Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


AQSH iqtisodiyotining moliyalashtirilishi


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

AQSH iqtisodiyotining moliyalashtirilishi. Investitsiyaviy moliyalashtirish 
va xalqaro chegaralar orqali o‘tadigan kapital oqimlari iqtisodchilar va 
hukumatning e’tibor qaratadigan asosiy ko‘rsatkich bo‘lib qolishda davom etadi.
Globallashuv atamasi ustida hanuzgacha bahslar davom etmoqda va u haqida aniq 
bir tugal xulosaga kelinmagan. Tarixan, boshqa mamlakatlar ishlab chiqarish 
salohiyatini belgilashda investitsiyalar sezilarli o‘ringa ega bo‘lgan. Biror 
kompaniya yoki investitsiyalovchi banklar guruhining xorijdagi birorta ishlab 
chiqarish sohasiga investitsiya kiritishi, investitsiya kiritilgan mamlakatning ishlab 
chiqarish salohiyatini oshirgan va investor investitsiya qilgan mablag‘ini tezda 
qaytarib olib chiqib ketishi osonlik bilan hal etib bo‘lmaydigan masalaga aylangan. 
1980-yillarning oxirida jismoniy kapitaldan farqli ravishda, aksiya va obligatsiya 
kabi moliyaviy instrumentlarga xalqaro transaksiyalar hajmi sezilarli darajada 
o‘sdi. 1990-yillardagi Osiyo va rivojlananayotgan bozorlardagi inqirozlarning 
tezlashishining asosiy sabablaridan biri investorlarga o‘zlari kiritgan sarmoyalarni 
tezda qaytarib olish imkonini beruvchi savdoga oid moliyaviy instrumentlarga 
qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi bilan bog‘liq edi.
65
2007-yildagi yuzaga 
kelgan bozor inqirozi Qo‘shma Shtatlarga jiddiy darajada takrorlanmadi. Biroq, 
Portugaliya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya kabi boshqa mamlakatlar investorlar 
mazkur mamlakatlar moliya bozorlaridan o‘zlarining portfel investitsiyalarini olib 
chiqib ketganligi sababli qattiq bosimni boshdan kechirdilar.
Savdo balansida yuz berayotgan o‘zgarishlarning muhimligi bu xatti-
harakatlar iqtisodiyotning moliyalashtirilishida qanchalik darajada ishtirok 
etayotganligi bilan belgilanadi. XIX asr o‘rtalaridan 1980-yillarning o‘rtalarigacha 
bo‘lgan davrda AQSH iqtisodiyoti mamlakatning ichki manbalari hisobiga 
moliyalashtirilgan. Milliy jamg‘armalar xorijda amalga oshirilgan jamg‘armalar 
o‘rtasidagi ijobiy saldo sababli milliy investitsiyalarni mablag‘ bilan ta’minlash 
uchun yetarli bo‘lgan. Iste’mol tovarlariga uy xo‘jaliklari sarflarining ortishi, 
jamg‘arishning qisqarishi, davlat byudjeti defitsiti holatida, iqtisodiyotni 
 
65
Krugman, P. (1999). The return to depression economics. New York, NY: W.W. Norton. 


194 
investitsiyalashni tashqi manbalar hisobidan moliyalashtirishga majbur bo‘lindi. 
AQSH iqtisodiyotining muhim qismi ichki jamg‘armalar hisobidan emas, balki 
xorijiy investitsiyalar orqali moliyalashtirildi. Bu xorijiy investitsiyalar AQSH 
hududidagi, biroq AQSH iqtisodiyotining o‘ziga tegishli bo‘lmagan xorijiy aktivlar 
bo‘yicha kelajakdagi da’volarni o‘zida ifodalaydi. 
Qo‘shma Shtatlarda sanoat aksiya va obligatsiyalarini chiqarish orqali, 
davlat qarzini istisno qilgan holda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali 
moliyalashtirish iqtisodiyotni kengaytirish uchun foydali bo‘lgan bo‘lardi. Bu 
holatda, AQSH davlat qarzi hisobiga investitsiyalash AQSH ning ichki ishlab 
chiqarish salohiyatini oshirmadi, balki bu yerda moliyaviy ta’minlanish uchun 
hukumatning ehtiyojlari bilan investitsiyaviy moliyalashtirish uchun sanoat 
ehtiyojlari o‘rtasida raqobat yuzaga keladi. Makroiqtisodiy nuqtai nazardan, 
byujdet defitsitini bunday tashqi moliyalashtirish, kelgusida AQSH davlat sektori 
qarzlarining xorijiy kreditorlariga to‘lovlarni amalga oshirish uchun AQSH tovar 
va xizmatlarining katta qismini uzoq vaqt davomida xorijda sotishga majbur 
bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltiradi. Bu miqdor AQSH iste’moli yoki investitsiya 
uchun mavjud bo‘lmaydi. Shunday qilib, savdo balansi, shuningdek umumiy to‘lov 
balansi beqarorligi, federal hukumat byudjet defitsiti bilan chambarchas bog‘liqdir.
1990-yillar oxiridagi AQSH dagi jadal iqtisodiy o‘sish bu fikrni tasdiqladi. 
Federal byudjet 1998-yilda balansga erisha oldi. Bunda AQSH hukumati nafaqat 
byudjet defititsitini moliyalashtirish uchun uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar 
chiqarishga ehtiyoj sezmadi, balki uch yil ichida byudjetning profitsit qismi 
evaziga G‘aznachilik amalda oliy toifadagi qarzlarini qaytarib sotib oldi. XX asr 
oxiriga kelib, defitsitni qoplash uchun xorijiy qarzdan foydalanish muammosi o‘z 
dolzarbligini yo‘qotib borayotgan edi, biroq 2002-yilning boshlarida yana yirik 
byudjet defitsitining yuzaga kelishi, federal byudjet kamomadini qoplash uchun 
xorijiy investorlar rolini oshirib yubordi. Buning ustiga Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida uy xo‘jaliklarining jamg‘arish darajasi nisbatan past darajada ekanligi 
qayd etildi.


195 
AQSH iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning o‘sib borishi mamlakat 
iqtisodiyotiga nisbatan xorijliklarda ishonch borligini ifodalaydi. 2011-yildagi 
bozor parokandaligi yuzaga kelganda, AQSH iqtisodiyotiga investorlarning 
ishonchi boshqa mamlakatlarga qaraganda mutloq ustunlikda bo‘lmagan bo‘lsa 
ham, nisbatan kuchliroq bo‘ldi, shu davrda boshqa mamlakatlarda AQSHdagiga 
qaraganda nisbatan kam investitsion qarorlar amalga oshirildi.
66
Xorijiy investorlar 
AQSH G‘aznachiligi banknotalarini ularga belgilangan foiz stavkalari va 
risklardan himoyalanganligi uchun investitsiya kiritish uchun eng maqbul variant 
deb hisoblashdi.
AQSH Kongressi 2011-yilda imkon qadar jahon moliya bozorlarida 
to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash uchun AQSH ning imkoniyatlari darajasida 
konsernlar tashkil qilish orqali davlat qarzlari miqdorining oshib borishini 
to‘xtatmay turishiga qaramasdan, AQSH hukumati yuridik noxushliklarga duch 
keldi, davlat byudjeti defitsini qisqartirish uchun qarzlarning oshirib borilishiga 
bog‘liq ravishda kelishuvga erishildi.
67
Milliy jamg‘armalarning pasayishi (qisqarishi). 1998-yildan 2001- yilgacha 
bo‘lgan to‘rt yillik byudjet profitsidan tashqari, AQSH iqtisodiyotida uning 
hajmiga nisbatan iqtisodiyotni moliyaviy ta’minlash uchun jamg‘armalar miqdori 
pasayishi holati kuzatilgan. Milliy jamg‘armalar ishlab chiqarish salohiyatini 
oshirish imkonini beruvchi asbob-uskunalar, xom-ashyolar va boshqa jihozlarga 
yangi investitsiyalar uchun mablag‘lar manbai hisoblanadi. Iqtisodchilar yalpi va 
sof jamg‘armalarni yalpi ichki mahsulotga nisbatan foizlarda o‘lchashadi. Yalpi 
milliy jamg‘arma uy xo‘jaliklari jamg‘armalari, korporatsiyalar jamg‘armalari va 
hukumat jamg‘armalarining yig‘indisidan iboratdir. Uy xo‘jaliklari jamg‘armalari 
jamg‘arib boriladigan hisobraqamlarda, qimmatli qog‘ozlarga individual 
investitsiyalar hisobraqamlari hamda pensiya rejalariga yakka va korporativ 
badallar ko‘rinishlarida shakllantiriladi. Hukumat jamg‘armalari yo‘l va ko‘priklar 
qurilishi kabi asosiy kapitalga investitsiyalar va, ayrim hollarda, byudjet profitsiti 
 
66
Nowhere to hide. (2011). The Economist, 401, October 15, 15. 
67
The debt ceiling deal: no thanks to anyone. (2011). The Economist, 401, August 6, 24. 


196 
kabi shakllarda bo‘lishi mumkin. Korporativ jamg‘armalar asosiy kapitalga 
investitsiyalar, xususan zavodlar, asbob-uskunalar, atrof-muhitni obodonlashtirish, 
va shuningdek, zaxiralarni yangilashga investitsiyalar shaklida bo‘lishi mumkin. 
Bu kompaniyalarning xususiy xaridlari va qarz mablag‘lari yoki hukumatning 
soliqlar hisobidan moliyalashtiriluvchi hukumat va korporativ investitsiyalar tovar 
va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatini, buning natijasi o‘laroq, iqtisodiy 
imkoniyatlarni kengaytiradi.
Davlat va korporativ investitsiyalarning hammasi ham aslida ishlab chiqarish 
aktivlarining o‘sishiga olib kelavermaydi, albatta, ular eski va ishlab chiqarish 
samaradorligini yo‘qotgan asbob-uskunalar va bino-inshootlarning o‘rnini bosishi 
shart. Eskirgan, ishlab chiqarish samaradorligini yo‘qotgan mashinalarni yangilash 
uchun sotib olinganlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirmaydi. Sof milliy 
jamg‘arma ishlab chiqarish quvvqtlariga davlat yoki korporatsiyalar tomonidan 
qilingan investitsiyalar bilan mahsulot ishlab chiqarishga ketgan asosiy vositalar 
sarfi o‘rtasidagi farqni ifodalaydi.
AQSH yalpi milliy jamg‘armasi 1965-yilda 22% dan yuqori, 2009-yilda esa 
11% dan pastroq darajada bo‘lgan. Shu bilan birga, asosiy kapital sarfini inobatga 
olgan holda, sof milliy jamg‘arish darajasi 2009-yilda eng past 2,3% ko‘rsatkichni 
qayd etgan. O‘tgan yillarda sof milliy jamg‘arishining eng yuqori darajasi 1960-
yillarning boshida 1965-yilda bo‘lgan (12%).
68

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling