Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil


Korxonaning asosiy faoliyatidan foydaga omillar


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/40
Sana04.12.2020
Hajmi1.54 Mb.
#159217
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
iqtisodiy tahlil


Korxonaning asosiy faoliyatidan foydaga omillar  

ta’sirining qo‘shma jadvali 

№ 

Ko‘rsatkichlar - omillar 

Summa 

(mlnso‘m) 

 

O‘tgan yilgi asosiy faoliyatdan foyda og‘ishi  



jumladan 

+317,2 


1 Sotilgan 

mahsulot 

hajmi 

+271,7 


2 Sotilgan 

mahsulot 

bahosi o‘zgarishi  

+164,1 


Sotilgan mahsulot, tovar, xizmatlar tannarxi 

-323,5 


211 

 

4 Sotish 



xarajatlari 

+11,7 


Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlari 

+43,8 

6 Boshqa 



operatsion 

xarajatlar va daromadlar 

+149,4 

 

Hisoblashni tekshirish: 



Hisobot davri uchun korxonaning asosiy faoliyatidan foyda – 

1307,7 mln so‘m ; o‘tgan yil uchun – 990,5 mln so‘m ; o‘tgan yildan 

og‘ish – 317,2 mln so‘m. 

  

 



8.6. Davr xarajatlari tahlili  

 

Davr xarajatlari 

– korxona xarajatlari hisobi tizimida yangi ko‘r-

satkich. Unga boshqaruv xarajatlari, sotish xarajatlari, umumxo‘jalik 

yo‘nalishidagi boshqa xarajatlar, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-

sinov ishlanmalari uchun xarajatlar kabi ishlab chiqarish jarayoni bilan 

bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar mahsulot 

ishlab chiqarish bo‘yicha korxona faoliyatiga bog‘lanmagan, lekin 

mahsulot (ish, xizmat) sotish bo‘yicha asosiy faoliyat bilan bog‘liq. 

Ular boshqacha tarzda operatsion xarajatlar deb yuritiladi. Ular 

mahsulot sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, aksincha, vaqt bilan, 

xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan ko‘proq darajada bog‘langan. 

Ushbu xarajatlar o‘zlari yuzaga kelgan hisobot davrida jamlanadi va 

hisobdan chiqariladi. 

 

 



 

 

8.1-chizma. Davr xarajatlari tasnifi 

 

DAVR  



XARAJATLARI 

Sotish xarajatlari  

Boshqaruv 

xarajatlari  

NIOKR, ishlab 

chiqarishga tayyorlash, 

boshqaruvni 

takomillashtirish va 

boshqalar uchun 

xarajatlar 



 

Boshqa 

operatsion 

xarajatlar  

212 

Shunday qilib, davr xarajatlari quyidagi xususiyatlarga ega: 

•  Boshqacha tarzda operatsion xarajatlar deb yuritiladi. 

•  Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq 

emas. 

•  Korxonaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq. 



•  Joriy hisobot davrida moliyaviy natijalar kamayishi hisobiga 

qo‘shib yoziladi. 

•  Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarida kelgusi davrlarga 

o‘tkazilmaydi. 



Mahsulot sotish xarajatlari: 

•  o‘rash, saqlash, jo‘natish punktigacha tashish xarajatlari

reklama xarajatlari; 

•  sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha xarajatlar; 

•  yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari sotish bo‘yicha boshqa 

xarajatlar. 



Boshqaruv xarajatlari:  

•  boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari; 

•  haqiqatda ishlay boshlagunga qadar mehnat qobiliyatini 

vaqtinchalik yo‘qotgan holatda qonunchilikda o‘rnatilgan qo‘shimcha 

to‘lovlar; 

•  belgilangan xizmat muddatini ado etganligi uchun bir martalik 

mukofotlar; 

•  korxona boshqaruv apparati xodimlari va uning tuzilmaviy 

bo‘linmalarini saqlash xarajatlari; 

•  boshqarmaning texnik vositalari, aloqa vositalari, signalizatsiya 

vositalari, hisoblash markazlari va boshqarmaning ishlab chiqarishga 

taalluqli bo‘lmagan boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat 

ko‘rsatish xarajatlari; 

•  ma’muriy yo‘nalishdagi asosiy vositalar (bino, inshootlar va 

boshqalar) ni saqlash va ta’mirlash uchun xarajatlar, shuningdek, ular 

bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari; 

•  belgilangan me’yorlar doirasida va ulardan tashqari boshqaruv 

xodimlarining xizmat safarlari uchun xarajatlar. 



Boshqa operatsion xarajatlar: 

•   tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi fondlarni ta’minlash va 

ishlatish bilan bog‘liq joriy xarajatlar; 

•   kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari; 



213 

•   konsultatsion, informatsion va auditorlik xizmatlari to‘lovi; 

•  boshqaruv xodimlariga mukofotlar; 

•   pensiyalarga ustama haqlar, pensiyaga chiqayotgan mehnat 

faxriylariga bir martalik nafaqalar

•  Xodimlarning jamoat transportida ish joyiga qatnovi uchun, 

idora transporti uchun to‘lovlar; 

•  to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarni 

saqlash xarajatlari; 

•  me’yorlar doirasida va ulardan tashqari tayyor mahsulot va 

ishlab chiqarish zaxiralarini qayta baholash natijasida yo‘qotishlar; 

•  sud xarajatlari; 

•  boshqa korxonalar, shuningdek, ayrim shaxslar bilan 

hisoblashishlar bo‘yicha shubhali qarzlardan zararlar. Shubhali qarzlar 

miqdori qonunchilikka muvofiq zaxiralanadi; 

•   da’vo muddati tugagan debitorlik qarzlari va undirilishi deyarli 

imkonsiz boshqa qarzlarni hisobdan chiqarishdan zararlar; 

•  hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar bo‘yicha 

operatsiyalardan zararlar; 

•  tabiiy ofatlardan kafolatlanmagan sezilarsiz yo‘qotishlar; 

•  aybdorlar aniqlanmagan o‘g‘irlashdan zararlar yoki aybdor 

tomon hisobiga zaruriy miqdorni undirish imkonsiz bo‘lgan zararlar; 

•  korxonaning asosiy vositalari va boshqa mulklarini sotishdan 

moddiy zararlar. 

Baholashda davr xarajatlarining vertikal (tuzilmaviy) tahlili muhim 

ahamiyat kasb etadi. Vertikal tahlil maqsadi davr xarajatlarining 

umumiy miqdorida alohida xarajatlarning ulushini hisoblashdan iborat. 

Nisbiy ko‘rsatkichlarga o‘tish bir sohadagi turli tashkilotlarning, 

shuningdek, turli soha tashkilotlarining ko‘rsatkichlarini taqqoslashga 

imkon beradi. Nisbiy ko‘rsatkichlar inflyatsion jarayonlarning salbiy 

ta’sirlarini ham bartaraf qiladi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davr uchun davr xarajatlari umuman 42,1 mln 

so‘mga yoki 4,3% ga oshgan. Davr xarajatlari tarkibida strukturaviy 

o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Ma’muriy xarajatlarning ulushi keskin 

oshgan bo‘lsa, sotish xarajatlari sezilarsiz oshgan. Boshqa operatsion 

xarajatlarning ulushida pasayish kuzatilgan. 

 

 


214 

8.5- jadval 

Davr xarajatlari tarkibi tahlili 

O‘tgan davr 

uchun 

Hisobot davri 

uchun 

Ko‘rsatkichlar 

summa, 

mln 

so‘m 

salmog‘i, 



summa, 

mln 

so‘m 

salmog‘i, 



Mutlaq 

o‘zgarish 

O‘sish 

sur’ati

, % 

Davr xarajatlari – 

jami,  

Jumladan 971,3 



100 

1013,4 


100 

+42,1 


104,3 

Sotish xarajatlari 

54,2 

5,6 66,3 



6,5 +12,1 

122,3 


Ma’muriy xarajatlar  381,7 

39,3 506,2 

50  +124,5 

132,6 


Boshqa operatsion 

xarajatlar 535,4 

55,1 

440,9 43,5  -94,5  82,3 



 

 

8.7. Moliyaviy xarajatlar va daromadlar tahlili 

 

Foyda miqdori mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat-



ning moliyaviy natijalariga ham sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi. Bu, 

avvalo, investitsion va moliyaviy faoliyatdan daromadlardir. 



Investitsion faoliyat 

deganda, investitsiyalash va investitsiyalarni 

amalga oshirish tushuniladi. Bunda investitsiyalar sifatida pul 

mablag‘lari, maqsadli bank qo‘yilmalari, paylar, aksiyalar va boshqa 

qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, 

litsenziyalar, jumladan tovar belgilari, kreditlar, ixtiyoriy boshqa mulk 

yoki mulkiy huquq, foyda olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish 

maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari obyektlariga jalb 

qilingan intellektual qimmatliklar namoyon bo‘ladi. 

Investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari sifatida 

quyidagilardan foydalaniladi: 

•  investorning o‘z moliyaviy va ichki xo‘jalik zaxiralari (foyda, 

amortizatsiya ajratmalari va boshqalar); 

•  byudjetdan tashqari fondlardan beg‘araz asosda ajratmalar; 

•  qo‘shma tashkilotlarning ustav kapitalida moliyaviy yoki 

o‘zgacha ishtirok shaklida, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilmalar 

shaklida taqdim etiladigan chet el investitsiyalari; 

•  turli shakldagi qarz mablag‘lari, chet el investorlari kreditlari, 

obligatsion zayomlar, banklar va boshqa institutsional investorlarning 

kreditlari; 



215 

•  investitsion fondlar va kompaniyalar, sug‘urta jamiyatlari 

mablag‘lari, shuningdek, veksellar va boshqa mablag‘lar. 

Manbalarning dastlabki uch guruhi loyiha tashabbuskorining 

xususiy kapitalni vujudga keltirsa, to‘rtinchi guruh qarz kapital 

hisoblanadi.  

Qo‘yilmalar obyektlari bo‘yicha quidagilar farqlanadi: 

•  mulkiy investitsiyalar (moddiy investitsiyalar), ular 

tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi, 

ya’ni uskuna va jihozlar, bino, inshootlar, moddiy zaxiralarga 

investitsiyalar; 

•  moliyaviy investitsiyalar, masalan, aksiyalar, qimmatli qog‘ozlar 

xarid qilish; 

•  nomoddiy investitsiyalar – kadrlar tayyorlash,tadqiqotlar, 

reklama va boshqalarga investitsiyalar. 

 Moliyaviy xarajatlar obligatsiyalar, aksiyalar, tashkilotlarga 

foydalanish uchun berilgan pul mablag‘lari (kreditlar, qarzlar) va 

boshqalar bo‘yicha foiz to‘lovlarini o‘zida aks ettiradi.  



Aksiyalar ushlovchisi daromadi

 dividend miqdori va aksiyalarga 

joylashtirilgan kapital narxi o‘sishi tufayli yuzaga keladi. Dividend 

miqdori aksiyalar miqdori va bir aksiya uchun dividend darajasiga 

bog‘liq bo‘lib, uning miqdori aksiyadorlik korxonasining rentabellik 

darajasi, davlatning soliq amortizatsion siyosati, kredit uchun foiz 

stavkasi darajasi va boshqalar bilan belgilanadi. 

Tahlil jarayonida dividendlar dinamikasi, aksiyalar kursi, bir 

aksiyaga to‘g‘ri keladigan sof foyda o‘rganiladi, ularning o‘sish yoki 

pasayish sur’atlari o‘rnatiladi. 



Boshqa qimmatli qog‘ozlar

 (obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, 

veksellar)dan daromadlar sotib olingan obligatsiyalar, sertifikatlar, 

veksellar, ularning qiymati va foiz stavkalari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 



 

 

8.8. Rentabellik ko‘rsatkichlari tahlili 

 

Korxonalarning natijaviyligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi 



nafaqat mutlaq, balki nisbiy ko‘rsatkichlar bilan ham baholanadi. 

Xususan, rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi keyingisiga oid sanaladi.  

Keng ma’noda rentabellik tushunchasi foydalilik, daromadlilikni 

anglatadi. Agar mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdan daromadlar 



216 

ishlab chiqarish xarajatlarini qoplasa, bundan tashqari korxonaning 

normal faoliyat yuritishi uchun yetarli miqdorda foyda shakllansa, 

korxona rentabelli hisoblanadi. 

Rentabellikning iqtisodiy mohiyatini faqatgina ko‘rsatkichlar 

tizimini tavsiflash orqali yoritish mumkin. Ularning umumiy ma’nosi – 

joylashtirilgan kapitalning bir so‘mi uchun foyda miqdorini 

aniqlashdan iborat. Rentabellik darajasi turli-tuman funksiyalarni 

bajaradi, aynan esa: 

•  korxonaga joylashtirilgan mablag‘larning o‘zini qoplashini aks 

ettiradi; 

•  ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya va 

rekonstruksiya qilishni ta’minlaydi; 

•  korxonaning kredit va qarzlari qaytarilishini ta’minlaydi, ya’ni 

uning to‘lov qobiyatiga imkon yaratadi; 

•  ishlab chiqarishning ijtimoiy tarmog‘ini rivojlantirishga imkon 

beradi, ya’ni korxona va tashkilotlarning xodimlarini bozor 

munosabatlari taraqqiyotining salbiq oqibatlaridan himoyalashni 

ta’minlaydi; 

Rentabellik ko‘rsatkichlari  tizimi, O‘zbekiston Respublikasi 

tegishli organlarining rasmiy hujjatlari asosida ularni aniqlash 

metodikasini ko‘rib chiqamiz. 

Masalan, korxonalar bankrotligi va sanatsiya masalalari bo‘yicha 

Hukumat komissiyasining 1997 yil 17 aprelda tasdiqlangan “Moliyaviy 

tahlil bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ida korxonalar rentabelligining 

quyidagi ko‘rsatkichlari  tavsiya qilinadi: mahsulot sotish rentabelligi 

koeffitsiyenti, asosiy vositalar rentabelligi koeffitsiyenti, xususiy 

kapital rentabelligi koeffitsiyenti, permanent kapital rentabelligi 

koeffitsiyenti, aylanma kapital rentabelligi koeffitsiyenti. 

1997 yil 10 dekabrda korxonalarning iqtisodiy nochorligi ishlari 

bo‘yicha Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jalik 

korxonalari moliyaviy tahlili bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” va “Qishloq 

xo‘jalik korxonalarini iqtisodiy nochor deb topishning vaqtinchalik 

tartibi”da rentabellik darajasini baholash uchun mahsulotlar 

rentabelligi koeffitsiyenti va aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti taklif 

etiladi.  

Korxonalar rentabelligi bo‘yicha tavsiya qilingan ko‘rsatkichlarni 

o‘rganish quyidagi xulosalarga olib keladi: 



217 

•  rentabellik ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirishga yondashuvlar 

turlicha, tavsiya qilingan ko‘rsatkichlarning miqdori 2 tadan 7 tagacha; 

•  korxonalar rentabellik darajasini baholash bazasi yetarlicha 

asoslanmagan ravishda tanlangan. Tavsiya qilingan rentabellik 

ko‘rsatkichlarining  aksariyati sof foyda miqdori bazasida aniqlanadi, 

bu esa umuman noto‘g‘ri; 

•  ko‘pincha rentabellik ko‘rsatkichlari  tizimiga uning darajasini 

baholashga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ko‘rsatkichlar kiritilgan; 

•  rentabellikning ayni bir ko‘rsatkichi  turlicha talqin qilinadi va 

ta’riflanadi, masalan, sotish rentabelligi, mahsulot sotish rentabelligi, 

savdo rentabelligi. 

Korxonalar hisobotida bir nechta foyda ko‘rsatkichlari aks 

ettirilganligi uchun, undan foydalanuvchilar olib borilayotgan tahlil 

maqsadlariga bog‘liq ravigda rentabellik ko‘rsatkichlarining butun 

boshli qatorini hisoblashlari ham mumkin. Rentabellikni hisoblashning 

umumiy formulasi: 

100%


.

F

R

V

ґ

=



 

Bu yerda, F – korxona foydasi; 

V – rentabellik hisoblanadigan ko‘rsatkich. 

Suratda quyidagilar keltirilishi mumkin: 

•  yalpi foyda; 

•  soliqlar to‘langunga qadar foyda; 

•  sof foyda. 

Maxrajda: 

•  korxona aktivlari; 

•  o‘z kapital; 

•  o‘zgaruvchan kapital (o‘z kapital va uzoq muddatli qarz 

mablag‘lari miqdori); 

•  joriy aktivlar; 

•  asosiy ishlab chiqarish fondlari

•  ishlab chiqarish fondlari (asosiy ishlab chiqarish va aylanma 

ishlab chiqarish fondlari miqdori); 

•  sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi; 

•  sotishdan tushumlar. 



218 

Ko‘rsatkichlar tarkibining katta miqdori va ularning birikmasidan 

amaliy hamda analitik faoliyatda rentabellikni hisoblash uchun 

foydalanish, bir tomondan, moliviy-xo‘jalik faoliyat murakkabligi 

oqibati hisoblansa, boshqa tomondan – olingan natijalarning muvofiq 

talqin qilinishini murakkablashtiradi. Amaliyotda korxonalarning 

faoliyat samaradorligini to‘liq tavsiflovchi quyidagi rentabellik 

ko‘rsatkichlari ajratib ko‘rsatiladi (8.6-jadval).  

8.6-jadvalda sanab o‘tilgan rentabellik ko‘rsatkichlaridan tashqari o‘z 

mablag‘lari, moliyaviy qo‘yilmalar, alohida mahsulotlar rentabelligi 

farqlanadi. Qayd qilish joizki, bozor munosabatlari rivojlangan 

mamlakatlarda odatda har yili savdo palatasi, sanoat assotsiatsiyalari yoki 

hukumat tomonidan rentabellik ko‘rsatkichlarining “normal” qiymatlari 

haqida axborot chop etiladi. O‘z ko‘rsatkichlarini yo‘l qo‘yish mumkin 

bo‘lgan kattaliklar bilan taqqoslash korxonaning moliyaviy holati haqida 

xulosa qilishga imkon beradi. Korxona faoliyatining natijaviyligini tashqi 

baholashda xarajatlarning 1 so‘miga qancha sotishdan foyda to‘g‘ri 

kelishini ko‘rsatuvchi xarajatlar unumi (R6) kabi foydalilikning 

an’anaviy ko‘rsatkichlari tahlili alohida qiziqish uyg‘otmaydi. Aktivlar 

rentabelligi (R1) va xususiy kapital rentabelligi (R2) tahlili yanada 

informativroq sanaladi. 

Korxonalar umumiy iqtisodiy faoliyatining sintetik 

ko‘rsatkichlaridan biri iqtisodiy rentabellik (R1) hisoblanib, uni 

aktivlar rentabelligi deb atash ham qabul qilingan. U korxona 1 so‘mlik 

mulk hisobida qancha foyda olishiga oid savolga javob beruvchi eng 

umumiy ko‘rsatkichdir. Xususan, uning darajasiga aksiyadorlik 

jamiyatlarida aksiyalar uchun dividendlar miqdori bog‘liq bo‘ladi. 

Kapitalning (moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar 

korxonaning barcha moliyaviy resurslari) qiymat birligiga foyda 

miqdorini aks ettiruvchi rentabellik tavsiflari tizimida jami kapital 

rentabelligi anchayin umumiy ko‘rsatkich sanaladi. Aktivlar 

rentabelligi ko‘rsatkichida tahlil davridagi joriy faoliyat natijasi (foyda) 

korxonada mavjud asosiy va aylanma mablag‘lar (aktivlar) bilan 

taqqoslanadi. Xuddi shu aktivlar yordamida korxona faoliyatining 

kelgusi davrlarida ham foyda oladi. Foyda, asosan, mahsulot (ish, 

xizmatlar) sotish natijasi hisoblanadi. Mahsulot sotishdan tushum – 

aktivlar qiymati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan ko‘rsatkich bo‘lib, 

tabiiy hajm va sotish narxidan vujudga keladi, ishlab chiqarish va 

sotishning tabiiy hajmi esa mulk qiymati bilan belgilanadi. 


219 

 

8.6-jadval 

Rentabellik ko‘rsatkichlari va

 ularni hisoblash tartibi 

 

T/r 

Ko‘rsatk

ich nomi 

Hisob

lash usuli 

Iz

oh 

Korxonaning jami 



aktivla

ri 


rentabelligi 

R1=Sof foyda / korxona 

aktivlarining o‘rtacha qiymati 

x 100% 


R1=s270(2-shakl) / 

s400(2-shakl) x 100 

Korxona aktivlari (mulki) 

dan foydalanish 

samarado

rlig


ini ko‘rsatadi 

Joriy aktivlar 



rentabelligi 

R2 = Soliqlar to‘langunga qadar 

foyda /joriy aktivlarning o‘rtacha 

miqdori x100 

R2=s240(2-shakl) / 

s390(2-shakl)x 100 

Joriy aktivga joylashtirilgan 

bir so‘mdan korxona qancha 

foyda olayotganligini 

ko‘rsatadi 

Investitsiyalar 



rentabelligi 

R3 = Soliqlar to‘langunga qadar 

foyda / xususiy kapitalning 

o‘rtacha miqdori + uzoq muddatli 

majburiya

tlarn


ing o‘rtacha 

qiymati x 100 

R3=s240(2-shakl) / 

s 480 + s 570 + 580 ( 

2-shakl) 

x 100% 


Uzoq muddatga korxona 

faoliya


tig

a kiritilga

kapitaldan foydalanish 



samarado

rlig


ini ko‘rsatadi 

Xususiy kapital 



rentabelligi 

R4 = Soliqlar to‘langunga qadar 

foyda / xususiy kapitalning 

o‘rtacha miqdori x 100% 

R4=s240(2-shakl) / 

s480(2-shakl)x 100 

Foydaning o‘z kapitalga 

nisbatini aks ettira

di. R4 

dinamikasi aksiyalarning 



kotirovka darajasiga ta’sir 

ko‘rsatadi  

Savdo rentabelligi  



R5 = Yalpi foyda / mahsulot 

sotishdan sof tushum x 100% 

R5=s030(2-shakl) / 

s010(2-shakl)x 100 

Sotilgan mahsulo

t birligiga 

qancha foyda to‘g‘ri 

kelishini ko‘rsatadi 

 


220 

 

6 Xarajatlar 



qaytimi 

R6 = Sof foyda / sotilgan 

mahsulot tannarxi x 100% 

R6=s030(2-shakl) / 

s020(2-shakl)x 100 

Bir so‘mlik xarajatga qancha 

foyda to‘g‘ri kelishini 

ko‘rsatadi 

Oddiy faoliyatdan 



buxgalteriya 

rentabelligi 

R7= Soliqlar to‘langunga qadar 

foyda / mahsulot sotishdan sof 

tushum x 100% 

R7=s240(2-shakl) / 

s010(2-shakl)x 100 

Soliqlar to‘langunga qadar 

foyda darajasini ko‘rsatadi 

Ishlab chiqarish 



rentabelligi  

R8 = Sof foyda / ishlab chiqarish 

fondlarining o‘rtacha qiymati 

R8= s270(2-

shakl)/s171(3-shakl) 

+s140(2-shakl) x100%

Ishlab chiqarish fondlarining 

qanchalik

 samaradorlig

ini 


ko‘rsatadi 

Asosiy kapital 



rentabelligi 

R9 = Soliqlar to‘langunga qadar 

foyda / asosiy kapitalning 

o‘rtacha qiymati x 100% 

R9=s240(2-shakl) / 

s130(2-shakl)x 100 

Asosiy kapital 

samarado


rlig

ini ko‘rsatadi 

10 

Iqtisod


iy o‘sish 

barqarorligi 

koeffitsiy

enti  


R10 = [Sof foyda]-

[aksiyadorlarga to‘langan 

dividendlar]/ asosiy kapitalning 

o‘rtacha qiymati x 100% 

R10=s240(2-shakl) - 

dividendlar / s480(2-

shakl)x 100 

Moliyav


iy-xo‘jalik

 faoliyati 

hisobiga xususiy kapital 

qanday sur’at bilan 

ortayotga

nligin


i ko‘rsatad



221 

Korxona aktivlari rentabelligining umumiy

 formulasi: 

100

.

SF



Ra

A

×

=



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling