Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
-rasm. 1950-2012-yillarda Yalpi ichki mahsulotga nisbatan federal
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
10.7-rasm. 1950-2012-yillarda Yalpi ichki mahsulotga nisbatan federal
qarzlar darajasi 77 (2011- va 2012- yillar prognoz bo‘yicha) 10.7-rasmda byudjet defitsitining YaIMga nisbatan 1950-yildan hozirgacha bo‘lgan davrdagi darajasi foizlarda keltirilgan. 2011-yilda vaqtinchalik chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga qaramasdan byudjet defitsitining oshib borishi daromad va xarajatlarni muvozanatlash borasida 76 U.S. Congressional Budget Office (2011). The budget and economic outlook: fiscal years 2011-2021, 16. 77 Manba: Data from U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic report of the president: 2011 (p. 284). Washington, DC: U.S. Government Printing Office. 203 siyosiy jihatdan layoqatsizlik natijasida yuz berdi va bu holat siyosiy doiralardagi ziddiyatlarning avj olishiga sabab bo‘ldi. Federal qarzning eng yuqori darajasi qonun bilan belgilab qo‘yiladi, davrdan davrga qarzning ko‘tarilib borishi, zarur hollarda federal qarzning yuqori darajasining oshirilishiga olib keladi. Odatda, muhim siyosiy o‘zgarishlar ta’siri bo‘lmasa, Kongress qarzning yuqori chegarasini ozroq yoki ko‘proq darajada avtomatik ravishda ko‘taradi. 2011-yil 2-avgustda Qonunchilik davlat qarzining hech bo‘lmaganda 2012- yildagi prezidentlik saylovlarigacha davom etadigan yuqori darajasini belgiladi. Davlat qarzi yuqori darajasining oshirilishining Kongressda tasdiqlanishi 2021- yilgacha bo‘lgan davrda federal byudjetni 2,1-2,4 trln. AQSH dollarigacha qisqartirish uchun kelishuvni yuzaga keltirdi. Hech kim kelishuvni iqtisodiy o‘sishning past darajasi va 2000-yildagi asosiy soliqlarning qisqarishi hamda majburiy davlat sarflarining ortishi hisobiga hosil bo‘lgan byudjet defitsiti kabi ikki asosiy muammoni amaдda hal etishga yo‘naltirishni hayoliga ham keltirmadi. 78 Majburiy davlat xarajatlari xarajatlar me’yori qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan va qonuniy o‘zgartirishlarsiz qisqartirib bo‘lmaydigan “Social Security” va”Medicare” kabi ijtimoiy dasturlarni o‘z ichiga oladi. Xarajatlarni 2 trln. Dollar va undan ko‘proqqa kamaytirishga erishish uchun Defitsiyni qisqartirish bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Joint Select Committee on Deficit Reduction) tuzildi. Uning a’zolari soni Qonunchilik Palatasi va Senat hamda ikki siyosiy partiyalar o‘rtasidagi mutanosiblik asosida belgilandi. Byudjetni 900 milliard dollarga kamaytirish zarurligi qonun bilan belgilab qo‘yildi. Tashkil qilingan qo‘mitaning vazifasi taxminin 1,5 trln. AQSH dollaridan iborat bo‘lgan qisqartirishni muvofiqlashtirish edi. Agar Qo‘mita hech bo‘lmaganda 1,2 trln. dollar qisqartirishni muvofiqlashtira olmasa, mudofaa va ijtimoiy xarajatlar 78 The debt ceiling deal: no thanks to anyone. (2011). The Economist, 24. 204 teng ravishda avtomatik tarzda qisqartiriladi. Bu qisqartirish ikkala siyosiy partiya uchun ham katta siyosiy ko‘ngilsiz bo‘lar edi 79 . 2011-yil 21-noyabrda Qo‘mita bu muvozanatlashni amalga oshira olmaganligini e’lon qildi. 2013-yilda byudjet xarajatlarida juda qattiq avtomatik qisqartirishlar boshlandi. Prezident esa bunga javoban byudjetni qisqartirish yoki o‘zgartirish uchun qabul qilinadigan har qanday qonun hujjatlariga veto qo‘yishga va’da berdi. AQSHda 2012-yilda Respublikachilar partiyasi Barak Obamaga qarshi biror nomzodni ko‘rsatishi, byudjet defitsiti muammosini hech bo‘lmaganda 2013- yilgacha yoki undan uzoqroq davrgacha diqqat markazidan chetda qolishiga sabab bo‘ladi. AQSH davlat qarzining miqdori. So‘nggi yillarda davlat qarziga oid munozaralarni kengroq yoritib borish uchun federal qarzning nisbiy hajmini tushunish hamda uning kelib chiqishi va oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagi rasmdan ko‘rinadiki, Ikkinchi Jahon urushining moliyalashtirilishi sababli 1950-yilda umumiy federal qarzdorlik YaIMga nisbatan 94%ni tashkil etgan. 1970-1982-yillarda federal qarz miqdori barqaror kamayib bordi va o‘zining urushdan keyingi eng past 35%lik ko‘rsatkichiga erishdi. Shundan keyin qarzdorlik darajasi muntazam ortib bordi va 1995-yilda 1955- yildan buyon bo‘lgan davrdagi eng yuqori darajasi YaIMga nisbatan 67%ni tashkil etdi. Federal qarz Klinton boshqaruvi davrining oxiridagi byudjet profitsiti natijasida qisqa muddatli pasayish darajasida bo‘ldi va Kichik Bush boshqaruvi davridagi soliqlarning pasaytirilishi va 2001-2002 yillardagi iqtisodiy pasayish sababli yana ko‘payishni boshladi. Keyinchalik qarzdorlik 2007-yilda inqirozning boshlanishi natijasida keskin oshib ketdi. 2011- va 2012-yillar uchun hisob- kitoblarga ko‘ra, federal qarz YaIM ga nisbatan 100%dan ham ortib ketdi, bu holat ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda birinchi bor yuz berishi edi. 80 79 Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, PhilipG. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 73. 80 U.S. Council of Economic Advisers (2011). Economic rep ort of the president: 2011, 284. 205 Iqtisodiy samaradorlikning federal qarz hajmiga ta’siri.XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi federal hukumat qarzining jadal o‘sishi ikki holat(omil) orqali tushuntiriladi. Birinchidan, daromadlar va xarajatlar nuqtai nazaridan barcha iqtisodiy jarayonlar federal byudjetga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 1980- yillardagi neft narxidagi beqarorliklar va yuqori inflyatsiya federal byudjetdagi muvozanatning buzilishiga olib keldi. O‘sha davrda iqtisodiyotdagi real umumiy o‘sish deyarli nolga teng bo‘ldi. Iqtisodiy o‘sishdagi bu yetishmovchilik ishsizlik darajasining ortib borishi kabi bir qancha ijtimoiy ta’minot dasturlari uchun xarajatlarning avtomatik ravishda o‘sishi sababli byudjetga qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Bu shuningdek federal darmadlarning kamayishiga ham olib keldi. 1990-yillarning o‘rtalarida ishsizlik darajasining kamayishi va ishlab chiqarishning o‘sishi hisobiga federal ijtimoiy ta’minot yordamlariga bo‘lgan talabning qisqarganligi va soliq tushumlarining oshganligi uchun federal byudjetga tushayotgan og‘irlikning qisqa muddatga bartaraf bo‘lishiga olib keldi. Bir vaqtning o‘zida neft importidagi narxlarning yuqoriligi, tibbiyot uchun federal dasturlar xarajatlarining ortishi hamda 2007-yilda boshlangan halokatli iqtisodiy pasayishlar sababli byudjet defitsitidagi uzoq muddatli trendlar yangilandi. Iqtisodiy pasayish oqibatlarini bartaraf etish uchun rag‘batlantirish dasturlari federal qarzning ortishiga huddi ikkinchi jahon urushidagidek jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Soliq imtiyozlarining federal qarz hajmiga ta’siri. Federal qarzlarning uzoq davr mobaynida o‘sib kelishiga sabab bo‘lgan ikkinchi omil Prezident Ronald Reygan boshqaruvi davrida boshlangan soliq siyosati chora-tadbirlari bo‘ldi. Reygan Prezident sifatida Kongress tomonidan tasdiqlanishi bilan 1981-yilda yirik soliq imtiyozlari tizimini va byudjetning nomudofaa xarajatlarini qisqartirishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlarni boshladi. Biroq, bu dasturning joriy etilishi jarayonida mudofaa xarajatlarining oshishiga muvofiq ravishda nomudofaa xarajatlarini kamaytirish siyosiy jihatdan imkonsiz ekanligi ayon bo‘ldi va umumiy xarajatlar soliq imtiyozlari joriy etilishidan oldingi darajalarda saqlanib qoldi, hattoki undan ham yuqoriroq bo‘ldi. 206 O‘sha vaqtdagi soliqlarni yengillashtirish siyosatining asosida soliq imtiyozlari berish orqali hukumat tomonidan yig‘ib olinmagan mablag‘lar xususiy sektor tomonidan yaxshiroq investitsiya qilinadi va bu iqtisodiy faoliyatni yuksaltiradi, iqtisodiy faoliyatning yaxshilanishi hisobiga esa soliqlardan keladigan kelajakdagi daromadlar hozirgisidan ko‘proq bo‘ladi, degan nazariya yotgan edi. Amalda esa fiskal divident deb atalgan bu nazariya hech qachon amalga oshmadi. Federal daromadlar darajasi 1960-yillardan keyingi istalgan davrdagidan sekinroq o‘sdi, mudofaa xarajatlari bilan bir qatorda, boshqa xarajatlar va davlat qarzi bo‘yicha foizlar ham yanada yangi pog‘onalarga ko‘tarilib bordi. O‘sha soliq imtiyozlari tashabbusidan buyon federal daromadlarning yillik o‘sishi, faqatgina bir yilda 5%dan kamroq va yana bir yil 10%dan ko‘proq bo‘lgan o‘sishni inobatga olmaganda, 5-10 foiz chegarasida tebranib turdi. 1997-yilda qabul qilingan soliq imtiyozlari 1981-yildagisidan farqli ravishda xarajatlarning qisqartirilishiga muvofiq holda bo‘lganligi uchun federal daromadlarda ko‘p miqdordagi kamayish yuz bermadi. Boz ustiga 1980-yillarda ishlab chiqarish salohiyatining oshishida hech qanday sezilarli o‘zgarish yuz bermagan, shuning uchun federal daromadlar ham ko‘paymagan. Fond bozorining yuqori texnologiyalar aksiyalari uchun g‘ayrioddiy ravishda kengayishi hisobiga yuz bergan uch yillik jadal iqtisodiy o‘sishni istisno tariqasida keltirib o‘tish lozim. 2001-yildagi “Iqtisodiy o‘sish va soliq imtiyozlari Konsensusi(kelishuvi) to‘g‘risida”gi Qonun (“The Economic Growth and Tax Relief Reconciliation Act”) va 2003-yildagi “Ish o‘rinlari va soliq imtiyozlarini o‘sishini ta’minlash Konsensusi(kelishuvi) to‘g‘risida”gi Qonunlar (“The Jobs and Growth Tax Relief Reconciliation Act”) byudjet profitsitiga erishish borasida yanada ko‘proq qiyinchiliklar keltirdi. 81 Amalda, 2001-yilda joriy qilingan soliq imtiyozlaridan keyin, umumiy federal daromad ketma-ket uch yillik davrda pastroq bo‘ldi. Daromadlardagi bunday qisqarish bu davrda byudjetning profitsit holatidan 81 Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, PhilipG. Joyce. PUBLIC BUDGETING SYSTEMS. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. P. 75. 207 defitsitga o‘tayotganligini ko‘rsatadi. 82 O‘sha vaqtdan boshlab, Afg‘oniston va Iroqdagi urush xarajatlari va 2007-yilda boshlangan iqtisodiy pasayishlar yirik siyosiy o‘zgarishlarsiz, hattoki nisbatan balanslashgan byudjetga yaqinlashish imkoniyati yo‘qligini keltirib chiqardi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling