ToshkentDonmaxsulot


Turli o’simlik donlarining 12–250C haroratdagi muvozanat namligi


Download 367.81 Kb.
bet7/12
Sana11.05.2023
Hajmi367.81 Kb.
#1450440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
don mahsulot

Turli o’simlik donlarining 12–250C haroratdagi muvozanat namligi

O’simlik turi

Havoning turli nisbiy namligida (%) don uyumining muvozanat namligi,
%

10

20

30

40

50

60

70

75

80

85

90

95

Bug’doy

6,6

8,4

9,5

10,9

12,2

13,4

14,8

15,3

16,7

18,6

20,4

-

Javdar

6,9

8,2

9,6

10,9

12,2

13,5

15,1

16,2

17,5

19,3

21,6

24,5

Suli

5,5

7,2

8,8

10,2

11,4

12,5

14,0

15,2

17,0

19,5

22,6

-

Makkajo’xori

0,2

7,9

9,3

10,7

11,9

13,1

14,6

15,5

16,5

18,1

20,7

25.0

No’xat

5,3

7,0

8,6

10,3

11,9

13,5

15,0

15,9

17,1

19,0

22,0

26,0

Bo’ri lukkak

4,2

6,2

7,8

9,1

10,5

11,7

13,4

14,5

16,7

25,0

-

-

Dukkaklar

4,7

6,8

8.5

10,1

11,6

13,1

14,8

15,9

17,2

19,5

22,6

27,2

14-jadval
Moyli o’simlik donlarining 22–25 0C haroratidagi muvozanat namligi

O’simlik turi







Havoning nisbiy namligi, %




20,20

49,30

57,05

68,12

78,70

87,54

94,0

Kanakunjut

2,99

4,33

5,44

5,94

6,60

8,42

10,00

Kungaboqar

3,27

4,79

6,43

7,25

8,37

11,07

-

Ko’k xantal

4,07

5,15

6,85

7,65

9,44

12,00

16,40

Zig’ir

4,10

5,50

7,07

7,99

9,43

12,45

-

Oq xantal

4,35

5,32

6,84

7,82

10,19

13,73

-

G’o’za

4,84

6,60

7,28

9,60

11,57

15,47

18,00

Soya

5,10

6,31

8,95

-

13,97

18,89

-

Ayniqsa moyli o’simliklar donlari muvozanat namligi g’alla ekinlari donlariga nisbatan keskin farq qilib, deyarli ikki barobar namdir.
Buni moyli o’simlik donlari tarkibida yog’ning ko’pligi va gidrofil kalloidlarning kamligi bilan izohlash mumkin. Don tarkibida yog’ qancha ko’p bo’lsa, u suvni shuncha kam singdiradi.
Agar moyli ekinlar donlarining muvozanat namligi ularning gidrofil qismiga nisbatan hisoblansa, bu kattalik boshoqli donlar namligi ko’rsatkichlari bilan deyarli bir xil bo’ladi.
Don uyumida fiziologik jarayonlarning borishi hamda quyi issiqlik o’tkazuvchanlik oqibatida haroratning ko’tarilib ketishi o’zo’zidan qizish deb ataladi. O’z-o’zidan qizish don massasida turli-tuman omillar ta’sirida yuzaga keladi. Donlarning jadal nafas olishi natijasida hamda yovvoyi o’simliklarning urug’lari, mikroorganizm, hasharot va kanalardan ajraladigan issiqlik donda issiqlikni yomon o’tkazishi sababli ushlanib qoladi.
Natijada shu nuqtadan boshlab qizish boshlanadi. O’z-o’zidan qizish boshlanganda dastlab don massasining ba’zi qismlarida, so’ngra uning barcha qismlarida harorat 55–650C gacha ko’tariladi.

4-yuqori qismida; 5-vertikal qismda; 6-quyi qismida. 34-rasm. Don uyumlarida qizish tasviri.
Don uyumlarida o’z-o’zidan qizish jarayonining rivojlanish tezligi xilma-xil bo’lishi mumkin. Ba’zi hollarda jarayon boshlangandan bir necha kun o’tgach, ba’zida esa juda uzoq davrdan keyin 50 0C harorat yuzaga keladi. Qizishdagi bunday farq juda ko’p sabablarga bog’liq bo’lib, ularni uch guruhga bo’lishi mumkin: don uyumining holati; omborlarning holati va konstruksiyasi: don uyumlarining saqlanish sharoiti va ularni kuzatish usullari.
Don uyumini ishlab chiqarish sharoitida omborlar va elevatorlarda saqlashdagi ko’p sonli kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, o’z-o’zidan qizish jarayoni qat’iy belgilangan qonuniyat asosida yuzaga keladi. Don uyumida uchraydigan barcha turdagi o’z-o’zidan qizish jarayonini uch guruhga ajratish mumkin: uyali, qatlamli va yalpi.

35-rasm. Don uyumlarida qizish tasviri.

6. Qatlamli va uyali o’z-o’zidan qizish


Don uyumining istalgan qismida yuzaga kelishi mumkin. Bunda jarayonning rivojlanishiga quyidagi sabablardan biri dastlabki shartsharoit bo’lib xizmat qiladi: tomlarning shikastlanganligi yoki ombor devorlarining yaxshi himoyalanmaganligi oqibatida don uyumining ba’zi joylarining namlanib qolishi; bir omborga turli namlikdagi donlarni joylashtirish va oqibatda yuqori namlikka ega bo’lgan o’choqlarning (uyalar) vujudga kelishi; aralashmalar tarkibi jihatidan keskin farq qiluvchi don uyumlarini joylashtirish oqibatida uyumda katta miqdordagi aralashmalar va changli (bunga bog’liq holda mikroorganizmlar ham) joylarning hosil bo’lishi; qatlamning biror joyida hasharotlar va kanalarning ko’plab to’planishi.
Qatlamli o’z-o’zidan qizish jarayoni don uyumlarini omborxonalarda, elevatorlarda, shuningdek xirmonlarda saqlanayotgan donlarda kelib chiqadi. O’z-o’zidan qizishning bunday ko’rinishi qatlamli deb atalishiga sabab, saqlanayotgan don uyumlarida qizish vertikal yoki gorizontal qatlam ko’rinishda yuzaga keladi qiziyotgan qatlam uyumning qaysi qismida paydo bo’lganligiga bog’liq holat o’z-o’zidan qizish yuqorigi-pastgi yoki vertikal qatlamli turlarga ajratiladi.

36-rasm. Don uyumlarida qizish tasviri.

7. Pastki va vertikal – qatlamli o’z-o’zidan qizish


Omborxona, silos yoki xirmonlarda saqlanayotgan don uyumining quyi qismlarida (sath yoki silos tubidan 20–50 sm yuqorida) gorizontal qatlam ko’rinishida rivojlanadi. Bu qatlamli o’z-o’zidan qizishning xavfli ko’rinishlaridan biri bo’lib, unda qiziy boshlagan quyi qatlamlarda hosil bo’lgan yuqori harorat yuqorida joylashgan qatlamlarga oson uzatiladi va qisqa muddat ichida don uyumi butunlay o’z-o’zidan qizib qolishi mumkin.
Vertikal – qatlamli o’z-o’zidan qizish siloslarda saqlanadigan don uyumlari uchun xosdir, biroq u omborxonalarda ham uchrashi mumkin. Uning asosiy sababi omborxona devorining bir tekisda isimaganligi yoki sovimaganligi bo’lishi mumkin, masalan, quyosh ta’sirida silosning bir tomoni isishi yoki tutashgan qo’shni siloslardan devorlar orqali issiqlikning uzatilishi.
Yalpi o’z-o’zidan qizish o’z-o’zidan qizishning shunday ko’rinishiki, bunda, qat’iy chegaralangan yon qismlaridan tashqari don uyumi butunlay qizib qoladi.
Don uyumining holati. Barcha sharoit va ko’rsatkichlar ichida xarakterlisi hisoblanadi, ayniqsa qizish jarayonining jadalligiga uning namligi, harorati fiziologik faolligi va mikroflorasi tarkibi katta ta’sir ko’rsatadi. Don massasida kapillar namlik kam bo’lishi (suv bug’larining kondensatsiyasi) qizish intensivligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Don massasida erkin suv qancha yuqori bo’lsa, o’z-o’zidan qizish shuncha intensiv tarzda yuzaga keladi.


Download 367.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling