ToshkentDonmaxsulot


Download 367.81 Kb.
bet1/12
Sana11.05.2023
Hajmi367.81 Kb.
#1450440
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
don mahsulot



Mundarija:
Kirish

  1. ToshkentDonmaxsulot” aksiyadorlik jamiyati tarixi

  2. O’z-o’zidan saralanish

  3. Don massasining g’ovakligi

  4. Issiqlik sig’imi va o’tkazuvchanligi

  5. Harorat o’tkazuvchanligi

  6. Qatlamli va uyali o’z-o’zidan qizish

  7. Pastki va vertikal – qatlamli o’z-o’zidan qizish

  8. Don uyumining o’z-o’zidan qizishida mikroorganizmlarning o’rni

  9. Don uyumlarining saqlanish sharoiti va ularni kuzatish usullari

  10. Donning kimyoviy tarkibi


1. Don va don mahsulotlarining fizik xossalari


Donning fizikaviy-kimyoviy xossalari. Donning fizikaviy-kimyoviy xossalarini ularning turli jihatlarini aniqlaydigan katta miqdordagi ko’rsatkichlar bilan baholashadi. Ularning hammasi ahamiyatli darajada un yanchish, yorma va omixta-yem ishlab chiqarishning turli texnologik jarayonlari konkret rejimlarini tanlab olishga ta’sir qiladi.

3-sxema. Donning fizikaviy-kimyoviy xossalari.
Keltirilgan sxema donning fizikaviy-kimyoviy xossalarining ko’rsatkichlari donning texnologik xossalari, texnologik jarayonlarini yuritishga ta’siri bo’yicha guruhlashtirishning variantlaridan birini ko’rsatadi.
Har qanday don uyumi saqlash davrida hisobga olinishi lozim bo’lgan muayyan fizik xossalarga ega bo’ladi. Fizik xossalarga: sochiluvchanlik, o’z-o’zidan saralanish, g’ovaklik, har xil gaz va bug’larga nisbatan sorbitsionlik, (gaz va bug’larni o’ziga singdirishi), issiqlik sig’imi, harorat o’tkazuvchanlik, issiqlik va namlik o’tkazuvchanlik kiradi.
Bu xossalardan to’g’ri va mohirlik bilan foydalanish mutaxassislar zimmasiga yuklatiladi. Don uyumi sifatini oshirish, shuningdek donni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan barcha korxona va tashkilotlarda hamda un ishlab chiqarishda donning to’xtab qolishi, tizimlarda donlarning ushlanib qolinishini oldini olishga imkon beradi.
Donning fizik xossalari mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish jarayonlarida, shu jumladan, donlarni xirmonlarga joylashtirish, quritishning zamonaviy usullarini tatbiq etish, donni qayta ishlash bilan bog’liq jarayonlarda tebranma transportyorlarni qo’llash va donlarni yirik inshootlarda (siloslar, zamonaviy elevatorlar, metall bunkerlar va h.k.) saqlashda ayniqsa muhimdir.
Don massasi ikki fazali dispers sistema (don va havo) bo’lib, sochiluvchan material hisoblanadi. Yaxshi sochiluvchanlik donni noriyalar, transportyorlar, pnevmotransportyorli uskunalarda aralashtirish joylash, omborxona va transportlarga joylash va boshqa texnologik jarayonlarda yengillik tug’diradi. Donni ortish-tushirish ishlarida sochiluvchanlik xususiyatlaridan keng ko’lamda foydalaniladi. Bu prinsipga bog’liq holda un va yorma zavodlarida don elevatorlari vertikal uslubda qurilgan. Maxsus noriyalar yordamida elevatorning yuqori qavatiga ko’tarilgan don massasi o’zining to’kiluvchanligi xususiyatiga ko’ra maxsus tarnovlarda belgilangan mashinalarga oqib tushadi.
Silosli elevatorlarda yuklash-tushirish jarayonlari ham yuqoridagi prinsipga asoslangan. Omborxonalarni don massasiga to’ldirish darajasi ham sochiluvchanlikka bog’liqdir: sochiluvchanlik qanchalik yuqori bo’lsa, silosning to’lishi shunchalik tez va yaxshi bo’ladi.
Shuningdek, sochiluvchanlik omborxonalarni statistik hisoblashda qo’llaniladi. Donning sochiluvchanligi don omborlari, un, yorma va omixta-yem zavodlari, yuklash-tushirish uskunalari va omborlarni loyihalash va ularni ekspluatatsiya qilishda muhim ahamiyatga egadir.
Odatda don massasining sochiluvchanligi uchun ishqalanish burchagi va tabiiy qiyalikni o’lchash yo’li bilan aniqlanuvchi ishqalanish koeffitsiyenti xarakterlidir. Ishqalanish burchagi deganda don massasining biror yuzada sirpana boshlaydigan nisbatan kichik burchak tushuniladi. Don massasining tabiiy qiyaligi yoki og’ish burchagi deganda tekis yuzaga erkin to’kilayotgan don hosil qilgan konussimon shaklning yuzaga nisbatan burchagi tushuniladi.


Download 367.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling