Toshkent moliya instituti
-rasm. Chet el investitsiyali korxonalarni mahsulot ishlab
Download 5.16 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-jadval Xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi savdo faoliyati ko’rsatkichlari, (mln. AQSH doll) 38
- Import 1592,9 1855,0 3134,6 4426,8 4836,6 3725,1 Tashqi savdo qoldig’i
- “RUBBER TRAST”
- 13-jadval “RUBBER TRAST” qo’shma korxonaning maxsulot ishlab chiqarish statistikasi 41 Ko’rsatkichlar
- Ishlab chiqarilgan mahsulot (juft) 1853000 2485600 3276300 Xomiylik (so’mda)
- II bob bo’yicha xulosa
- III BOB. SANOAT KORXONALARIDA INVESTITSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISHNING TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
- 13-rasm. Sanoat tarmogi korxonalarini qollab-quvvatlashning asosiy yonalishlari 42
- 14-rasm Sanoat mahsulotlarining osish surati (% hisobida) 14-rasm. Sanoat mahsulotlarining osish surati (% hisobida) 45
10-rasm. Chet el investitsiyali korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish hajmi dinamikasi, (mlrd.so'm.) 37 Bunga albatta, qo’shma korxonalar faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’yiganligini va soliq imtiyozlarini keng darajada berilayotgani sabab bo’lmoqda. Xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatiga xos bo’lgan yana bir jihat shundan iboratki, ular faol ravishda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanib kelishmoqda. Ushbu korxonalarning tashqi savdo aylanmasi 2005-yilda 2416,0 mln. dollarni tashkil etgan bo’lsa, 2010-yilda ushbu ko’rsatkich hajmi 5529,1 mln. dollargacha yoki qariyb 2 martaga ortdi. Xorijiy investitsiyali korxonalar tarkibida hizmat ko’rsatish, savdo va ichki bozor uchun mahsulot ishlab 37 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan. 68 chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning ko’pligi tufayli, ushbu korxonalarning tashqi savdo qoldig’ida muntazam salbiy natija kuzatilmoqda. Jumladan, 2010-yilda ushbu korxonalarning eksport-import operatsiyalari balansining salbiy qoldig’i 1921,1mln. dollarni tashkil etdi. Bu holat, aksariyat xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatining ko’proq qismi ichki bozorga yo’naltirilganligi bilan izohlanadi (12-jadval). Yana shunga ham e’tibor berish kerakki, eksport hajmi 2010-yil 2004-yilga nisbatan 2 marta oshgan. Buning sabablaridan biri eksport qilayotgan korxonalarga soliq imtiyozlarini ko’pligidir. 12-jadval Xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi savdo faoliyati ko’rsatkichlari, (mln. AQSH doll) 38 2005 2006 2007 2008 2009 2010 Tashqi savdo aylanmasi 2416,0 2988,5 5198,0 7290,0 8100,7 5529,1 Eksport 823,1 1133,5 2063,4 2863,2 3264,1 1804,0 Import 1592,9 1855,0 3134,6 4426,8 4836,6 3725,1 Tashqi savdo qoldig’i -769,8 -721,5 -1071,2 -1563,6 -1572,5 -1921,1 Yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda jahondagi eng yirik va mashhur AQSHning “Jeneral Motors”, “Texaco”, Germaniyaning “MAN”, “Daimler Benz», “Klaas”, Buyuk Britaniyaning “BAT”, Ispaniyaning “Maksam”, Yaponiyaning “Isuzu”, “Itochu”, Malayziyaning “Petronas”, Koreyaning “Korean Air”, “CNOC”, “LG”, Xitoyning “SNPC”, Rossiyaning “Lukoil”, “Gazprom” kabi kompaniyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki singari yirik xalqaro moliya tashkilotlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy va 38 O’zbekistoning yillik statistik to’plami asosida hisoblangan. 69 bir qator arab davlatlarining investitsiya banklari mamlakatimizning asosiy hamkorlari bo’lmoqda. Xorijiy investitsiyali korxonalarning investor mamlakatlar bo’yicha tarkibida yetakchi o’rinni Rossiya, Turkiya, AQSH, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya, Qozog’iston, Eron, Shveytsariya kabi mamlakatlar egallashgan (11-rasm). Jumladan, 2008-2010-yillarda Rossiyaning ulushi 17% dan 19% ga , Koreya Respublikasining ulushi 7% dan 8% ga, Xitoyning ulushi 5% dan 8% ga qadar ortgan. 11-rasm. Investor mamlakatlar bo’yicha xorijiy investitsiyali korxonalarning taqsimlanishi, (jamiga nisbatan %da) 39 Umuman olganda bu davlatlarning chet el investitsiyali korxonalarning investor mamamlakatlar bo’yicha tarkibida ulushi ko’pligiga sabab ularni bizning davlatdagi investitsion muhit qoniqtirmoqda. Investitsiya faoliyatini tartibga solishda eng muhim va asosiy muammolardan biri chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni respublika mintaqalari bo’ylab bir tekis joylashtirishdir. Alohida diqqat va e'tiborni jalb qiladigan muammo respublika hudud va tumanlarini rivojlanishidagi notekislikni qisqartirish masalasidir. Bunga erishish maqsadida korxonalarga berilayotgan soliq imtiyozlarini faqat chet hududlarda amal qilishi qonunda belgilab qo’yilgan. Bu TTCHI va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 39 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi asosida hisoblangan. 70 korxonalarni mamlakat mintaqalari bo’ylab joylashtirishga yo’naltirilgan rag’batlantiruvchi tadbirlarni talab qiladi. Sanoat tarmog’idagi chet el investitsiyali korxonalar faoliyatini o’rganish uchun rezina poyafzallar va avtomobillar uchun rezina ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasi misolida ko’rib chiqamiz. “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasida 30 turdagi har xil poyafzal mahsulotlari, turli o’lchamdagi bolalar, o’smirlar va kattalar uchun rezina kalishlar, hamda quyma yengil poyafzallar va tirikotaj materiallari ishlab chiqariladi. Shuningdek, OAJ “GM UZBEKISTAN” avtomobil ishlab chiqarish korxonasiga rezinadan tayyorlangan ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilarga buyurtmaga asosan har xil markadagi rezinalar tayyorlab berilmoqda. Sifat jihatdan ham ichki bozorda va qo’shni davlat bozorlarida yetakchi o’rinni egallashga harakat qilishmoqda. “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasiga Tayvan, Xitoy va Rossiya kabi ilg’or mamlaktlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy dastgohlar olib kelindi. Shuni ta’kidlash kerakki, korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishi nafaqat Respublikamiz hududida, balki qo’shni davlatlarda ham o’sib bormoqda. Bu esa korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifati yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Korxona tashqi iqtisodiy faoliyatiga e’tibor beradigan bo’sak, 2010-yilda 1 mln.AQSH dollaridan ziyod mahsulot Rossiya, Qozog’iston va Qirg’iziston davlatlariga eksport qilingan bo’sa, 2011-yil yakuniga qadar bu ko’rsatkich 3,5 mln.AQSH dollarini, 2012-yilda esa 4,5 mln.AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilindi (12-rasm). “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasini investitsion faoliyati ham e’tiborga molikdir. Korxona malakali ishchilar va zamonaviy dastgohlar orqali jahon andozalaridagi sifatli mahsulotlar turini ko’paptirish, chet ellik sarmoyadorlarning ishonchi orqali korxonaga jalb etilayotgan xorijiy 71 investitsiya salmog’ini ortirib borishni yanada kengaytirish uchun kerakli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Korxona samaradorligini oshirish maqsadida korxona ta’sischisi boshchiligida 2010-yilda “Hamkor sanoat yog’dusi” korxonasi ishga tushirildi. Shuningdek, 2012-yilda “RUBBER TRAST” korxonasi Xitoy davlatining “OTKUR” xalqaro savdo kompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi hamda bu savdo kompaniyasi tomonidan 400 ming AQSH dollarlik sarmoya kiritildi. 12-rasm. “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasining eksport faoliyati tahlili (mln.AQSH doll.) 40 Ushbu korxona ishlab chiqarish jarayonini tahlil qiladigan bo’lsak, korxonada birgina 2012-yilda 15 mlrd.so’mdan ortiq qiymatdagi mahsulot ishlab chiqarildi. Bu ko’rsatkich 2011-yildagidan salkam 6,0 mlrd.so’mga ko’pdir (13-jadval). Eti’borga molik jihati shuki, korxona xomiylik ishlarini ham olib boradi. 13-jadval “RUBBER TRAST” qo’shma korxonaning maxsulot ishlab chiqarish statistikasi 41 Ko’rsatkichlar 2010 2011 2012 Ishlab chiqarish hajmi (so’mda) 440032000 9567025000 15355709900 40 “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasi ma’lumotlari asosida hisoblangan. 41 “RUBBER TRAST” qo’shma korxonasi ma’lumotlari asosida hisoblangan. 72 Ishlab chiqarilgan mahsulot (juft) 1853000 2485600 3276300 Xomiylik (so’mda) 53000000 60000000 70000000 Xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga: yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eski texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi; yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan ta`minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshqaruv tajribasini joriy qilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi; jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport qilish evaziga mamlakatga qadri baland valyutalarning ko’proq kirib kelishini ta`minlaydi. Aytish mumkinki, qo’shma korxonani tashkil etilishi mamlakatimizda YAIM hajmini yanada o’sishi hamda mamlakat valyuta zahirasini ortishiga va davlat budjetiga tushadigan soliqlarning solmog’i yanada ortishiga, shuningdek, aholini ishsiz qatlamini ish bilan ta`minlanishiga va iqtisodiyotimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati yanda rivojlanishiga olib keladi deb o’ylaymiz. II bob bo’yicha xulosa: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi holatini tahlil qilish natijasida quyidagi xulosaga kelindi: 1. Sanoat – moddiy ishlab chiqarishning eng yirik yetakchi tarmog’i bo’lib, unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste`mol tovarlarining ko’pchilik qismi yaratiladi. Unda mashina va mehanizmlarning barcha turlari, bino va inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi, 73 yer osti boyliklarini qazib olish amalga oshiriladi, mineral, o’simlik va hayvon xom-ashyosiga ishlov beriladi hamda keng iste`mol mollari tayyorlanadi. 2. Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo’lmish viloyatlarning tabiiy boyliklaridan, xom-ashyo va mehnat resurslaridan kengroq hamda har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. 3. Hozirgi davrda sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari, ularning tarkibi va harakati hamda tuzilishi bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga yetarli darajada javob berishi uchun investitsion faoliyatning samaradorligini oshirish va investitsiyalarni sanoat korxonalariga jalb qilishini ko’paytirish hamda ularni faoliyatini takomillashtirish zarur. 4. Respublikamizda iqtisodiyotimizda sanoati korxonalaridagi investitsiyalarning umumiy hajmi 2005 – 2012– yillar oralig’ida muttasil o’sib borish tendensiyasiga ega bo’lgan. Bu, albatta, ijobiy holat. 5. Respublikamiz sanoati korxonalari investitsion faoliyati tahlil qilish, hozirgi ahvoliga baho berish va unga xos tendensiyalarni aniqlash natijasida, sanoatning mashinasozlik va metallurgiya sohasida ijobiy o’zgarishlar yuzaga kelganligi aniqlandi. 6. Respublikamiz sanoat korxonalari bo’yicha asosiy kapitalga investitsiyalar umumiy hajmining takror ishlab chiqarish tarkibi va tarkibiy tuzilmasi bo’yicha xarakterlanadigan investitsion faoliyat ko’rsatkichida rekonstruksiya qilish, texnik qayta qurollantirish, harakatdagilarini kengaytirish va qo’llab-quvvatlash bilan borliq investitsion faoliyatning ko’lami hozirgi paytda unchalik sezilarli ahamiyatga ega emas. 7. Mamlakatimiz sanoati korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirishni shu faoliyatni moliyalashtirish manbalari, tartibi va muammolarini tahlil qilmasdan bajarishning iloji yo’q. Qolaversa, sanoati korxonalari investitsion faoliyatining hozirgi ahvoli, unga xos 74 tendensiyalarni ham bu masalalarga aniqlik kiritmasdan turib uddalandi deb bo’lmaydi. 9. Bank kreditlari sanoat korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirishga hizmat qilishi tufayli xalq xo’jaligida foydaning kapitallashuvi jaroyonlarini tezlashtiradi. Bu bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida, mamlakatda qo’shimcha ish joylarini yaratish nihoyatda zarur bo’lgan davrda juda muhim ahamiyatga ega. 10. Hozirgi kunda iqtisodiyotning sanoat tarmog’ida erishilayotgan ijobiy o’zgarishlar xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga: a) yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb qilish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob bera olmaydigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi eski texnikalardan tezroq qutilish imkonini beradi; b) yangi ish joylari tashkil qilish va aholining ishsiz qismini ish bilan ta`minlash, shu bilan birga, xorijning ilg’or boshqaruv tajribasini joriy qilish imkonini beradi va shu orqali mehnat unumdorligi oshiriladi; c) jahon bozorida raqobatlasha oladigan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni eksport qilish evaziga mamlakatga qadri baland valyutalarning ko’proq kirib kelishini ta`minlaydi. 75 III BOB. SANOAT KORXONALARIDA INVESTITSION FAOLIYATNI MOLIYALASHTIRISHNING TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 3.1. Sanoat korxonalarida investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish yo’nalishlari Investitsiya faoliyati har qanday tizimda ham mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanayotganlik darajasini ifoda etadi. Iqtisodiyotni investitsiyalashga jalb etilayotgan mablag’lar, xususan, chet el investitsiyalarining salmog’iga qarab ham mamlakatning iqtisodiy qudratiga baho berish mumkin. Mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri bo’lmish sanoat tarmog’ni barqaror rivojlanishini ta’minlash, ulardagi iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan bog’liq muammolarni kompleks hal etish, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish va yanada yuksaltirish maqsadida hukumatimiz tomonidan keng ko’lamli chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda (13-rasm). 13-rasm. Sanoat tarmog'i korxonalarini qo'llab-quvvatlashning asosiy yo'nalishlari 42 Mamlakat sanoat korxonalaridagi mavjud ahvolni tubdan o’zgartirish, mulk va xo’jalik yuritish shakllarining teng huquqli sharoitida faoliyat yuritishni ta’minlash orqali tarmoqda islohotlarni jadallashtirishni talab etadi. Bu esa sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish orqali moliyaviy 42 Muallif tadqiqotlari natijasida tayyorlangan. 76 barqarorlikka erishish zarurligini keltirib chiqaradi. Shu sababdan sanoat korxonalarini istiqbolli taraqqiyotini ta’minlash va ularni investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni rivojlantirishning o’ziga xos ahamiyatidan kelib chiqib, quyidagilarni amalga oshirish orqali sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish mumkin: sanoat korxonalari investitsiya faoliyatining rivojlanishini ta`minlashda soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini oshirish zarur; ichki investitsiyalar bilan bir qatorda xorijiy investitsiyalar va kreditlarning sanoat korxonalarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishda to’g’ridan-to’g’ri ishtirokini ta`minlash lozim; sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishini ta`minlash maqsadida erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va ularni faoliyatini samarali olib borish kerak; sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish uchun sanoati yuksak taraqqiy etgan davlatlar amaliyotini o’rganish va ulardagi ilg’or tajribalarni respublika iqtisodiyotida qo’llash zarur; mamlakatimiz sanoat korxonalariga ichki va tashki investitsiyalarni jalb etishda mazkur tarmoqning iqtisodiy ahvoli va imkoniyatlari, shuningdek, tarmoqning investitsion jozibadorligi to’g’risida aniq axborot va ma`lumotlar olish imkoniyatini yaratish lozim. Mahalliy xom-ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, to’qimachilik sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, avtomobil sanoati, neft-gaz tarmog’i, ko’mir sanoati, qurilish materiallari sanoati, paxta tozalash sanoati, kimyo va yog’-moy sanoati, farmatsevtika sohasi hamda boshqa shu kabi soha va tarmoqlardagi korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihozlash jarayonlari kompleks, har tomonlama va izchil tarzda amalga oshirish zarur. Bunda sanoat korxonalarini investitsion faoliyatini moliyalashtirish orqali mamlakatimizdagi xom-ashyo va resurslarga boy manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik 77 mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan istiqbolli sanoat tarmoqlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek: “O’z- o’zidan ayonki, raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirmasdan, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, biz qabul qilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ko’zda tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, bu haqda jiddiy so’z yuritish mumkin emas. Bu vazifaning o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq tarzda jahon bozorida xom-ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar bo’yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan xam bog’liq, albatta. Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin” 43 . Rasmiy statistik ma`lumotlarga ko’ra, 2012-yilda mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur`ati 8,2 foizni tashkil etdi, 2000- 2012-yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,2 barobar oshdi. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi. 2012-yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 7,7 foizga barqaror yuqori sur`atlar bilan o’sdi (14-rasm). Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini birgina misolda, ya`ni 2000-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yog’i 14,2 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga yetganida ham yaqqol 43 Karimov I.A.: “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi”. T.: “O’zbekiston”, 2012. 78 ko’rish mumkin. Sanoat mahsuloti umumiy o’sishining qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sohalar tashkil etdi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik (12,2 foiz), kimyo va neft -kimyo sanoati (9,4 foiz), oziq-ovqat sanoati (13,1 foiz), qurilish materiallari sanoati (11,9 foiz), farmatsevtika va mebelsozlik (18 foiz) 2012- yilda jadal sur`atlar bilan rivojlandi 44 . 14-rasm Sanoat mahsulotlarining o'sish sur'ati (% hisobida) 14-rasm. Sanoat mahsulotlarining o'sish sur'ati (% hisobida) 45 Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan natijalar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda. Xalqaro valyuta jamg’armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida, jum- ladan, bunday deyiladi: “O’zbekiston jadal o’sishga erishdi va global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda O’zbekistonda o’sish sur`atlari o’rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir. Qator yillar davomida kuzatilgan budjet profitsiti, rasmiy zahiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining 44 O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasining yillik hisoboti (2000-2012). –T.: 2013. 45 O’zbekiston Respublikasi Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari asosida hisoblangan. 79 kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga extiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi” 46 . 2-bobda tahlil qilganimizdek, yurtimizda to’qimachilik sanoati korxonalarining ishlab chiqarishi past darajada. Shuni ta’kidlash zarurki, to’qimachilik sanoati korxonalari ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun barcha xom-ashyo mavjud. Qishloq joylarda to’qimachilik korxonalarini barpo etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki to’qimachilik uchun kerakli bo’lgan xom-ashyolarni asosiy qismi qishloq joylarda yetishtiriladi. Bugungi kunda sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirish hamda mamlakatimizdagi xom-ashyo va resurslarga boy mavjud manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlaridan biri bo’lgan to’qimachilik sanoatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, yengil sanoat tarmog’ini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, jahon bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun tarmoqqa investitsiyalar kiritishni kengaytirish va ularni samarali boshqarish hozirgi kunning dolzarb masaladir. Bu borada o’zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni alohida ta`kidlab o’tadilar: “Biz qudratli to’qimachilik va yengil sanoatni tashkil etib, paxta bilan emas, balki barcha rivojlangan mamlakatlar kabi tayyor mahsulotlar bilan savdo qilmog’imiz zarur” 47 . To’qimachilik sanoati jahonning ko’pgina rivojlangan mamlakatlari uchun azaldan sanoatlashishning birinchilar qatorida faoliyat yurituvchi sohasi bo’lib kelgan. Masalan, Fransiya, Germaniya, AQSH kabi mamlakatlarda to’qimachilik mahsulotlarining sanoat ishlab chiqarishi tuzilishidagi ulushi 6-8 46 Sultonov A.: “Sanoatda diversifikatsiyalashni boshqarish: tashkiliy-iqtisodiy mehanizmlar”. “Bozor, pul va kredit”. – T.: 2013, 3-son 47 Karimov I.A.: “Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. T: “O’zbekiston”. 2010. 80 foizni, Italiyada esa 12 foizni tashkil kiladi. Bu budjetning 20 foizgachasini to’qimachilik sohasi va kiyim-kechaklar tikish hisobiga shakllantirish hamda ichki bozorni shaxsiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan 75-85 foizga to’ldirishga imkon beradi 48 . To’qimachilik sanoatiga investitsiylarni jalb qilish va bu investitsiylarni eksportbop raqobatdosh mahsulotlar tayyorlash va ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga yo’naltirish zarur. Respublika hukumati tomonidan belgilangan vazifalarga ko’ra, yaqin yillarda paxta tolasini o’zimizda qayta ishlash hajmini 2 barobardan ko’proq kalava ishlab chiqarishni 2,6 barobar, tayyor trikotaj va tikuvchilik buyumlarini 3 barobar, to’qimachilik sanoati mahsulotlari eksportini 2 barobar oshirish talab etiladi. Shu jihatdan, to’qimachilik sanoati korxonalarining jahon texnologik zanjiriga qo’shilishini ta`minlash, bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish to’qimachilik mahsulotlari mahalliy bozorini egallashning qulay strategiyasi bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonda sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni rivojlantirishga e’tibor berilayotgani sababi, iqtisodiyotimiz YaIMida sanoat mahsulotilari ustuvor o’ringa ega ekanligi bilan izohlanadi. Sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish uchun korxonalarni iqtisodiy faoliyatini yaxshilash, ularni yangi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash va innovatsion yangiliklarni joriy etish zarur. Hozirgi kunda respublikaning har bir sub`ektida sanoat tarmog’ini strategik rivojlantirish bo’yicha qator ishlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan ishlardan eng muhimlaridan biri bu - iqtisodiy tendensiyalarni hisobga olgan holda sanoat korxonalariga innovatsion yangiliklarni joriy etilishidir. Bu esa iqtisodiyotda sanoat korxonalari samarali faoliyat yuritishi mumkin bo’lgan yangi segmentlarning paydo bo’lishiga olib keladi 48 Эванс Дж., Берман Б.: “Маркетинг”. Сокр. пер.с англ. М.: “Экономика”, 2009. 81 Sanoat korxonalari investitsion faoliyatini moliyalashtirishni yaxshilash orqali korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini ko’paytirish mumkin. Odatda, bozor iqtisodiyoti sharoitida yagona, bitta mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar barqarorligi xavf- xatarning yuqori darajasi bilan tavsiflanadi. Chunki, ushbu mahsulot bozoridagi konyunkturaning salbiy o’zgarishi korxona faoliyatiga jiddiy ta`sir ko’rsatishi mumkin. Shunga ko’ra, korxona an`anaviy tarzda ishlab chiqarayotgan mahsulotlari tarkibini bozorda yangi talab shakllangan va izchil ravishda o’sib borayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga kengaytirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday holda, bozordagi u yoki bu mahsulotga bo’lgan talabning qisqarishi yoki narxning pasayishi ta`sirida paydo bo’lgan yo’qotishlar boshqa mahsulotlarga bo’lgan talab yoki narxning o’sishi hisobiga qoplanadi. Sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini rivojlantirish va ularning faoliyatiga xorijiy investitsiyalarni, jumladan, bevosita xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hamda ulardan keng va samarali foydalanishning zamonaviy mehanizmini yaratish muammosining yechimi xam dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalarni inobatga olinishi sanoat tarmog’i investitsiya faoliyatining rivojlanishiga, tarmoq ishlab chiqarishidagi moliyaviy- iqtisodiy muammolarning o’z yechimini topishiga, qolaversa, sanoat korxonalari investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishga zamin yaratadi. Yuqorida ko’rib chiqilgan masalalar bo’yicha quyidagi xulosalarni bayon qilish mumkin: sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini mustahkamlash va moliyalashtirishni rivojlantirish maqsadida davlatning iqtisodiy qo’llab- quvvatlash mehanizmini iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish talablari asosida doimo takomillashtirib borish lozim; sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini rivojlantirish va uni moliyalashtirishni takomillashtirish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish 82 mumkin. Buning natijasida mehnat bandligini oshirish va aholini turmush darajasi yaxshilanadi; sanoat korxonalariga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmini va sarfini oshirish, investitsiyalarni tarmoq ishlab chiqarishiga jalb etishni rag’batlantiruvchi mehanizmini va uning samaradorligini oshirish samaradorligini oshirish yo’llarini shakllantirish zarur. Download 5.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling