Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.5. Fond qaytimining omilli tahlili
- Uskunalar tuzilmasi o‘zgarishi Uskunalar ishlash vaqtining o‘zgarishi
- Smena ichidagi turib qolishlar Yangi uskunalarni o‘zlashtirish Ijtimoiy omillar Texnologiyalarni va ishlab
- Fond qaytimi tahlili
- (+;-) Hisobot yilida o‘tgan yilga nis b atan % da
- O‘zaro ta’sirlashuvchi xususiy ko‘rsatkichlar Ketma-ket hisoblar fondlar tarkibida mashi n
- 10.6. Uskunalardan foydalanish tahlili
- Ishlatilayotgan uskunalar
10.4. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari
Asosiy vositalarni yangilash tezligi korxonalarning ishlab chiqa- rish, investitsion va innovatsion faolligiga bog‘liq bo‘ladi. Asosiy vositalarni muomaladan chiqarishning optimal muddatlari ilg‘or texnikalardan foydalanish asosida kengaytirilgan ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga imkon beradi. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini umumiy tavsiflashda fond qaytimi, fond sig‘imi, fondlar rentabelligi, mahsulotlar o‘sishining bir so‘miga to‘g‘ri keladigan solishtirma kapital qo‘yilmalar kabi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi natijasida yuzaga keluvchi
ham hisoblanadi. Tahlil jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar dinamikasi, ularning darajasi bo‘yicha reja bajarilishi o‘rganiladi, korxonalarning qiyosiy tahlili amalga oshiriladi. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini yanada chuqurroq tahlil qilish maqsadida fond qaytimi ko‘rsatkichi barcha asosiy vositalar, ishlab chiqarish yo‘nalishidagi fondlar, ularning aktiv qismi (mashina va uskunalar) bo‘yicha aniqlanadi.
– asosiy ishlab chiqarish fondlarining 1 so‘m (1000 so‘m)iga to‘g‘ri keladigan bir yilda (yoki boshqa davr) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidir. Uni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: .
f Q F A =
Bu yerda, F q – fond qaytimi; Q – ulgurji narxlardagi mahsulotlar (ish, xizmat) hajmi; A f – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati. Fond qaytimini hisoblashda shuni nazarda tutish talab qilinadiki, asosiy vositalar qiymatida xususiy va ijaraga olingan mablag‘lar hisobga olinadi, konservatsiyadagi, shuningdek, boshqa korxonalarga ijaraga berilgan asosiy vositalar hisobga olinmaydi. Fond qaytimi dinamikasini baholashda boshlang‘ich ma’lumotlar taqqoslama ko‘rinishga keltiriladi. Mahsulot hajmini ulgurji narxlar va
256 strukturaviy o‘zgarishlar o‘zgarishiga, asosiy mablag‘lar qiymatini esa qayta baholash koeffitsiyentiga tuzatish talab qilinadi. Ayrim iqtisodchilar fond qaytimini sotilgan mahsulotlar, foyda, shuningdek, natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda aniqlashni taklif qiladilar. Natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda aniqlangan fond qaytimi ko‘rsatkichi asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini to‘g‘riroq aks ettiradi. Biroq bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichning qo‘llanilish doirasi chegaralangan. Sanoatning aksariyat tarmoqlarida fond qaytimi qiymat ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Fond qaytimini hisoblash uchun sotilgan mahsulotlar ko‘rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq emas, chunki qator yillar uchun dinamikada bu ko‘rsatkich hajmni turlicha bahoda aks ettiradi. Fond qaytimini korxona foydasi bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Asosiy faoliyat bo‘yicha foyda . Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati r F =
Mablag‘lardan samarali foydalanishning boshqa ko‘rsatkichi fond sig‘imi hisoblanib, u asosiy vositalar o‘rtacha qiymatini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati bilan aniqlanadi (fond qaytimiga teskari ko‘rsatkich) : .
=
Fond sig‘imini dinamikada hisoblash va baholash o‘ziga xos alohida o‘rin tutadi. Fond sig‘imining o‘zgarishi mahsulot hajmining bir so‘miga asosiy vositalar qiymati o‘sishi yoki kamayishini ko‘rsatadi va asosiy vositalarda mablag‘larni nisbatan tejab qolish yoki ortiqcha sarflash miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi. Asosiy vositalarni nisbatan tejab qolish (ortiqcha sarflash) miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Tn ( Af) = ( Fs 1 –Fs
0 ) x Q
1 . Bu yerda, Fs 1 ,Fs 0 – haqiqatdagi va bazis davrdagi fond sig‘imi; 257 Q – haqiqatdagi mahsulot hajmi. Asosiy vositalar qiymatining o‘sish sur’ati bilan mahsulot ishlab chiqarish o‘sish sur’atining nisbati fond sig‘imining chegaraviy ko‘rsatkichini, ya’ni mahsuotlarning 1% o‘sishiga asosiy vositalar o‘sishini aniqlashga imkon beradi. Agar fond sig‘imining chegaraviy ko‘rsatkichi birdan kam bo‘lsa, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi ortadi va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti o‘sgan hisoblanadi. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi keyingi ko‘rsatkich fond bilan qurollanganlik ko‘rsatkichi hisoblanib, fond qiymatining xodimlar soniga nisbati sifatida hisoblanadi. Fond bilan qurollanganlik ko‘rsatkichi xodimlarning umumiy soni bo‘yicha ham, asosiy ishlab chiqarish xodimlarining soni hisobida ham aniqlanishi mumkin. Ushbu ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini taqqoslash xodimlar soni tarkibidagi o‘zgarishlarni ularning o‘zgarmas miqdorida asosiy vositalar bilan ta’minlanganligiga ta’siri haqida mulohaza qilishga imkon beradi. Fond qaytimi, fond bilan qurollanganlik va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani kuzatish uchun fond qaytimi formulasini hosil qilish lozim (surat va maxraj xodimlar soniga bo‘linadi): .
= = Bu yerda, Q – mahsulot (ish, xizmat) hajmi; Av – asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymati; Xs – xodimlar soni; M u – mehnat unumdorligi; F qur – fond bilan qurollanganlik. Shunday qilib, fond qaytimini mehnat unumdorligining fond bilan qurollanganlikka bo‘linmasi sifatida tasavvur qilish mumkin. O‘z navbatida, fond qaytimi mehnat unumdorligiga to‘g‘ri proportsional, fond bilan qurollanganlikka esa teskari proporsional bo‘ladi. Fond qaytimini oshirish uchun mehnat unumdorligining o‘sish sur’ati uning 258 fond bilan qurollanganlik bo‘yicha o‘sish sur’atini ortda qoldirishi zarur.
10.5. Fond qaytimining omilli tahlili
Tahlilda fond qaytimining haqiqatdagi ko‘rsatkichi oldingi davrlar ma’lumotlari, loyihaviy ko‘rsatkichlar, boshqa korxonalarning fond qaytimi bilan taqqoslanadi. Fond qaytimi darajasini taqqoslash tahlilning boshlanishi, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va o‘lchash uchun boshlang‘ich baza hisoblanadi. Quyidagilar fond qaytimi ortishiga xizmat qiladi: • ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, joriy uskunalarni modernizatsiyalash; • uskunalarni ishlatish vaqtini ko‘paytirish; • uskunalar ishlash intensivligini oshirish, jumladan xomashyo va materiallar sifatining texnologik jarayon talablariga muvofiqligini ta’minlash va ishlab chiqarish xodimlari malakasini oshirish yo‘li bilan;
• asosiy vositalarning faol qismi ulushini oshirish. 10.1-chizmadan ko‘rinib turibdiki, asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond qaytimi ko‘p jihatdan uskunalarning ishlash tarkibi va vaqtidagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Tuzilmaning fond qaytimiga ta’siri shu bilan bog‘liqki, asosiy ishlab chiqarish fondlarining turli toifalari ishlab chiqarish jarayonida birdek faol ishtirok etmaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond qaytimini hisoblashda ishchi mashinalar va uskunalar ajratib ko‘rsatiladi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari, jumladan mashina va uskunalar qiymatining bir so‘miga fond unumi o‘sish sur’atlarini taqqoslash asosiy vositalar tarkibi o‘zgarishining ulardan foydalanish samaradorligiga ta’sirini ko‘rsatadi. 10.5-jadvalda ko‘rib chiqilayotgan davr uchun asosiy ishlab chiqarish fondlari, jumladan mashina va uskunalardan oldingi davrga nisbatan yomon foydalanilgan. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond qaytimi o‘tgan yilgi 1594,8 so‘mdan hisobot yilida 1457,6 so‘mgacha, mos ravishda mashina va uskunalar 2062,1 so‘mdan 1894,8 so‘mgacha kamaygan.
259
10.1-chizma. Fond qaytimi darajasini belgilab beruvchi omillar Asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond qaytimi Asosiy fondlar faol qismining fond qaytimi Asosiy fondlar faol qismi ulushining o‘zgarishi Uskunalar tuzilmasi o‘zgarishi Uskunalar ishlash vaqtining o‘zgarishi Uskunalar ishlab chiqarishi o‘zgarishi Kun bo‘yi to‘xtab qolishlar Smenalik koeffitsiyenti Smena ichidagi turib qolishlar Yangi uskunalarni o‘zlashtirish Ijtimoiy omillar Texnologiyalarni va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha ITI chora-tadbirlarini joriy qilish 260 10.5- jadval Fond qaytimi tahlili
Ko ‘r sa tkic hla r O‘t gan yil Hisob ot yili Og‘i sh (+;-) Hisobot yilida o‘tgan yilga nis b atan % da A
1 2 3 4 1 Taqqosl ama ul gurji narxl arda m ahsulot ( ish, xi zm at) haj m i
5495,7 6548,9 +1053,2
119,1 2 Asosiy ishlab chiqaris h fondlari o‘rtacha yillik qiymati 3446 4493 +1047
130,4 3 Jumladan, mashina va uskunala r 2665 3456,1
+791,1 129,7
4 Asosiy ishlab chiqaris h fondlari qiymatida mashina va uskunalar ulushi, % (satr3:satr2x100) 77,33 76,92 -0,41 99,5
5 Ishl
ab chiqari sh fondl
ari qi ym atini ng ming so‘miga mahsulot hajmi (st r1:str2)x100 so‘m 1594,8 1457,6 -137,2 91,4
6 Mashina va uskunalar qiymatining ming so‘miga mahsulot hajm i (satr1:satr3)x100 so‘m 2062,1 1894,8 -167,3 91,9
261 Tahlilda asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond qaytimiga ta’sir qiluvchi omillar hisoblab chiqiladi. Bunda fond qaytimi ko‘rsatkichini ikki ko‘paytuvchining ko‘paytmasi ko‘rinishida ifodalash talab qilinadi: Asosiy ishlab chiqarish fondlari fond qaytimi Asosiy ishlab chiqarish fondlarining umumiy qiymatida mashina va uskunalarning ulushi* *Mashina va uskunalarning fond qaytimi. = = Asosiy vositalar tarkibida mashina va uskunalarning ulushini miqdoriy ko‘rsatkich sifatida qabul qilgan holda zanjirli o‘rin almashtirish usuli bilan har bir omilning ta’siri hisoblanadi (10.6- jadval). Fond qaytimining 137,2 so‘mga (1457,6 – 1594,8) pasayishi ikki omil, uskunalarning ulushi hamda mashina va uskunalar fond qaytimi kamayishi ta’sirida sodir bo‘lgan. Hisoblashni tekshirish: 1457,6 – 1594,8 = - 8,6 – 128,6 - 137,2 = - 137,2. 10.6-jadval O‘zaro ta’sirlashuvchi xususiy ko‘rsatkichlar Ketma-ket hisoblar fondlar tarkibida mashi n a va uskunal ar ulushi, % mashi n a va uskunal ar fond qaytimi Asosiy ishl ab chi q ari sh fondlarini ng f ond qaytimi Oldingi hisobl ashishl ar- dan og‘ish Og‘ish sabablari 1- hisob o‘tgan yili O‘tgan 77,33
O‘tgan 2062,1
O‘tgan 1594,8
Birinchi ko‘rsatkichni o‘rin almashtirish Hisobot
76,92 O‘tgan
2062,1 Shartli
1586,2 -8,6
Mashina va uskunalar ulushi pasayishi Ikkinchi ko‘rsatkichni o‘rin almashtirish Hisobot
76,92 Hisobot
1894,8 Hisobot
1457,6 -128,6
Mashina va uskunalar fond qaytimi
pasayishi 262 10.6. Uskunalardan foydalanish tahlili Uskunalardan foydalanishni yaxshilash fond qaytimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Uskunalardan foydalanish tahlilida, avvalo, korxonaning uskunalar bilan ta’minlanganligi va ulardan foydalanish to‘liqligini tekshirish zarur. Jami uskunalar mavjud, o‘rnatilgan va ishlatilayotgan kabi turlarga ajratiladi.
uskunalarga qayerda bo‘lishi (sexlarda, omborda) va qanday ahvolda bo‘lishidan qat’iy nazar korxonada mavjud barcha uskunalar kiritiladi. O‘rnatilgan uskunalar – bu sexlardagi yig‘ilgan va ishlatishga tayyorlangan uskunalardir. Shuni ham nazarda tutish lozimki, o‘rnatilgan uskunalarning bir qismi zaxirada, konservatsiyada, rejadagi ta’mirda va modernizatsiyada bo‘lishi mumkin.
bu ishlatish vaqtidan qat’iy nazar hisobot davrida haqiqatda ishlatilayotgan barcha uskunalardir. Uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirish ikki yo‘l bilan ta’minlanadi: • ekstensiv (vaqt bo‘yicha); • intensiv ( quvvati bo‘yicha). Uskunalarning ekstensiv yuklama darajasini tavsiflash uchun uni ishlatish vaqtining balansi o‘rganiladi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi: • kalendar vaqt fondi – uskunalarni ishlatishning maksimal mumkin bo‘lgan vaqti (hisobot davridagi kalendar kunlar soni 24 soatga va o‘rnatilgan uskunalar birligi miqdoriga ko‘paytiriladi); • rejim vaqt fondi – (o‘rnatilgan uskunalar birligi miqdori hisobot davridagi kalendar kunlar soniga va smenalilik koeffitsiyenti hisobga olingan holda kunlik ish soati miqdoriga ko‘paytiriladi); • rejaviy fond – reja bo‘yicha uskunani ishlatish uskunaning rejaviy ta’mirda va modernizatsiyada bo‘lishga oid rejimli vaqtidan farq qiladi; • ishlangan vaqtning haqiqatdagi fondi. Haqiqatdagi va rejadagi kalendar vaqt fondini taqqoslash uskunani ishga tushirish bo‘yicha rejaning muddat va miqdor bo‘yicha bajarilish darajasini; kalendar va rejim vaqt fondini taqqoslash – smenalilik koeffitsiyentini oshirish hisobiga uskunalardan yaxshiroq foydalanish
263 imkoniyatini, rejim va rejaviy vaqt fondini taqqoslash – ta’mirlashga vaqt sarfini qisqartirish hisobiga yuzaga keladigan vaqt zaxiralarini aniqlashga imkon beradi. Uskunalarni ishlatish vaqtidan foydalanishni tavsiflash uchun quyidagi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi: • kalendar vaqt fondi – K k.f. = Tf : Tk; • rejim vaqt fondi – K r.f. = Tf : Tr; • rejaviy vaqt fondi – K p.f. = Tf : Tp; • kalendar fondda turib qolishlarning ulushi : Ud.pr = PR : Tk. Bu yerda, Tf, Tp, Tr, Tk – mos ravishda uskunalar ish vaqtining haqiqatdagi va rejaviy, rejim va kalendar fondlari; PR – uskunalarning turib qolishlari. Bir martalik tekshiruv ko‘rsatadiki, tahlil qilinayotgan korxonaning birinchi sexida vaqt bo‘yicha uskunalardan foydalanish quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi:
Mahsulot hajmi, ming so‘m 10823 10853
+30 Uskunalarni ish vaqti fondi, dastgoh-soatlar 421321 419699 -1622 mahsulot ishlab chiqarish, so‘m
25,69 25,86 +0,17
Ushbu ko‘rsatkichlar asosida quyidagilarni aniqlaymiz: • uskunalardan ekstensiv foydalanish koeffitsiyenti 419699 : 421321 = 0,9962 • uskunalardan intensiv foydalanish koeffitsiyenti 25,86 : 25,69 = 1,007 • uskunalardan integral foydalanish koeffitsiyenti 0,9962 x 1,007 = 1,003. 264 Hisoblashlar ko‘rsatadiki, sexda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishning sezilarli zaxiralari mavjud – rejaviy vaqt fondi 99,62 % ga foydalanilgan. To‘g‘ri, ish vaqtidan yo‘qotishlar 1 dastgoh-soatga mahsulot ishlab chiqarish ortishi bilan qisman qoplangan va bu ko‘rsatkich rejadan 0,66% yuqori bo‘lgan. Buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish rejasi 100,27% ga bajarilgan.
Nazorat savollari 1. Asosiy vositalar tahlili qanday yo‘nalishlarda amalga oshiriladi? 2. Asosiy vositalar harakatini tavsiflovchi koeffitsiyentlarni sanab bering.
3. Asosiy vositalarning texnik holatini qanday ko‘rsatkichlar tavsiflaydi? 4. Asosiy vositalar dinamikasini baholashda qanday ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi? 5. Asosiy vositalar foydalanish samaradorligi tahlili metodikasini bayon qiling? 6. Asosiy vositalar fond qaytimi ko‘rsatkichini hisoblash va tahlil qilishning iqtisodiy ma’nosi nimadan iborat? 7. Asosiy vositalar fond sig‘imi ko‘rsatkichini tahlil qilish qanday iqtisodiy ma’noga ega? 8. Asosiy vositalar fond qaytimi o‘sishining asosiy omillarini tavsiflang. Ularning qaysilari ustuvor ahamiyat kasb etadi? 9. Ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish tahlili metodikasini tushuntirib bering. 10. Asosiy vositalarni ishga tushirish koeffitsiyentini (K
) hisoblashda qanday formula qo‘llanilishini aniqlang: A) Yangi asosiy vositalar qiymati ; Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati i K =
B) Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati ; Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati i K =
V) Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati ; Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati i K =
265 G)
Yangi asosiy vositalar qiymati . Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati i K =
11. Yangilash koeffitsiyentini (K ya ) hisoblash uchun qanday formuladan foydalaniladi? A)
Yangi asosiy vositalar qiymati ; Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati ya K =
B) Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati ; Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati ya K =
V) Yangi asosiy vositalar qiymati ; Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati ya K =
G) Qayta kirim qilingan asosiy vositalar qiymati . Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati ya K =
12. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish koeffitsiyentini (K h ) hisoblash uchun qanday formuladan foydalaniladi? A) Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati ; Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati h K =
B) Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati ; Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati h K =
V) Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati ; Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati h K =
G) Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati . Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar qiymati h K =
13. Tugatish (K t ) koeffitsiyentini hisoblash uchun qanday formu- ladan foydalaniladi? A)
Tugatilgan asosiy vositalar qiymati ; Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati t K =
B) Davr boshi uchun asosiy vositalar qiymati ; Tugatilgan asosiy vositalar qiymati t K =
V) Tugatilgan asosiy vositalar qiymati ; Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati t K =
G) Davr oxiri uchun asosiy vositalar qiymati . Tugatilgan asosiy vositalar qiymati t K =
266 14. Asosiy vositalar yaroqliligi (Kya) koeffitsiyentini hisoblash uchun qanday formuladan foydalaniladi? A)
Asosiy vositalar qoldiq qiymati ; Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ya K =
B) Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish miqdori ; Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ya K =
V) Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ; Asosiy vositalar qoldiq qiymati ya K =
G) Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati . Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish miqdori ya K =
15. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblang, tahlil qiling hamda xulosalarni shakl- lantiring.
Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling