Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
Nazorat savollari 1. Debitorlik va kreditorlik qarzi axborot manbalarini sanab bering. 2. Debitorlik va kreditorlik qarzi tahlilining ahamiyati qanday? 3. Debitorlik va kreditorlik qarzi tarkibi, tuzilishi, dinamikasi bo‘yicha tahlil qay tarzda amalga oshiriladi? 4. Debitorlik qarzi holati tahlili qanday o‘tkaziladi? 5. Kreditorlik qarzi aylanuvchanligi tahlil metodikasini tavsiflang.
243 6. Debitorlik qarzi ortishi sabablarini ayting. 7. Quyidagi ma’lumotlar asosida debitorlik qarzi tarkibi va harakatlanishini tahlil qiling.
1. Debitorlik qarzi - jami 61352 100 63174 100
1.1. Qisqa muddatli 61151 62731
1.1.1 jumladan muddati o‘tgan 18602 20405
1.1.1.1. ulardan muddati 3 oydan ortiq
15775 19110
1.2. Uzoq
muddatli 201 443 1.2.1. jumladan muddati o‘tgan - - - - - - 1.2.1.1. ulardan muddati 3 oydan ortiq
- - - - - -
8. Oldingi jadval ma’lumotlaridan foydalangan holda debitorlik qarzi aylanuvchanligi ko‘rsatkichini aniqlang. Sof tushum, ming so‘m: O‘tgan yil uchun – 99017, hisobot yilida – 106969; Joriy aktivlar: o‘tgan yil uchun – 193539, hisobot yilida – 194381.
1. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi, aylanmalarda
1.1. jumladan qisqa muddatli
2. Debitorlik qarzini qaytarish davri, kunlar
2.1. jumladan qisqa muddatli
3. Joriy aktivlarning umumiy hajmida debitorlik qarzi ulushi, %
244 9. Kreditorlik qarzi tarkibi va harakatlanishini tahlil qiling.
1.Kreditorlik qarzi- jami 112948
100 113562 100
1.1. Qisqa muddatli 105126 106487
1.1.1. jumladan muddati o‘tgan 18573 31615 1.1.1.1. ulardan muddati 3 oydan ortiq 12303 18312 1.2. Uzoq muddatli 7822 7075
1.2.1. jumladan muddati o‘tgan - - - - - - 1.2.1.1. ulardan muddati 3 oydan ortiq
- - - - - -
10. Oldingi jadval ma’lumotlari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzining qiyosiy tahlilini amalga oshiring.
O‘sish sur’ati, %
Aylanuvchanlik, kunlarda
245 X bob. ASOSIY VOSITALAR HOLATI VA ULARDAN FOYDALANISH TAHLILI 10.1. Asosiy vositalar tahlilining vazifalari, asosiy yo‘nalishlari va axborot ta’minoti
Asosiy vositalar – ixtiyoriy ishlab chiqarishning eng muhim omil- laridan biridir. Ularning holati va samarali foydalanish bevosita kor- xonalar xo‘jalik faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir qiladi. Korxonaning asosiy vositalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshi- lash, jumladan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, uning tannarxi va tayyorlashda sarflanadigan mehnat sig‘imini pasaytirishga imkon beradi. Asosiy vositalar – moddiy ishlab chiqarish sohasi kabi ijaraga berish uchun ham foydalaniladigan noishlab chiqarish sohasida uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) harakatlanuvchi moddiy aktivlardir. Investitsion va tuzilmaviy siyosatning amalga oshirilishi sharofati bilan bizning respublikamizda mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlovchi elektr energetikasi, yoqilg‘i sanoati, qora va rangli metallurgiya, kimyoviy va neftkimyo sanoati kabi sanoat tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash bo‘yicha olib borilgan qat’iy chora-tadbirlar mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulot tarkibiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha ishlar hali hamon davom etmoqda. Asosiy vositalar tahlili bir necha yo‘nalishda olib borilishi mumkin, ularni majmuaviy ishlab chiqish esa asosiy vositalar va uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibi, dinamikasi va foydalanish samaradorligini baholashga imkon beradi. Tahlil va hal qilinadigan analitik vazifalar yo‘nalishini tanlash boshqaruv ehtiyojlari bilan belgilanadi. 246 Asosiy vositalarning tuzilmaviy dinamikasi tahlili va investitsiya- viy tahlil moliyaviy tahlil mazmunini tashkil qiladi. Asosiy vosita- lardan foydalanish samaradorligi va ularni ishlatish bo‘yicha xarajatlarni baholash boshqaruv tahliliga taalluqli sanaladi, biroq tahlilning bu ikki turi o‘rtasida aniq chegara mavjud emas. Uskunalarni saqlash va ishlatish bo‘yicha xarajatlar tahlili mahsulot tannarxi tahlilining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Asosiy vositalarning tuzilmaviy dinamikasi Asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar hajmi va tarkibini baholash. Asosiy vositalar qiymati o‘zgarishining korxona moliyaviy ahvoli va balans tarkibiga ta’siri miqdori va xarakterini aniqlash Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi tahlili Asosiy vositalar harakati tahlili Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari tahlili Uskunalar ish vaqtidan foydalanish tahlili Uskunalardan foydalanishni integral baholash Uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish byo‘icha xarajatlar samaradorligi tahlili Kapital ta’mir xarajatlari tahlili Joriy ta’mir xarajatlari tahlili. Uskunalarni ishlatish bo‘yicha xarajatlar, foyda va ishlab chiqarish hajmining o‘zaro aloqasi tahlili
Asosiy vositalarga investitsiyalar samaradorligi tahlili Kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash. Investitsiyalash uchun qarzlar jalb qilish samaradorligini baholash
Asosiy vositalar tahlili metodikasi ulardan foydalanishning eng yaxshi variantini tanlashga yo‘naltirilgan. Shuning uchun tahlilning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilar tilga olinadi: • asosiy vositalardan foydalanish bo‘yicha qarorlar variantliligi;
247 • istiqbolga yo‘naltirilganligi. Tahlil sifati axborotlar ishonchliligi, ya’ni buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish sifati, asosiy vositalar obyektlari bilan operatsiyalar tizimi va ro‘yxatga olish nuqsonsizligi, obyektlarni hisob-malaka guruhlariga kiritish aniqligi, inventarizatsion ro‘yxatga olishlar ishonchliligi analitik hisob registrlarini ishlab chiqish va yuritish mukammalligiga bog‘liq bo‘ladi. Tahlilning axborot manbalari: • 1-shakl – “Buxgalteriya balansi”; • 2-moliya shakli-“Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida” statistik hisobot shakli; • “Ishlab chiqarish quvvatlari balansi”, asosiy vositalar hisobining inventar kartochkalari.
10.2. Asosiy vositalar tarkibi, tuzilishi va dinamikasi tahlili
Asosiy vositalar korxonalar ishlab chiqarish jarayonida ulkan ahamiyat kasb etadi, chunki ular jamuljamlikda korxona tayanuvchi va korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini baholash mezoni sanaluvchi ishlab chiqarish-texnik bazani hosil qiladi. Asosiy vositalarning to‘g‘ri buxgalteriya hisobining zaruriy sharti – bu ularni baholashning yagona tamoyilidir. Asosiy vositalarni baholashning quyidagi bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi: • boshlang‘ich; • tiklanish; • joriy; • qoldiq; • tugatish.
– to‘lan- gan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlar qiymati. 248 Tiklanish qiymati belgilangan narx indeksi, tiklanish qiymati aniqlab bo‘lingan o‘xshash turdagi mahsulotlar narxi, narx o‘zga- rishlarining yiriklashtirilgan koeffitsiyentlari yordamida aniqlanadi. Asosiy vositalar qiymatini ishlab chiqarishning o‘zgargan iqtisodiy va texnik shart-sharoitlariga mutanosiblikka keltirish uchun davriy ravishda asosiy vositalarni qayta baholash amalga oshiriladi. Tiklanish qiymati asosiy vositalarning real miqdorini qoplash uchun zarur asosiy vositalar miqdorini aniqlashga imkon beradi.
(5-sonli BXMS 3-bandi, e-abzats) – ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa. Qoldiq qiymat (5-sonli BXMS 3-bandi, j-abzats) – jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati. Tugatish qiymati (5-sonli BXMS 3-bandi, z-abzats) – asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar uchun asosiy vositalarni baholash tamoyillari deyarli bir xil, biroq mulkni qayta baholash, rekonstruksiya, mavjud bino yoki inshootlarni qayta jihozlash yoki qurib bitkazish jarayonida boshlang‘ich qiymat o‘zgarishi mumkin. O‘z mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy vositalar ikki guruhga ajratiladi: • ishlab chiqarish; • noishlab chiqarish. Asosiy vositalar tarkibi va harakati tahlilida hisobot ma’lumotlari dinamikada ko‘rib chiqiladi. Bunda shuni ham nazarda tutish lozimki, asosiy vositalarning ishora qilingan ishlab chiqarish xarakteridagi ikkala guruhi bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘langan, shuning uchun ular eng katta solishtirma og‘irlikka ega bo‘ladi. 10.2-jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish yo‘nalishidagi asosiy vositalarning ulushi yil boshidagi 75% dan yil 249 oxirigacha 78% gacha o‘sib, noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar ulushi mos ravishda pasaygan. Asosiy vositalar tarkibida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniqlash uchun ularning tarkibini tahlil qilish zarur.
Asosiy vositalar - jami 4594,7 100 5759,9 100 +1165,2 +25,3 jumladan, ishlab chiqarish 3446 75 4493 78 +1047 +30,3
Noishlab chiqarish 1148,7 25 1266,9 22 +118,2 +10,3
tarmoqning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi va korxonalarning ishlab chiqarish-texnik xususiyatlarini aks ettiradi. Fondlar tarkibini tahlil qilishda aktiv va passiv qismlar nisbatini aniqlash zarur. Fondlarning aktiv qismi mehnat predmetiga bevosita ta’sir qiladi. Passiv qismni ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltiruvchi fondlar tashkil qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda fondlarning aktiv qismi tarkibi bo‘yicha yagona qarash shakllanmagan. Ayrimlar bino va inshootlarni hisobdan chiqargan holda barcha fondlarni aktiv qism deb hisoblasa, boshqalar – faqatgina mashina va uskunalarni aktiv qism deya e’tirof etadilar. Sanoatning aksariyat tarmoqlarida fondlarning aktiv qismiga mashina va uskunalar (ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi mashina va uskunalar, o‘lchash va me’yorlash pribor hamda moslamalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, boshqa mashina va uskunalar), shuningdek, transport vositalari kiritiladi. Fondlarning passiv qismini bino va inshootlar tashkil qiladi. Biroq ayrim sanoat tarmoqlarida – elektr energetikasi, neft-kon sanoati, gaz va boshqalarda 250 inshootlar fondlarning aktiv qismi tarkibiga kiritiladi. Keyingi hisob- kitoblarda biz mashina va uskunalar qiymatidan kelib chiqamiz, chunki ular mahsulot ishlab chiqarish o‘sishiga, mehnat unumdorligi oshishiga bevosita ta’sir qiladi va fond qaytimi dinamikasini belgilab beradi.
Bino 491,6 10,7 604,7
10,5 113,1
123 Inshootlar 482,4 10,5 512,6
8,9 30.2
106,2 Uzatish qurilmalari 340 7,4
408,9 7,1
68,9 120,2 Mashina va uskunalar 2665 58
3456,1 60
791,1 129,6 Mebel va ofis jihozlari 92 2
2 23,2 125,2 Kompyuter va hisoblash texnikasi 147 3,2 161,3 2,8 14,3 109,7
Transport vositalari 248,1
5,4 334,1
5,8 86
134,6 Boshqa asosiy vositalar 128,6 2,8
167 2,9
38,4 129,8 Jami
4594,7 100 5759,9 100 1165,2 125,3
Ko‘rib chiqilayotgan davr uchun asosiy vositalarning umumiy qiymati 25,3% ga o‘sgan. Ularning tarkibida o‘zgarish sodir bo‘lgan: mashina va uskunalar ulushi yil boshidagi 58% dan yil oxirida 60% gacha o‘sib, passiv qism ulushi qisqargan. Bunda mashina va uskunalar o‘sishi boshqa asosiy vositalarning o‘sish sur’atini ortda qoldirgan.
Asosiy vositalar harakati tahlili quyidagi ko‘rsatkichlar asosida amalga oshiriladi – asosiy vositalar kirimi (joriy qilinishi), yangilash, hisobdan chiqarish, tugatish, kengaytirish koeffitsiyentlari. Asosiy 251 vositalarning texnik holatini tavsiflash uchun yaroqlilik, eskirish va almashtirish koeffitsiyentlari hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun boshlang‘ich axborot manbayi moliyaviy hisobot (2-moliya shakli - “Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar to‘g‘risida” statistik hisobot shakli) hisoblanadi. Yangilash va tugatish koeffitsiyentlarini hisoblash uchun yangi uskuna keltirilishi va eskirgan uskunalar tugatilishi haqida birlamchi analitik hisob ma’lumotlari talab qilinadi. Ko‘rsatkichlarni hisoblash metodikasini quyida keltirilgan jadval ma’lumotlari misolida ko‘rib chiqamiz.
Boshlang‘ich baholashda asosiy vositalar qiymati 4594,7 1608,1 442,9 5759,9 jumladan yangilari 590
Asosiy vositalar eskirishi 1581
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati 3013,7
3263,4 Asosiy vositalar harakati tahlili uchun quyidagi formulalar bo‘yicha yuqorida tilga olingan ko‘rsatkichlarni hisoblaymiz: • Tushum (joriy qilish) koeffitsiyenti Kj: Qayta kirim qilingan asosiy vositalar ; Davr oxirida asosiy vositalar qiymati Kj =
1608,1 100 27,9%. 5759,9
= × =
• Yangilash koeffitsiyenti Kya: Yangi asosiy vositalar qiymati ; Davr oxirida asosiy vositalar qiymati Kya =
252 590
100 10,2%. 5759,9
Kya = × =
Yangilash koeffitsiyenti fondlarning barcha qiymati kabi ularning aktiv qismi bo‘yicha ham, shuningdek, uskunalar guruhlari bo‘yicha hisoblanadi va odatda qator yillar uchun dinamikada ko‘rib chiqiladi. Bizning misolimizda yillik yangilanish koeffitsiyenti 10,2% ga teng. Uskunalarning yosh tarkibi asosiy vositalarning texnik darajasini ham tavsiflaydi. Bu uning ishga yaroqliligi va almashtirish zarurati haqida mulohaza qilishga, shuningdek, fond qaytimini oshirishning potensial imkoniyatlarini bilishga imkon beradi. Tahlil uchun amaldagi uskunalar turlari bo‘yicha, ularning ichida esa foydalanish davomiyligi bo‘yicha guruhlanadi va amaldagi muddatlar normativ, mazkur sanoat uchun umumiy o‘rnatilgan xizmat muddatlari bilan taqqoslanadi. Bundan tashqari, foydalanilishi fond qaytimining yetarli darajasini ta’minlay olmaydigan eskirgan uskunalarning ulushi aniqlanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari kirimi asosan ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: • yangi qurilish va texnik qayta qurollantirish; • amaldagi korxonalar rekonstruksiyasi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri – bu birinchi navbatda mamlakatning makroiq- tisodiy barqarorligini, umuman iqtisodiy o‘sishning lokomotivlariga aylanishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish, tarmoq va sohalarni jadal rivojlantirishga, demografik xususiyatlar, ish bilan bandlik, aholi daromadlarini oshirish va boshqalar bilan bog‘liq O‘zbekiston uchun o‘ziga xos bo‘lgan o‘ta muhim muammolarni hal qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni tizimli va bosqichli ravishda tuzilmaviy yangilash hisoblanadi. Bundan tashqari, investitsiya mablag‘larining aksariyat qismi kor- xonalar uskunalarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollan- tirishga yo‘naltirilayotganligi kam xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga zamin yaratadi. • Asosiy vositalarni muomaladan chiqarish koeffitsiyenti K ch : ch Muomaladan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati K =
; Davr boshida asosiy vositalar qiymati
253 442,9
100 9,6%. 4594,7
ch K = × =
• Tugatish koeffitsiyenti K t : Tugatilgan asosiy vositalar qiymati . Davr boshida asosiy vositalar qiymati t K =
Hisobot yilida kirim qilingan asosiy vositalar ulushi 27,9% ni tash- kil qildi, ulardan yangilari 10,2% . Asosiy vositalarni yangilash maq- sadi – uskunalarni saqlash va ishlatish bo‘yicha xarajatlarni kamay- tirish, uskunalar turib qolishlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish. • Almashtirish koeffitsiyenti K a : Eskirishi natijasida chiqarib tashlangan asosiy vositalar qiymati ; Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati a K =
442,9 100 27,5%. 1608,1
= × =
• Mashina va uskunalar parkini kengaytirish koeffitsiyenti K keng : 1 . keng a K K = −
Ishlab chiqarish jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalar jis- moniy va ma’naviy eskiradi. Jismoniy eskirish darajasi amortizatsiya hisoblash jarayonida aniqlanadi. Bu jarayon quyidagilar uchun usul sifatida bir necha jihatdan ko‘rib chiqilishi mumkin: • asosiy vositalar eskirmagan qismining joriy bahosini aniqlash; • asosiy vositalarga bir martalik xarajatlarni tayyor mahsulotga kiritish; • ishlab chiqarish jarayonidan chiqarilayotgan asosiy vositalarni o‘rin almashtirish uchun yoki yangi ishlab chiqarishga qo‘yilmalar uchun moliyaviy resurslar jamg‘arish. Asosiy vositalar holatini aniqlash uchun mos ravishda asosiy vosi- talarning eskirgan ulushi yoki ishlatish uchun yaroqli qismi ulushini tavsiflovchi eskirish va yaroqlilik koeffitsiyentlari hisoblanadi: • Asosiy vositalar eskirish koeffitsiyenti K
:
254 Asosiy vositalar eskirish qiymati . Asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati e K =
• Asosiy vositalar yaroqlilik koeffitsiyenti K ya : Asosiy vositalar qoldiq qiymati . Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ya K =
Ushbu ko‘rsatkichlar foizlarda yoki ulush birliklarida o‘lchanadi va hisobot davrining boshi uchun ham, oxiri uchun ham hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, eskirish koeffitsiyentining ortishi korxonalar asosiy vositalari holati yomonlashganligini bildiradi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, eskirish koeffitsiyenti asosiy vositalarning haqiqatda eskirishini aks ettirmaydi, yaroqlilik koeffitsiyenti esa ularning joriy qiymati, masalan, uskunalar vaqtincha ishlatilmayot- ganda aniq bahosini bera olmaydi. Bu holatda asosiy vositalar jismoniy eskirmaydi, lekin ularning eskirishining umumiy miqdori ortadi. Asosiy vositalarning joriy qiymat bahosi qator omillar, xususan, konyuktura va talab holatiga bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun yaroqlilik koeffitsiyenti yordamida olingan bahodan farqlanishi mumkin. Asosiy vositalarning eskirish miqdoriga tashkilotda qabul qilingan amortizatsiya hisoblash tizimi eng katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda mavjud hisob va hisobot tizimida eskirish va yaroqlilik koeffitsiyentlari asosiy vositalar holatining faqatgina shartli bahosini beradi, bu esa ushbu ko‘rsatkichlardan tahlil jarayonida qo‘llash imkoniyatini jiddiy ravishda cheklab qo‘yadi. Endi esa asosiy vositalarning eskirish va yaroqlilik koeffitsiyentlarini aniqlaymiz: Ke = 1581 / 4594,7 x 100% = 34,5% - yil boshi uchun; Ke = 2496,5 / 5759,9 x 100 % = 43,4% – yil oxiri uchun; Kya = 3013,7 / 4594,7 x 100% = 65,5 % - yil boshi uchun; Kya = 3263,4 \5759,9 x 100% = 56,6 % - yil oxiri uchun. Yaroqlilik koeffitsiyenti bir (yoki 100%) va eskirish koeffitsiyenti o‘rtasidagi farq sifatida hisoblab topilishi mumkin Kya = 1– Ke.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling