Toshkent moliya instituti


Ravonlik, savodlilik- maksimal ball 15


Download 410.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana18.02.2017
Hajmi410.31 Kb.
#710
1   2   3   4   5

Ravonlik, savodlilik- maksimal ball 15  

- orfografik  va sintaktik xatoliklar bo‘lmasligi; 

- xatoliklar,  qisqartirilgan  so‘zlar,  umumiy  qabul  qilinganidan  tashqari 

bo‘lmasligi;

1

 

Biz iqtisodiy tahlil fanini o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib mustaqil ishlarni bir 



qator  shakllarini  mavzu  o‘tish  davomida  asoslashimiz  mumkin.  Iqtisodiy 

yo‘nalishlardagi kasb – hunar kollejlarida keng qo‘llaniladigan mustaqil ishlarning 

                                                           

1

 Mustaqil o’quv faoliyatini tashkil etish uslub va vositalari. B. Xodiyev., L.Golish.o’quv qo’llanma.: Toshkent 2007 



17-25-betlar. 

shunday  shakllaridan  biri  ilmiy  ma’ruzalardir.  Ma’ruzaga:  1)  majlis  ahli  uchun 

mo‘ljallangan muayyan mavzudagi axborot, ma’ruza; 

2) 

o‘quvchi talabalarning mustaqil ish turi; 3) ilmiy ish turi sifatida 



qarash mumkin. 

O‘quvchilar  ma’ruzani  mustaqil  ish  turi  sifatida  seminar  darslariga  tayyorlab 

kelishlari  mumkin.  Ma’ruzani  adabiyotlarni  o‘rganib,  tanlangan  mavzuga  chuqur 

yondashib, o‘z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak. 

Xulosa o‘rnida aytishim mumkinki, mustaqil ta’lim jarayonida topshiriqlarni ishlab 

chiqish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Nazariy  dars  mashg‘ulotlarida  muammoli 

topshiriqni o‘qituvchi hal qilgani ma’qul ekan, amaliy mashg‘ulotda esa oddiyroq 

mustaqil  topshiriqlarni  ishlab  chiqish  har  tomonlama  ta’lim  sifatini  oshirishi 

ko‘pgina  tajribalardan  aniqlangan.  Agar  ta’lim  jarayonida  anashu  moslik 

ta’minlansa bu ancha maqsadga muvofiq bo‘ladi. 



III BOB. “MEHNAT VA ISH HAQIDA SOLIQLAR VA BOSHQA 

USHLANMALAR HISOBI” MAVZUSINI MUSTAQIL O‘RGANISH UCHUN 

TOPSHIRIQLAR ISHLAB CHIQARISH VA QO‘LLASH METODIKASI VA 

UNI TAKOMILLASHTIRISH 

3.1. “Mehnat va ish haqida soliqlar va boshqa ushlanmalar hisobi” mavzusini 

o‘rganishda mustaqil ishlarni axborot texnologiyalari vositasida tayyorlashni 

takomillashtirish masalalari. 

 

Ta’lim  sifatida  ta’minlashda  o‘qitishning  zamonaviy  texnalogiyalari  va  interfaol 



usullari  muhim  o‘rin  tutadi.  Bugungi  kunda  pedagogik  amaliyotda 

“Konferentsiya”, “Modulli dars”, “Zamonaviy o‘yin”, “Venn”, “Keysstadi”, “Baliq 

skeleti”,  “Kalaster”,  “Piramida”  va  boshqa  usullardan  keng  foydalanilmoqda.  Bu 

usullar  qo‘llanilganda  o‘quvchilarning  fanga  bo‘lgan  qiziqishi,  faolligi, 

o‘zlashtirish ancha ortadi

1

.  



Ayni  vaqtda  ta’lim  sifatini  oshirishning  muammolari  turlicha  hal  etiladi. 

Birinchidan, ta’lim jarayoni sifati hamda ta’lim jarayoni natijasi farqlanadi, bundan 

kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  ta’lim  jarayoni  sifati  o‘z-  o‘zidan  ta’lim  sifatini 

ta’minlashni kafolatlamaydi. 

Respublikamizda ta’lim tizimini yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadrlar 

bilan  ta’minlash  maqsadida  bir  necha  yillardan  buyon    amalga    oshirilayotgan 

harakatlar oqibatida ayni vaqtda sezilarli natijalarga erishildi.  Ma’lumki, ta’limda 

shaxsiy  natijalarga  erishish,  ta’lim  oluvchilarning  motivatsion  resurslarini 

rivojlantirish  shaxsga  yo‘naltirilgan  ta’lim  jarayonini  amalga  oshirishni,  har  bir 

talaba uchun individual ta’lim dasturlarini tuzishni talab etadi. Ko‘pgina tajribalar 

ham psixologik ham pedagogik tomondan o‘rganilganda, shuni isbotladiki, ta’lim 

tizimini  axborot  –  kommunikatsion  texnologiyalar  asosida  amalga  oshirish 

zarurligini,  aynan  o‘qitishni  individuallashtirish,  ta’lim  oluvchilar  qobiliyati, 

imkoniyatlari  va  qiziqishiga  moslashtirish,  ularning  mustaqilligi  va  ijodkorligini 

                                                           

1

 A.R.Shermurotov “Ta’lim samaradorligini oshirishning zamonaviy usullsri”. Kasb-huner ta’limi. № 2. 2012 28-29 



b. 

rivojlantirish,  o‘quv  axborotlarining  yangi  manbalariga  erishish,  jarayon  va 

ob’yektlarni  kompyuter  vositasida  modellashtirishdan  foydalanishni  ta’minlaydi. 

Shu  o‘rinda  axborot  –  ta’lim  muhitining  ikki  asosiy  g‘oyasini  ta’kidlab  o‘tishni 

lozim  deb  topdim.  Ya’ni  bular  quyidagilar:  Birinchidan,  turli  ta’lim  muhitining 

zarurligi, axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bilan izohlanadi. 

Ikkinchidan, ta’limni individuallashtirish ta’lim oluvchilarning bilishga ehtiyojlari 

va  qiziqishlariga  moslashtirishni  talab  etadi  va  bu  muammolarni  axborot 

kommunikatsion  texnologiyalar  vositasida  samarali  hal  etish  mumkin.  Ta’limni  

axborot  kommunikatsion  texnologiyalar  vositasida  tashkil  etish  jarayoni  ikki 

kategoriyaga  ajratiladi,  ya’ni  sub’yektlar  va  ob’yektlar.  Bunda  sub’yekt  sifatida 

ta’lim  oluvchilar  va  o‘qituvchilar  nazarda  tutilsa,  ob’yekt  sifatida  esa,  o‘qitish 

vositalari,  o‘quv  faoliyati  instrumentlari,  moddiy  baza,  texnik  bazani  misol 

keltirish  mumkin.

3

  Ob’yektlar  bu  axborot  va  o‘quv  harakatlarini  tashuvchilar 



bo‘lsa,  sub’yektlar  mazkur  ma’lumotlarni  o‘zlashtiradi  va  onggida  qayta  ishlab, 

o‘quv faoliyati jarayonida o‘zgartirib dunyoqarash, qadriyatlar tizimi va mazmuni, 

e’tiqod, kompetensiya va shaxsiy sifatlarga aylantiradi. 

 Bundan tashqari mustaqil ishlarga axborot texnologiyalarini olib kirish natijasida 

quyidagi  vazifalar  hal  etilsa  o‘quv  jarayoni  yanada  samaraliroq  faoliyat  yurita 

oladi- deb bemalol aytishimiz mumkin. 

1.  Dastlab  o‘qituvchilarga  axborot  texnologiyalari  imkoniyatlari 

haqida  ma’lumot  berish  va  ularni  axborot  texnologiyalaridan 

foydalanishga tayyorlash

2.  O‘quv fanlari bo‘yicha yaratilgan dasturlarni o‘rganish va tahlil 

qilish; 

3.  Axborot  texnologiyasi  kengroq  qo‘llaniladigan  ta’lim 

yo‘nalishini aniqlash; 

4.  O‘quv-metodik  majmualar  yaratish,  texnik  va  dasturiy 

vositalarni tanlash; 

                                                           

3

 Xalq ta’limi jurnali. 2-2012yil, 58-bet. 



5.  O‘qitishda  kompyuter  texnologiyalaridan  foydalanish  bo‘yicha 

me’yoriy hujjatlar majmuini ishlab chiqish

6.  Ta’lim  muassasalarini  kompyuter  texnikasi  bilan  bosqichma-

bosqich ta’minlash. 

Axborot  -    kommunikatsion  texnologiyalarga    murojaat  etish  ta’lim  muhitlari 

komponentlari  tarkib  va  imkoniyatlari  qatorini  yanada  kengaytiradi.  Ushbu 

sharoitda  o‘quv  axborotlari  manbalari  safi  ma’lumotlar  bazasi  va  axborot- 

ma’lumotli  tizimlar,  elektron  darsliklar  va  ensiklopediyalar,  internet  resurslari 

bilan to‘ldiriladi.  

Shuningdek,  mustaqil ta’lim jarayonida elektron ta’lim muhiti, ayniqsa, intelektual 

didaktik vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.  

Intelektual didaktik vositalar  deganda- ta’lim  olish  jarayonida  talabalarning  erkin 

ijodiy  fikrlashlarini  shakllantirish,  ularning  intelektual  fikrlash  darajalarini 

rivojlantirish maqsadida foydalaniladigan o‘qitish vositalarining tabiiy va elektron 

tarzda yaratilgan vositalar tushuniladi. Elektron ta’lim jarayoni  bu ta’lim oluvchi 

va ta’lim beruvchi o‘rtasida to‘g‘ri va teskari aloqalarning yuzaga kelish jarayoni 

sifatida qaraladi. 

Avvalo,  shuni  e’tiborga  olish  lozimki,  mustaqil  ishlarni  axborot  texnologiyalari 

vositasida  tayyorlash  uchun  dastavval,  o‘quv  jarayoniga  elektron  muhitni 

shakllantirish  va  nazariy,  amaliy  bilim  olish  ko‘nikma  va  malakasi  asosida 

mustaqil  ta’lim  olishning  ijtimoiy-  pedagogik  ahamiyati  to‘g‘risida  ma’lumot 

berish  zarur.  Shuni  ham  e’tibordan  chetda  qoldirmaslik  kerakki,  o‘quvchilarning 

mustaqil  ishlarni  axborot  texnologiyalari  vositasida  tayyorlashlari  ularning 

psixologik  omillariga  ham  bog‘liq.  Tayyorlanayotgan  mustaqil  ishning  axborot 

texnologiyalari bilan bo‘lsada, unda foydalaniladigan metodlarni eng samaralisini 

tanlash  va  maqsadga  erishish  uchun  vositalardan  unumli  foydalanish. 

O‘quvchilarda  mustaqil  ta’lim  olish  ko‘nikma  va  malakalarining  shakllanganlik 

darajalarini aniqlash mezonlarini hamda nazorat ishlarini tashkil etishning elektron 

variantlarini ishlab chiqish. 


 

Yuqoridagi elektron ta’lim muhitini intelektual didaktik vositalar majmuasi 

asosida  yaratish  va  amaliyotga  joriy  etish  texnologiyalarini  ishlab  chiqishda 

quyidagi qoidalarga alohida e’tibor qaratilishi zarur: 

 

  Elektron  ta’lim  muhitida  intelektual  didaktik  vositalar 



majmuasi  asosida  mustaqil  ish  va  topshiriqlarning  pedagogik,  metodik  va 

texnik-texnologik vaziyatlar bilan uzviy bog‘liqligi; 

 

 Intelektual didaktik vositalar majmuasi asosida mustaqil ishlar 



va  topshiriqlarning  aqliy  faoliyat  (tahlil,  sintez,  taqqoslash,  solishtirish, 

umumlashtirish)ni taqozo etishi; 

 

 Mustaqil  ishlarni  bajarishda  elektron  darslik  va  virtual 



versiyalardan  foydalangan  holda  ta’lim  berishning  ko‘rgazmaliligini 

oshirish; 

 

 Axborot  vositasida  tayyorlash  jarayonida  topshiriqlarni 



oddiydan murakkablik tomon tamoyili asosida tuzish. 

Mustaqil  ishlarni  axborot  texnologiyalari  vositasida  tayyorlash  natijasida  og‘irlik 

faqat o‘quvchiga emas o‘qituvchiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq hisoblanadi.  Endi, 

bu jarayonda o‘qituvchi: 

-  O‘quv kurslarining dizayneri; 

-  Fasiliteytor- metodlar bo‘yicha maslahatchi; 

-  Tyutor- interfaol o‘quv kurslarini taqdim etuvchi; 

-  Invigilator-  ta’lim  natijalarini  nazorat  qilish  usullari  bo‘yicha 

mutaxassis bo‘lib ishtirok etadi. 

Buning  natijasida  o‘quvchi  tomonidan  tayyorlanayotgan  mustaqil  ish  har 

tomonlama  sifatli  bo‘lib,  agar  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  hamkorligi  yaxshi  yo‘lga 

qo‘yilsa,  eng  dolzarb  muammolarni  ham  mustaqil  ishlar  bajarish  orqali  hal  etish 

imkoniyati  tug‘iladi,  bu  o‘z  –o‘zidan  bozor  iqtisodiyotini  boshqarishda  yana  bir 

richag  paydo  bo‘lganidan  dalolat  beradi.  Bizga  ma’lumki,  mustaqil  ishlarni 

tayyorlash jarayonida biz ko‘proq Microsoft word dasturidan keng foydalanamiz, 

shuningdek  power  point  ham  birinchilar  qatoriga  kirib  bormoqda.  Biz  bulardan 

tashqari yana mustaqil ishlarni sifatli tayyorlanishini ta’minlash maqsadida qolgan 


dasturlarni  ham  ishga  solishimiz  lozim,  masalan  excel  dasturi  orqali 

tayyorlanayotgan  ko‘rsatkichli  mustaqil  ishlarni  juda  ajoyib  qilib  bajarishimiz 

mumkin. 

Bu  rejani  yozishimdan  mening  xulosam  shuki,  o‘quvchiga  bir  mavzu  yuzasidan 

turli ko‘rinishda, axborot texnikasidan foydalanib mustaqil ish topshirig‘ini berish 

va  oxirida  albatta  o‘zining  xulosasi  va  samaradorligini  qayerda  ko‘ra  olishi  va 

tatbig‘ini so‘rash joiz.  

 

3.2. “Mehnat va ish haqida soliqlar va boshqa ushlanmalar hisobi” mavzusini 



mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar ishlab chiqish va qo‘llashni 

takomillashtirish. 

 

Dars  o‘tishda  o‘qitish  metodlaridan  foydalanish  fanni  o‘rganishga  qo‘yilgan 



talablar  fanning  mazmuniga  va  o‘ziga  xos  jihatlari  alohida  ahamiyat  berishni 

taqazo  etadi.  Fanni o‘rganishda  materialini  murakkabligi va  miqdori ham  muhim 

rol  o‘ynaydi.  Demak,  dars  o‘tishda,  mavzuni  yoritishda  fanning  o‘ziga  xos 

jihatlarini  hisobga  olish  lozim.  Dars  o‘tishda  o‘rganilayotgan  fanga  uning 

xususiyatlariga,  o‘rganiladigan  mavzularga  bog‘liq  bo‘lib,  bu  esa  mavzuni 

yoritishda uni talabalar ongiga etkazib berishdagi asosiy jihatlar hisoblanadi. Shu 

jumladan biz avvalgi boblardan farqli ravishda bu bobda, moliyaviy hisob fanidan 

masala-mashqlar  metodini  qo‘llashni  ko‘rib  chiqamiz.  Har  bir  fan  jumladan 

iqtisodiy  fanlar,  mutaxassislik  fani  sifatida  moliyaviy  hisob  fanini  ham  hisobga 

olganimizdagina samarali dars o‘tish metodini tanlaymiz, shunga muvofiq ravishda 

o‘quv,  talabalarni  darsga  faol  qatnashishini  ta’minlashimiz  mumkin.  Har  bir 

fanning  boshqa  fanlardan  farqlanuvchi  xususiyati  eng  avvalo,  uning  predmeti 

fanning  oldiga  qo‘yilgan  maqsadi,  funktsiyalarda  o‘z  aksini  topadi.  Shunga 

muvofiq  biz  mavzu  bo‘yicha  talabalar  faoligini  oshirish  maqsadida  quyidagi 

topshiriqlarni ishlab chiqdik. 

 

 


 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



1 guruh uchun topshiriq. 

Misol. Tikuvchi bir oyda 120 

dona ish xalatini tik-di. Bitta xalat 

narxi -425 sum.Mehnatga haq, 

to’lashning to’g’ridan-to’g’ri 

ishbay shaklida tikuvchining oylik 

ish xqi 51 000 so’mni (120 x 425) 

tashkil qiladi.

 

1 guruh uchun topshiriq javobi. 

 

Mehnatga haq to’lashning 



ishbay-mukofotli shakli 

mehnatga ishbay haq to’lashning 

ko’prok. tarkalgan tizimi bo’lib, 

unda to’g’ridan-to’g’ri ishbay 

narxlar bo’yicha ish xaqidan 

tashqari, belgilangan 

kursatkichlarni (ishning sifati, 

shoshilinchlik, mijozlar 

tomonidan asosli shikoyatlarning 

yukdigi va boshk) bajarganlik yoki 

ortigi bilan bajarganlik uchun 

mukofot qo’shimcha hisoblanadi. 

Mukofotlar ishbay ish xaqi 

asosida xaqikatda ishlangan vaqt 

uchun hisoblanadi.

 

3 guruh uchun topshiriq 



Misol. Asosiy ishlab chiqarish xodimi oyiga 300 birlik mahsulot tayyorladi. 

Mahsulot birligi uchun ishbay narx 250 birlikkacha —525 so’mni, 250 dan 

300  birlik  atrofida  —570  so’mni,  300  dan  330  birlik  atrofida  esa  —  585 

so’mni tashkil etadi. 

 

3 guruh topshiriq javobi 

Bunda ish xaqini qisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

belgilangan  me’yor  doirasida  tayyorlangan  mahsulot  uchun  ish  xaqi  miqdori 

anikdanadi: 250 birlik x 525 sum = = 737 250 sum; 

belgilangan  me’yordan  ortiq,  tayyorlangan  mahsulot  uchun  ish  xaqi  miqdori 

anikdanadi: 50 birlik x 570 sum = = 28 500 sum; 

tayyorlangan mahsulot uchun ish xaqining umumiy summa-si anikdanadi: 131 

250 + 28 500 = 159 750 sum. 



Misol.  2005  yilning  IV  choragi  uchun  ishlab  chiqarish  hajmining  baza  darajasi 

3600  ming  so‘m,  2005  yilning  IV  chorak  uchun  haqiqatda  bajarilgan  ishlab 

chiqarish hajmi 3694 ming so‘m. Ishlab chiqarish o‘sish sur’atini qayta hisoblash 

koeffitsienti  0,7.  Ish  haqi  fondining  baza  darajasi  1260  ming  so‘m.  Ish  haqining 

haqiqatda  hisoblangan  summasi  1275  ming  so‘m.  Ish  haqidan  foydalanish 

natijasini aniqlang. 

Echimi: 1. Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi (3694m.s : 3600m.s x 100%)=2,6% 

2.  Koeffitsientini  hisobga  olgan  holda  ishlab  chiqarish  hajmining  o‘sish  sur’ati 

(2,6% x 0,7)+100%=101,8% 

3. Ishlab chiqarish hajmining o‘sishi darajasida berilishi mumkin bo‘lgan ish haqi 

1269m.s x 101,8% : 100%=1282,7 ming so‘m 

4. Ish haqidan foydalanish natijasi 1282,7 m.s-1275m.s=7,7 ming so‘m 

Demak, ish haqi fondidan tejalgan. 

Joriy yilning avvalgi kvartalida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan 

erishilgan  nisbiy  tejam  shu  yil  kelgusi  choraklarida  ish  haqi  to‘lash  uchun 

foydalaniladi.  Bu  tejam  summasi  ish  haqi  fondining  baza  darajasiga  qo‘shib 

qo‘yiladi.  Ish  haqi  uchun  mablag‘larning  ortiqcha  summasiga  bank  tomonidan 

mablag‘lar berilmaydi. 

Avvalgi boblardan farqli ravishda bu bobda mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar 

ishlab  chiqish  va  metodini  qo‘llash  kamchilik  va  muammolari  haqida  ularni 

bartaraf qilish uchun takomillashtirish masalarini ko‘rib chiqdik. Shunga muvofiq 

mavzuni  o‘rganishda  talabalr  faolligini  oshirish  maqsadida  mustaqil  topshiriqlar 

tayyorlashda  metodning  o‘ziga  xos  avzallik  tomonlari  va  kamchilik  muammolari 

mavjud. Mustaqil ishni tashkil etishda ayrim kamchiliklarni kuzatish mumkin: 

- Mustaqil ishni tashkil etishda talaba o‘zi tashkil eta olmasligi

- Mustaqil ishni bajarish uchun talaba o‘zini-o‘zi majbur qila olmasligi; 

- Mustaqil ishni tashkil qilishning asosiy printsipi uni muntazamlashtira olmasligi; 

- Mustaqil ishlarni bajarish muddati jihatidan hoxlagancha davom etirilishi; 

- Mustaqil ishni tashkil qilishda ish tartibini belgilay olmasligini. 


Darsni  tashkil  etishda  ushbu  hususiyatlarni  hisobga  olish  dars  samaradorligini 

oshirishga yordam beradi 

O‘quvchilarning  mustaqil ishlarini samarali  tashkil  etishning  ikki  bosh  yo‘nalishi 

mavjud- ta’lim mazmunini va ta’lim iqtisodiyotini tubdan yangilash. Uning asosiy 

vazifalari – ta’limning ochiqlik darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, agar biz 

ana  shu  muammolarni  bartaraf  etmasak,  mustaqil  ishlarni  samarali  tashkil  eta 

olmaymiz, natijada so‘ralayotgan kadrlar ham muammo bo‘lib qoladi. Ma’lumki, 

o‘quv jarayonida mustaqil ishlarni tashkil etish avvalo o‘quvchilarga nisbatan erkin 

fikrni  bayon  etishlari  muammoli  vaziyat  ustida  bosh  qotirib  qaror  qabul  qila 

olishlari uchun tashkil etiladi.  

Ta’lim  jarayonida    o‘quvchilarning  qobiliyatlarini  rivojlantirishning  va  talabalar 

faolligi  oshirish    muhim  hususiyatlardan  biridir.  Bu  inson  faoliyatining  muayyan 

sohasiga  qiziqishlar  bo‘lib,  ular  keyinchalik  mazkur  faoliyat  turi  bilan  kasbiy 

darajada  shug‘ullanishga  bo‘lgan  intilishga  aylanadi.  Ixtisoslashtirilgan  mustaqil 

ishlar  natijasida  aynan  ana  shunday  o‘quvchilarning  qobiliyatlari  yuzaga 

chiqariladi.  Umuman  olib  qaraydigan  bo‘lsak,  mustaqil  ishlarni  samarali  tashkil 

etishimiz natijasida dars jarayoniga nisbatan har bir o‘quvchi alohida e’tibor bilan 

qaraydi, bu esa ta’limni sifatini oshirib beradi.   

Mustaqil  ishlarni  samaradorligini  oshirishning  yana  bir  muhim  sohasi  borki,  bu 

soha ta’lim  jarayonini  boshqarishni  yanada  takomillashtirish imkonini beradi.  Bu 

masala  har  bir  yangi  o‘zlashtirilishi  lozim  bo‘lgan  bilimlarning  undan  avval 

o‘zlashtirilgan bilimlar darajasiga bog‘liqligidir. 

Ko‘pincha, mustaqil ishni o‘quv jarayonida qo‘llash, o‘qituvchini xuddi shu savol 

yechimini  tayyorlab  berganiga  nisbatan  baxtga  qarshi  ancha  ko‘p  vaqtni  talab 

etadi.  Bundan  tashqari  mustaqil  ishning  bajarilish  samaradorligi  o‘quvchining 

bilim olganlik darajasiga va saviyasiga ayniqsa, ularning bilim olish mahoratining 

shakllanganligiga bog‘liqdir. 

Ayniqsa,  bu  borada  elektron  o‘quv  adabiyotlarining    o‘rni  benihoya  katta  bo‘lib, 

multimedia vositalari asosida yaratilgan mazkur vosita orqali o‘quvchilar elektron 

ma’ruza  matnlari,  elektron  o‘quv  qo‘llanmalari  va  elektron  uslubiy  ko‘rsatmalar, 



lug‘atlar,  ensiklopediyalar  yordamida  hech  qanday  qiyinchiliklarsiz  kerakli 

bilimlarni  istalgan  joyda  va  istalgan  sharoitda  mustaqil  egallay  oladilar.  Bunda 

vaqt muammosi ham bir qadar hal etiladi.  

Bundan  tashqari  mening  fikrimcha,  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlashi  va  ta’lim 

olishi  samaradorligi  faqat  ta’lim  muassasasidagi  mashg‘ulotlarni  tashkil  etish 

darajasiga,  mavjud  shart  –  sharoitlarga  gina  emas,  balki  o‘quvchilarning  o‘z 

ixtisosligiga  bo‘lgan  munosabati,  ularning  g‘oyaviy  –  siyosiy  yetukligi,  hayotiy 

tajribalari,  ko‘nikma  va  malakalari,  bo‘sh  vaqtini  qanday  tashkil  etishlariga  ham 

bog‘liq. Buni quyidagi chizma orqali aniqlashtiramiz: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Bu  rejadan  umumiy  xulosa  qilib  shuni  aytishim  mumkinki,  dars  jarayonini 

samarali  tashkil  etish  uchun  mustaqil  ish  topshiriqlarini  bir  butun  ishlab  chiqib 

faoliyatga tatbiq etish lozim. Shu narsa aniqki, o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustaqil 

oshira  boorish  ko‘nikmalari  har  bir  davrda  ham  o‘quv  jarayonining  dolzarb 

masalalaridan hisoblangan.       



Mustaqil ta’lim 

shakllari 

Uy vazifalarini 

bajarish 

daftarlari 

O’quv 

adabiyotlari 



bilan ishlash 

Joriy,  oraliq  va 

yakuniy  nazorat 

ishlariga 

tayyorligi 

Chizmalar 

va 

sxemalarni  o’qish 



va 

chizishni 

o’rganish 

Texnik 


modellashtirish 

va loyihalash 

Ma’ruza 

tayyorlash 

Masofaviy 

ta’lim  


Referat  va 

esse yozish 

Stend 

tayyorlash 



Mashqlar 

bajarish 



Xulosa 

 

Ma’lumki har bir davr ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sharoit sharoitlardan 



kelib chiqqan holda  ta’lim mazmuni va uni qo‘yiladigan talablar tubdan  o‘zgarib 

boradi, o‘z navbatida kadrlar tayyorlash milliy dasturini joriy etilishi ta’limida engi 

pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. 

Shuni  alohida  qayd  etib  o‘tish  joizki,  respublikamiz  ta’lim  sohasida  amalga 

oshirilayotgan  islohatlar  va  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  bozor  iqtisodiyoti-

ning asoslarini shakllantirish navbatida “Mehnat va ish haqida soliqlar va boshqa 

ushlanmalar hisobi” mavzusini o‘qitishda yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining 

o‘zi bu fanlarni o‘qitish metodikasi,  pedagogik texnologiyalar va boshqa fanlarni 

ham chuqur bilish zarur bo‘ladi. 

Hozirgi pytda o‘quv materiallari, axborotlarni ekranda ko‘rsatish imkoni vujudga 

kelishi va rivojlanishi natijasida o‘quv jarayoniga erishilgan yutuqdan foydalanish 

keng yoyilib bormoqda.  

Zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  o‘quv  jarayoniga  tadbiq  etilishi  iqtisodiy 

samara  berish  bilan  birga  ta’limda  yangicha  o‘quv  metodlarini  keng  ravishda 

qo‘llashga imkon yaratadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  mavzusini  yoritishda  mavzuga  doir  o‘quv,  ilmiy 

adabiyotlar,  xujjatlar  bilan  tanishib  chiqdim.  Bitiruv  malakaviy  ishimning 

masalasini  yoritishda  esa,  mustaqil  ta’limni  tashkil  etishdagi  muammo  va 

kamchiliklarni  inobatga  olib  qo‘shimcha  ravishda  talabalarning  individual 

xususitlari, bilimlarini sinash usullari tavsiya qilinadi. 

Shuningdek,  Bitiruv  malakaviy  ishida  bitiruv  oldi  pedagogik  amaliyotda  olgan 

tajribalariga  va  nazariy  bilimlarga  asoslanib,  uchragan  kamchiliklar  echimlarini 

topishga harakat qiladi. 

Bitiruv  malakaviy  ishida  kasb-hunar  kollejlarida    “Mehnat  va  ish  haqida  soliqlar 

boshqa  ushlanmalar  hisobi”  mavzusini  o‘qitishning  samarali  shakli  sifatida 

mustaqil  ta’limni  ko‘rib  chiqib,  dars  o‘tishni,  takomillashtirishning  metodikasini 

ishlab chiqishga harakat qiladi. 


Bitiruv malakaviy ishning yakunida xulosa qilib, quyidagi takliflarni berib o‘tamiz: 

1. Mustaqil ta’lim ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan xarkterda bo‘lishi lozim. 

2.  Taklif  etilgan  har  bir  mustaqil  ta’lim  topshirig‘i  talab  doirasida  bo‘lishi,  ya’ni 

talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligini e’tiborga olib tuzilishi lozim. 

3. Dastlab talabalarda mustaqil ta’limning eng oddiy ko‘nikmalarini shakllantirish 

darkor. 


4.  Mustaqil  ta’lim  topshiriqlari  iloji  boricha  nostandart  bo‘lib,  tayyor  andoza  va 

modellarga aynan mos bo‘lmasligi lozim. 

5.  Mustaqil  ta’limni  tashkil  qilganda  turli  o‘quvchilarda  bilim,  malaka  va 

ko‘nkmalarni egallashga  turlicha vaqt ketishini hisobga olgan holda o‘quvchilarga 

differentsial yondashish zarur. 

6.  Berilgan  topshiriqlar  talabalarda  qiziqish  uyg‘otish  uchun  ularning  amaliy 

ahamiyati olib berilishi kerak. 

7. Mustaqil ta’lim o‘quv raislariga asosan tuzilgan ravishda, izchil tashkil etilishi 

kerak. 

8. Mustaqil ta’limni tashkil etishda o‘qituvchi ma’ruzasi bilan talabaning mustaqil 



ta’lim topshiriqlari uzviy bog‘langan bo‘lishi darkor. 

9.  Har  qanday  turdagi  mutaqil  ta’lim  topshiriqlarini  bajarishda  boshqaruvchi  rol 

o‘qituvchiga tegishli bo‘lishi lozim. 

Bitiruv malakaviy ishini yoritishda turli jadval, chizma, slaydlar tayyorlandi. 

Kelajakda  bitiruv  malakaviy  ishimda  ko‘rib  chiqilgan  masalalar,  ular  yuzasidan 

taklif etilgan ko‘rsatmalar “Mehnat va ish haqida soliqlar va boshqa ushlanmalar 

hisobi”  mavzusida  dars  berish  jarayonida  foydalanilsa,  talabalarning  rialligiga 

xususan jarayonidagi faolligiga erishishda yordam beradi deb o‘ylayman. 

Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 

va  Kadirlar  tayyorlash  Milliy  dasturida  belgilanganidek,  butun  ta’lim  tizimini 

tubdan  isloh  qilish  jaryoni  ketmoqda  ekan,  ushbu  bosqichda  mustaqil  ta’limning 

ahamiyatini oshirish, albatta o‘zining samrali natijalarini beradi. 



 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 

 

1. “Buxgalteriya  hisobi  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi qonuni. 

1996 y 30 avgust. 

2. O‘zbekiston  Respublikasining  “Auditorlik  faoliyati  to‘g‘risida”gi 

Qonuni (yangi tahriri) 2000 y 26 may. 

3. “Axborotlashtirish  to‘g‘risida”  gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonuni. 

2003y 11 dekabr. 

4. Buxgalteriya  hisobining  milliy  standartlari  (BHMS)  N  1-24.  2005-

2009. 

5. O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005  yil  15  iyundagi 



“Tadbirkorlik  subektlari  tomonidan  taqdim  etiladigan  hisobot  tizimini 

takomillashtirish va uni noqonuniy etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish 

to‘g‘risida”gi PK-100-sonli Qarori; 

6. O‘z.R.  Prezidentining  “Tadbirkorlik  subektlarini  tekshirishni  yanada 

qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 

farmoni. 2005 yil 6 oktabr. 

7. O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  5 

fevraldagi  “Mahsulot  (ish  va  xizmat)lar  tannarxiga  kiritiladigan,  mahsulot 

(ish  va  xizmat)larni  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlari  tarkibi  hamda 

moliyaviy  natijalarni    shakllantirish  tartibi  to‘g‘risidagi  Nizomni  tasdiqlash 

to‘g‘risida”gi  54-sonli  qarori  (2003  yil  25  dekabrdagi  567-sonli  qaror 

asosidgi o‘zgartirishlar bilan). 

8. Karimov  I.A.  Asosiy  vazifamiz-Vatanimiz  taraqqiyoti  va  xalqimiz 

farovonligini yanada yuksaltirishdir.-T: O‘zbekiston, 2010. 

9.   Karimov  I.A.  Barcha  reja  va  dasturlarimiz  Vatanimiz  taraqqiyotini 

yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.-T: 2011. 

10. 

Sotvoldiyev A.S, Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T: IQTISOD-



MOLIYA. 2007 

11. 


  Ochilov I.K, Qurbonboev J.E. “Moliyaviy hisob”. TMI, 2007 

12. 

 Tojiboeva  D,  Mahsus  fanlarni  o‘qitish  metodikasi.  O‘quv 

qo‘llanma. –T: Fan va texnalogiya. 2007 

13. 


 Pardaev  A.H,  Pardaev  B.H,  Boshqaruv  hisobi.  O‘quv 

qo‘llanma. –T: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2008. 

14. 

  Ibragimov A, Ochilov I, Qo‘ziyev I, Rizayev N. “Moliyaviy va 



boshqaruv hisobi”. T: Iqtisod-moliya nashriyoti, 2008. 

15. 


 Hamdamov  B  va  boshq.  “Moliyaviy  hisobot”,  Toshkent, 

“Iqtisod-moliya”, 2008. 

16. 

 “Moliyaviy hisob”. KARANA korporatsiyasi-2005-2008. 



17. 

  Gadoyev  E    va  boshq,  Yillik  hisobot-2008.  Toshkent: 

NORMA, 2009. 

18. 


 G‘ulomova  F.G‘.  “Buxgalteriya  hisobini  mustaqil  o‘rganish 

uchun o‘quv qo‘llanma”. Toshkent: NORMA, 2009 yil 

19. 

 G‘ulomova  F.G‘  “Zamonaviy  buxgalteriya  hisobi”  Toshkent: 



2011. 

20. 


 Ortiqov X, Yugay L, Tuxsanov X,  Xo‘jabekov N, O‘zbekiston 

Respublikasi  buxgalteriya  hisobining  milliy  standartiga  sharxlar  to‘plami. 

Toshkent “NORMA” 2010. 

21. 


 Internet saytlari: 

www.lex.uz 

www.norma.uz 

www.tfi.uz 

www.ziyonet.uz 

www.bukh.ru 

www.bem.uz 

 

 



 

 

 



Download 410.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling