Davlat qarzining eng yuqori miqdori kim tomonidan belgilanadi?


Download 84.61 Kb.
bet1/5
Sana12.07.2020
Hajmi84.61 Kb.
#123649
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Davlat moliyasi test






Savol

Javob 1

Javob 2

Javob 3

Javob 4

q

k



Davlat qarzining eng yuqori miqdori kim tomonidan belgilanadi?

Oliy majlis palatalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

1






Quyidagilardan qaysi biri mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari tarkibiga kirmaydi?


Yuridik va jismoniy shaxslardan hamda chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari

Belgilangan me’yorlar asosida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar


Byudjet dotatsiyalari, subvensiyalari va ssudalari


Byudjet ijrosi davomida turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan o‘zaro hisob-kitoblar


2






Joriy moliya yili uchun mo‘ljallangan Davlat byudjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirdaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat byudjeti xarajatlarini qisqartirish to‘g‘risida takliflarni kim kiritadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi G‘aznachiligi

1






O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish vakolatiga ega vakolatli organ -

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

1






2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan necha foiz defitsit bo‘lishi prognoz qilingan?

0,5%

1,0%

1,5%

2,0%

2






Byudjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari

byudjet transferti

byudjet subsidiyasi

byudjet dotatsiyasi

byudjet ssudasi

1






Byudjetlarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida turgan byudjet mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdori - …

aylanma kassa mablag‘lari

byudjet subsidiyasi

byudjet ssudasi

byudjet dotatsiyasi

1






Mahalliy byudjetlar uchun cheklovlar tarkibiga kirmaydi?

yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish

tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirish

tegishli byudjetlar mablag‘lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga

yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berish

2






Tegishli ma’muriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan, ular qayerda shakllangan bo‘lsa, keyinchalik o‘sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlar -

o‘tkazib beriladigan daromadlar

markazlashgan daromadlar

o‘zaro hisob-kitoblar asosida olinadigan daromadlar

biriktirilgan daromadlar

2






2020-yil parametrlari bo’yicha respublika byudjetidan nechta viloyat mahalliy byudjetlariga tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlarning ajratilishi ko’zda tutilgan?

9 ta viloyat mahalliy byudjetlariga

8 ta viloyat mahalliy byudjetlariga

7 ta viloyat mahalliy byudjetlariga

6 ta viloyat mahalliy byudjetlariga

2






Byudjet jarayoni ishtirokchilari uchun byudjet tizimi byudjetlari mablag’larini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yo’qotishlarni baholash -

fiskal tavakkalchilik

byudjet tizimi byudjetlarini tartibga solish

byudjet tizimi byudjetlarini prognozlashtirish

fiskal siyosat

2






Muayyan moliya yili uchun byudjet tizimi byudjetlarining aylanma kassa mablag‘lari me’yorlari qanday me’yoriy hujjat asosida belgilanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori


O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug’i

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

2






2019-yil 1-yanvardan boshlab

kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar qanday turdagi soliqni to‘lovchilar hisoblanadi?



yagona soliq to‘lovi

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq

yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan barcha soliqlar

yuridik shaxslardan foyda solig‘i va QQS

2






2019-yil 1-yanvardan boshlab

kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar qanday turdagi soliqni to‘lovchilar hisoblanadi?



qat’iy belgilangan soliq

yagona soliq to‘lovi

yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan barcha soliqlar

yuridik shaxslardan foyda solig‘i va QQS

2






O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida eng yuqori ulushni tashkil etuvchi soliq turi

Qo’shilgan qiymat solig‘i

yuridik shaxslardan foyda solig‘i

jismoniy shaxslardan daromad solig‘i

aksiz solig‘i

1






O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlari tarkibida eng yuqori ulushni tashkil etadi -

bilvosita soliqlar

bevosita soliqlar

resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i

daromaddan olinadigan soliqlar

2






2019-yilda jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq stavkasi -

12%

15%

7/16/22%

8%

1






Birinchi darajali byudjet mablag’larini taqsimlovchilar uchun respublika byudjetidan ajratiladigan mablag’larni tasdiqlaydi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari

O’zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

2






Davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisi – bu …

davlat moliyasi

davlat byudjeti

moliya tizimi

moliya

1






Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash qaysi organning vakolatiga kiradi?

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari


O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo’mitasi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi


2






O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining

soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi

PF-5468-son Farmoni

Qachon qabul qilindi?



2018-yil 29-iyunda

2019-yil 29-iyunda

2017-yil 29-dekabrda

2019-yil 9- dekabrda

1






2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlarida konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari qancha miqdorda ko’zda tutilgan?

158 960,1 mlrd.so’m

128 460,0 mlrd.so’m

162 385,0 mlrd.so’m

191 781,6 mlrd.so’m

2






O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirish va ularni tijorat banklarida depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadlardan foydalanish tartibini kim belgilaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

1






2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasida zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa qaysi manba hisobidan amalga oshirilishi belgilandi?

Davlat byudjeti

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Bandlikka ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi

Nafaqa berilishi to’xtatildi

2






2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasida dafn marosimi uchun nafaqalarni to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish qanday manba hisobidan amalga oshirilishi belgilandi?

Davlat byudjeti

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Bandlikka ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi

Nafaqa berilishi to’xtatildi

2






Amaldagi qonunchilikga asosan yoshga doir nafaqa necha yoshdan tayinlanadi?

Erkaklar 65 yoshga to‘lganda, ayollar 60 yoshga to‘lganda

Erkaklar 60 yoshga to‘lganda, ayollar 55 yoshga to‘lganda

Erkaklar 70 yoshga to‘lganda, ayollar 65 yoshga to‘lganda

Erkaklar va ayollarga 60 yoshga to‘lganda

2






1941-1945-yillardagi urushning mehnat fronti qatnashchilariga to‘lanadigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari miqdori -

eng kam ish haqining 25 %

eng kam ish haqining 45 %

eng kam ish haqining 50 %

eng kam ish haqining 15 %

2






1941-1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga to‘lanadigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari miqdori -

eng kam ish haqining 50 %

eng kam ish haqining 25 %

eng kam ish haqining 45 %

eng kam ish haqining 15 %

2






Asosan yuridik va jismoniy shaxslarning soliqlari va majburiy to‘lovlari evaziga shakllanadigan va davlatning turli vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlashga yo‘naltiriladigan markazlashgan pul fondi - …

davlat byudjeti

davlat moliyasi

davlatning maqsadli jamg’armasi

davlat mulki

1






Davlat bilan (uning hokimiyat va ijroiya organlari timsolida) yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari o‘rtasidagi muddatlilik, qaytishlilik va to‘lovlilik asosida pul mablag‘larining harakati bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi – bu …

davlat krediti

davlat qarzi

tashqi davlat qarzi

ichki davlat krediti

1






Jamiyatning ayrim ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa ehtiyojlarini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida davlat tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ishlatish shakli - bu …

davlatning maqsadli jamg’armalari

davlat moliyasi

davlat byudjeti

davlat mulki

1




Download 84.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling