ToshkentDonmaxsulot


Don massasining g’ovakligi


Download 367.81 Kb.
bet4/12
Sana11.05.2023
Hajmi367.81 Kb.
#1450440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
don mahsulot

3. Don massasining g’ovakligi


G’ovaklik deganda don uyumidagi donlararo havo bilan to’lgan bo’shliq tushuniladi. Don uyumining g’ovakligi uni saqlash davrida kechadigan barcha fiziologik va biologik jarayonlarga ta’sir etadi.
G’ovaklik faqatgina donning morfologik tuzilishiga, yirikligiga bog’liq bo’libgina qolmay, balki uning namligi, begona aralashmalar miqdori, qalinligi hamda bir tekisligiga bog’liqdir.
Don uyumining g’ovaklaridagi havo uyumdagi har bir tirik organizmni uzoq muddat havo bilan ta’minlab turadi. Shuningdek bu havo urug’lik donlarning unish qobiliyatini saqlanishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Don uyumining joylashishida zichlik qanchalik kam bo’lsa, g’ovaklik shunchalik yuqori bo’ladi. Bu esa amalda don massasi uchun ko’p joyni talab etadi.
Don uyumidagi g’ovaklikning hajmi don turi, namligi va boshqa ko’rsatkichlarga bog’liq holda turlicha bo’ladi. Masalan, bug’doyni 1,2–1,42 sm3 hajmda zichlaganda uning asl og’irligi shunga muvofiq 730–820 g/.l bo’ladi. Donning zichlanishi bilan natura orasidagi farq g’ovaklik hajmini aniqlaydi, donning g’ovakligi oralig’idagi hajmi don uyumini egallagan umumiy hajmga nisbatan belgilanadi. Don uyumi g’ovakligini (S) quyidagi formula bilan topish mumkin:

bu yerda, W – don uyumining umumiy hajmi, ml; V – don uyumi qattiq jismlarining haqiqiy hajmi; ml.
G’ovaklikni, shuningdek, quyidagi formula yordamida ham aniqlash mumkin: S
bu yerda, t – don massasining zichligi, g/ml.

bu yerda, Vv don uyumining oralig’idagi havo hajmi; V – don uyumi hajmi.
Don uyumining ichida yirik va mayda donlar aralash bo’lsa, don uyumi zich joylashib, g’ovaklik nisbatan kichik bo’ladi, donlar yirikmaydaligi bir tekis bo’lsa, shuningdek yumaloq hamda po’sti notekis bo’lgan donlarda g’ovaklik nisbatan yuqori bo’ladi. Don uyumida namlik qanchalik ko’p bo’lsa, to’kiluvchanlik shuncha qiyinlashadi va uyumning zichligi oshadi.
Bu hol don uyumi g’ovakligining kamayishiga olib keladi. Donlarning saralanishi don uyumi g’ovakligining o’zgarishiga sabab bo’ladi, hosil bo’lgan farq shamollatish, quritishda turli qavatlarda havoning notekis taqsimlanishiga olib keladi.
11-jadval

Download 367.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling