Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 3.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/202
Sana05.11.2023
Hajmi3.69 Mb.
#1749608
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   202
Bog'liq
Давлат молияси Дарслик-

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Byudjetdan tashqari fondlarga ta’rif bering. 
2. Davlat byudjetdan tashqari fondlarini shakllantirish zarurati nimada? Ular 
qanday vazifalarni bajaradi? 
3. Byudjetdan tashqari fondlar shakllantirish usullarini aytib bering. 
4. Byudjetdan tashqari fondlarning xususiyatlarini aytib bering va izohlang. 
5. Davlat moliya tizimida davlatning byudjetdan tashqari fondlarining roli 
va ahamiyati nimalardan iborat? 
6. Davlatning maqsadli fondlari tuzilmasiga ta’rif bering. 
7. O‘zbekiston Respublikasi jamlanma byudjeti tarkibidagi davlat maqsadli 
fondlari maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
8. O‘zbekiston Respublikasi jamlanma byudjetida davlat maqsadli fondlari 
mablag‘larining shakllanish manbalari va ishlatilish yo‘nalishlarini aytib bering. 


185 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
1. Davlat maqsadli jamg‘armalari tarkibini evolyutsiyasini aks ettiruvchi 
chizma tayyorlang. 
2. Ijtimoiy yo‘nalishdagi davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg‘armalar 
faoliyati, uning maqsadi, vazifalari, shakllanish manbalari va mablag‘lar sarfi 
yonalishini aks ettiruvchi grafik organayzerlarini shakllantiring. 
3. Xorijiy davlatlarda davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari faoliyatiga 
doir tahliliy ma’lumot tayyorlang. 


186 
 
10-BOB. DAVLAT KREDITI VA DAVLAT QARZLARINI BOSHQARISH 
 
10.1. Davlat krediti va davlat qarzi to‘g‘risida tushuncha, davlat qarzini 
moliyalashtirish tartiblari 
Ma’lumki, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining 
uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi davlat 
byudjeti xarajatlarining daromadlarga nisbatan ortib ketishiga, ya’ni byudjet 
taqchilligiga olib keladi. Byudjet taqchilligining vujudga kelishiga quyidagilar 
sabab bo‘ladi:
− ishlab chiqarishning pasayib ketishi; 
− xarajatlarning haddan tashqari o‘sib ketishi; 
− tovarlar bilan ta’minlanmagan pul emissiyasi; 
− harbiy sanoat majmuasini moliyalashtirish bo‘yicha sarf-xarajatlarning 
o‘sishi;
yashirin, ya’ni nolegal iqtisodiyot, unumsiz xarajatlar, yo‘qotishlar 
hajmining o‘sib borishi va boshqalar. 
Byudjet taqchilligining o‘zgarishi xo‘jalik konyunkturasidagi joriy 
tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, 
inqirozlar davrida davlat byudjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum 
sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan 
tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab qolishga majbur bo‘ladi. Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida byudjet taqchilligining kuchayish holati 
ayniqsa 2010-yilda Irlandiya (32 foiz), Gretsiya (15,4 foiz), Buyuk Britaniya (11,1 
foiz) singari mamlakatlarda keskin namoyon bo‘lgan bo‘lsa, mazkur 
ko‘rsatkichning 2012-yilda Yaponiya (10 foiz), AQSh (8,7 foiz), Buyuk Britaniya 
(8,3 foiz) va boshqa mamlakatlardagi darajasi hamon yuqoriligicha qolmoqda 
(10.1-rasm). 


187 

Download 3.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling