va vazifalari. 
 
So’nggi o’n yilliklar davomida bir qator mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy 
jarayonlarning hududiylashuvi kuzatilmoqda. Bu jarayonlarni boshqarish 
funktsiyalari tobora ko’proq markaziy hokimiyat organlaridan hududiy boshqaruv 
organlariga o’tib bormoqda. XX asrning so’nggi yillariga kelib butun dunyoda 
davlat tuzumi va boshqaruvida demokratik tamoyillarning rivojlanishi jadallashdi. 
Ko’pgina mamlakatlarda demokratik davlat tuzumining majburiy tarkibiy qismi – 
mahalliy o’z-o’zini boshqarish bo’lib, uning mohiyatini aholi qatlamlarining o’zi 
ular tomonidan erkin asosda saylangan vakillik organlari orqali boshqarishi tashkil 
qiladi. Xududiy vakillik va ijroiya organlariga yuklatilgan funktsiyalarni to’laqonli 
bajarish uchun ular ma’lum darajada mulkiy va moliyaviy-byudjet huquqlariga 
egadirlar. Bu huquqlarning amalga oshirilishi doirasida hududiy moliyaning o’rni 
va ahamiyati oshib bormoqda. 
Bizga ma’lumki, mahalliy moliya – O’zbekiston Respublikasi mahalliy 
ma’muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va 
oqimlari yig’indisi bo’lib, mahalliy xo’jalik ehtiyojlarini normal darajada 
ta’minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni pul 
mablag’lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. 
Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga 
oshirish quroliga aylanib bormoqda. 
Mahalliy moliya: 

mahalliy 
ahamiyatdagi 
ishlab 
chiqarishning 
rivojlanishiga 
ta’sir 
ko’rsatishga; 

aholi bandligining oshishini ta’minlashga; 

hududiy xo’jalik kompleksining uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlovchi 
soha va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilishga; 


209 

hududdagi aholining zarur ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling