Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. 1950-2012-yillarda Yalpi ichki mahsulotga nisbatan federal


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

10.7-rasm. 1950-2012-yillarda Yalpi ichki mahsulotga nisbatan federal 
qarzlar darajasi
77
 (2011- va 2012- yillar prognoz bo‘yicha) 
10.7-rasmda byudjet defitsitining YaIMga nisbatan 1950-yildan hozirgacha 
bo‘lgan davrdagi darajasi foizlarda keltirilgan. 
2011-yilda vaqtinchalik chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga qaramasdan 
byudjet defitsitining oshib borishi daromad va xarajatlarni muvozanatlash borasida 
 
76
U.S. Congressional Budget Office (2011). The budget and economic outlook: fiscal years 2011-2021, 16. 
77
Manba: Data from U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the 
president: 2011 (p. 284). Washington, DC: U.S. Government Printing Office. 


203 
siyosiy jihatdan layoqatsizlik natijasida yuz berdi va bu holat siyosiy doiralardagi 
ziddiyatlarning avj olishiga sabab bo‘ldi. 
Federal qarzning eng yuqori darajasi qonun bilan belgilab qo‘yiladi, davrdan 
davrga qarzning ko‘tarilib borishi, zarur hollarda federal qarzning yuqori 
darajasining oshirilishiga olib keladi. Odatda, muhim siyosiy o‘zgarishlar ta’siri 
bo‘lmasa, Kongress qarzning yuqori chegarasini ozroq yoki ko‘proq darajada 
avtomatik ravishda ko‘taradi.
2011-yil 2-avgustda Qonunchilik davlat qarzining hech bo‘lmaganda 2012-
yildagi prezidentlik saylovlarigacha davom etadigan yuqori darajasini belgiladi. 
Davlat qarzi yuqori darajasining oshirilishining Kongressda tasdiqlanishi 2021-
yilgacha bo‘lgan davrda federal byudjetni 2,1-2,4 trln. AQSH dollarigacha 
qisqartirish uchun kelishuvni yuzaga keltirdi. Hech kim kelishuvni iqtisodiy 
o‘sishning past darajasi va 2000-yildagi asosiy soliqlarning qisqarishi hamda 
majburiy davlat sarflarining ortishi hisobiga hosil bo‘lgan byudjet defitsiti kabi 
ikki asosiy muammoni amaдda hal etishga yo‘naltirishni hayoliga ham 
keltirmadi.
78
Majburiy davlat xarajatlari xarajatlar me’yori qonunchilik bilan 
belgilab qo‘yilgan va qonuniy o‘zgartirishlarsiz qisqartirib bo‘lmaydigan “Social 
Security” va”Medicare” kabi ijtimoiy dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Xarajatlarni 2 trln. Dollar va undan ko‘proqqa kamaytirishga erishish uchun 
Defitsiyni qisqartirish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Joint Select Committee on
Deficit Reduction) tuzildi. Uning a’zolari soni Qonunchilik Palatasi va Senat 
hamda ikki siyosiy partiyalar o‘rtasidagi mutanosiblik asosida belgilandi. 
Byudjetni 900 milliard dollarga kamaytirish zarurligi qonun bilan belgilab qo‘yildi. 
Tashkil qilingan qo‘mitaning vazifasi taxminin 1,5 trln. AQSH dollaridan iborat 
bo‘lgan qisqartirishni muvofiqlashtirish edi. Agar Qo‘mita hech bo‘lmaganda 1,2 
trln. dollar qisqartirishni muvofiqlashtira olmasa, mudofaa va ijtimoiy xarajatlar 
 
78
The debt ceiling deal: no thanks to anyone. (2011). The Economist, 24. 


204 
teng ravishda avtomatik tarzda qisqartiriladi. Bu qisqartirish ikkala siyosiy partiya 
uchun ham katta siyosiy ko‘ngilsiz bo‘lar edi
79
.
2011-yil 21-noyabrda Qo‘mita bu muvozanatlashni amalga oshira 
olmaganligini e’lon qildi. 2013-yilda byudjet xarajatlarida juda qattiq avtomatik 
qisqartirishlar boshlandi. Prezident esa bunga javoban byudjetni qisqartirish yoki 
o‘zgartirish uchun qabul qilinadigan har qanday qonun hujjatlariga veto qo‘yishga 
va’da berdi. AQSHda 2012-yilda Respublikachilar partiyasi Barak Obamaga qarshi 
biror nomzodni ko‘rsatishi, byudjet defitsiti muammosini hech bo‘lmaganda 2013-
yilgacha yoki undan uzoqroq davrgacha diqqat markazidan chetda qolishiga sabab 
bo‘ladi. 
AQSH davlat qarzining miqdori. So‘nggi yillarda davlat qarziga oid 
munozaralarni kengroq yoritib borish uchun federal qarzning nisbiy hajmini 
tushunish hamda uning kelib chiqishi va oqibatlarini hisobga olish muhim 
ahamiyatga ega. Yuqoridagi rasmdan ko‘rinadiki, Ikkinchi Jahon urushining 
moliyalashtirilishi sababli 1950-yilda umumiy federal qarzdorlik YaIMga nisbatan 
94%ni tashkil etgan. 1970-1982-yillarda federal qarz miqdori barqaror kamayib 
bordi va o‘zining urushdan keyingi eng past 35%lik ko‘rsatkichiga erishdi. 
Shundan keyin qarzdorlik darajasi muntazam ortib bordi va 1995-yilda 1955-
yildan buyon bo‘lgan davrdagi eng yuqori darajasi YaIMga nisbatan 67%ni tashkil 
etdi. Federal qarz Klinton boshqaruvi davrining oxiridagi byudjet profitsiti 
natijasida qisqa muddatli pasayish darajasida bo‘ldi va Kichik Bush boshqaruvi 
davridagi soliqlarning pasaytirilishi va 2001-2002 yillardagi iqtisodiy pasayish 
sababli yana ko‘payishni boshladi. Keyinchalik qarzdorlik 2007-yilda inqirozning 
boshlanishi natijasida keskin oshib ketdi. 2011- va 2012-yillar uchun hisob-
kitoblarga ko‘ra, federal qarz YaIM ga nisbatan 100%dan ham ortib ketdi, bu holat 
ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda birinchi bor yuz berishi edi.
80
 
79
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, PhilipG. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett 
Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 73. 
80
U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic rep ort of the president: 2011, 284. 


205 
Iqtisodiy samaradorlikning federal qarz hajmiga ta’siri.XX asr oxiri va XXI 
asr boshlaridagi federal hukumat qarzining jadal o‘sishi ikki holat(omil) orqali 
tushuntiriladi. Birinchidan, daromadlar va xarajatlar nuqtai nazaridan barcha 
iqtisodiy jarayonlar federal byudjetga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 1980- yillardagi neft 
narxidagi beqarorliklar va yuqori inflyatsiya federal byudjetdagi muvozanatning 
buzilishiga olib keldi. O‘sha davrda iqtisodiyotdagi real umumiy o‘sish deyarli 
nolga teng bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sishdagi bu yetishmovchilik ishsizlik darajasining 
ortib borishi kabi bir qancha ijtimoiy ta’minot dasturlari uchun xarajatlarning 
avtomatik ravishda o‘sishi sababli byudjetga qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Bu 
shuningdek federal darmadlarning kamayishiga ham olib keldi. 1990-yillarning 
o‘rtalarida ishsizlik darajasining kamayishi va ishlab chiqarishning o‘sishi hisobiga 
federal ijtimoiy ta’minot yordamlariga bo‘lgan talabning qisqarganligi va soliq 
tushumlarining oshganligi uchun federal byudjetga tushayotgan og‘irlikning qisqa 
muddatga bartaraf bo‘lishiga olib keldi. Bir vaqtning o‘zida neft importidagi 
narxlarning yuqoriligi, tibbiyot uchun federal dasturlar xarajatlarining ortishi 
hamda 2007-yilda boshlangan halokatli iqtisodiy pasayishlar sababli byudjet 
defitsitidagi uzoq muddatli trendlar yangilandi. Iqtisodiy pasayish oqibatlarini 
bartaraf etish uchun rag‘batlantirish dasturlari federal qarzning ortishiga huddi 
ikkinchi jahon urushidagidek jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Soliq imtiyozlarining federal qarz hajmiga ta’siri. Federal qarzlarning uzoq 
davr mobaynida o‘sib kelishiga sabab bo‘lgan ikkinchi omil Prezident Ronald 
Reygan boshqaruvi davrida boshlangan soliq siyosati chora-tadbirlari bo‘ldi. 
Reygan Prezident sifatida Kongress tomonidan tasdiqlanishi bilan 1981-yilda yirik 
soliq imtiyozlari tizimini va byudjetning nomudofaa xarajatlarini qisqartirishni o‘z 
ichiga olgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni boshladi. Biroq, bu dasturning 
joriy etilishi jarayonida mudofaa xarajatlarining oshishiga muvofiq ravishda 
nomudofaa xarajatlarini kamaytirish siyosiy jihatdan imkonsiz ekanligi ayon bo‘ldi 
va umumiy xarajatlar soliq imtiyozlari joriy etilishidan oldingi darajalarda 
saqlanib qoldi, hattoki undan ham yuqoriroq bo‘ldi.


206 
O‘sha vaqtdagi soliqlarni yengillashtirish siyosatining asosida soliq 
imtiyozlari berish orqali hukumat tomonidan yig‘ib olinmagan mablag‘lar xususiy 
sektor tomonidan yaxshiroq investitsiya qilinadi va bu iqtisodiy faoliyatni 
yuksaltiradi, iqtisodiy faoliyatning yaxshilanishi hisobiga esa soliqlardan keladigan 
kelajakdagi daromadlar hozirgisidan ko‘proq bo‘ladi, degan nazariya yotgan edi. 
Amalda esa fiskal divident deb atalgan bu nazariya hech qachon amalga oshmadi. 
Federal daromadlar darajasi 1960-yillardan keyingi istalgan davrdagidan sekinroq 
o‘sdi, mudofaa xarajatlari bilan bir qatorda, boshqa xarajatlar va davlat qarzi 
bo‘yicha foizlar ham yanada yangi pog‘onalarga ko‘tarilib bordi.
O‘sha soliq imtiyozlari tashabbusidan buyon federal daromadlarning yillik 
o‘sishi, faqatgina bir yilda 5%dan kamroq va yana bir yil 10%dan ko‘proq bo‘lgan 
o‘sishni inobatga olmaganda, 5-10 foiz chegarasida tebranib turdi. 1997-yilda 
qabul qilingan soliq imtiyozlari 1981-yildagisidan farqli ravishda xarajatlarning 
qisqartirilishiga muvofiq holda bo‘lganligi uchun federal daromadlarda ko‘p 
miqdordagi kamayish yuz bermadi. Boz ustiga 1980-yillarda ishlab chiqarish 
salohiyatining oshishida hech qanday sezilarli o‘zgarish yuz bermagan, shuning 
uchun federal daromadlar ham ko‘paymagan. Fond bozorining yuqori 
texnologiyalar aksiyalari uchun g‘ayrioddiy ravishda kengayishi hisobiga yuz 
bergan uch yillik jadal iqtisodiy o‘sishni istisno tariqasida keltirib o‘tish lozim.
2001-yildagi “Iqtisodiy o‘sish va soliq imtiyozlari Konsensusi(kelishuvi) 
to‘g‘risida”gi Qonun (“The Economic Growth and Tax Relief Reconciliation
Act”) va 2003-yildagi “Ish o‘rinlari va soliq imtiyozlarini o‘sishini ta’minlash 
Konsensusi(kelishuvi) to‘g‘risida”gi Qonunlar (“The Jobs and Growth Tax
Relief Reconciliation Act”) byudjet profitsitiga erishish borasida yanada ko‘proq 
qiyinchiliklar keltirdi.
81
Amalda, 2001-yilda joriy qilingan soliq imtiyozlaridan 
keyin, umumiy federal daromad ketma-ket uch yillik davrda pastroq bo‘ldi. 
Daromadlardagi bunday qisqarish bu davrda byudjetning profitsit holatidan 
 
81
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, PhilipG. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett 
Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 75. 


207 
defitsitga o‘tayotganligini ko‘rsatadi.
82
O‘sha vaqtdan boshlab, Afg‘oniston va 
Iroqdagi urush xarajatlari va 2007-yilda boshlangan iqtisodiy pasayishlar yirik 
siyosiy o‘zgarishlarsiz, hattoki nisbatan balanslashgan byudjetga yaqinlashish 
imkoniyati yo‘qligini keltirib chiqardi. 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling