Tursunboyev Humoyunmirzoning "Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlash asoslari"


"Metrologiya tо’g’risida"gi qonun nechta bо’lim, moddani о’z ichiga olgan hamda har bir bo’limni ta’riflab misollar keltiring?


Download 20.53 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi20.53 Kb.
#215822
1   2
Bog'liq
2-amaliy METROLOGIYA oz

2. "Metrologiya tо’g’risida"gi qonun nechta bо’lim, moddani о’z ichiga olgan hamda har bir bo’limni ta’riflab misollar keltiring?

Qonunning bo’limlari quyidagicha nomlanadi:

I bolim. Umumiy qoidalar;

II bo’lim. O’lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo’llash;

III bo’lim. O’zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari;

IV bo’lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati;

V bo’lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash.

Qonunning I bo’limi 1—4-moddalar va 4-moddaga qo’shimcha moddadan tashkil topgan bo’lib, u asosiy tushunchalar; metro­logiya to’g’risidagi qonun hujjatlari; xalqaro shartnomalar va bitimlar; metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish; o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishinita’minlashga oid me’yyoriy hujjatlarga bag’ishlangan.

Qonunning II bolimi 5—8-moddalardan tashkil topgan bo’lib, bu moddalar olcham birliklari; olchamlar birliklarining etalonlari; o’lchov vositalari, o’lchovlarni bajarish uslubiyotlariga bag’ishlangan.

Qonunning III bolimi 9~ 11-moddalardan tashkil topgan va unda O’zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi; davlat metrologiya xizmati; yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlariga tegishli ma’lumotlar keltirilgan.

Qonunning IV bolimi 12—19-moddalar va 18-moddaga qo’shimcha moddadan tashkil topgan bo’lib, unda davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o’tkazish tartibi; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan sohalar; davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari; o’lchov vositalarining turlarini tasdiqlash; o’lchov vositalarinitekshiruvdan o’tkazish, o’lchov vositalarini kalibrlash; o’lchov vositalarinitayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shug’ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga litsenziya berish; metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish; metrologiya me’yorlari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar keltirilgan.

Qonunning V bolimi 20—21-moddalardan iborat va unda metrologiya ishlarini davlat tomonidan moliyaviy ta’minlash; metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to lash tartiblari kel­tirilgan.

Qonunda metrologiya sohasidagi atamalar va ta’riflar, davlat boshqaruv vakolatli idorasining faoliyat sohasi, kattaliklarning birliklari, ularni qayta tiklash va qo’llash, O’zbekiston Respub­likasining metrologik xizmatlari, davlat metrologik tekshiruv va nazorati, metrologiya bo’yicha ishlarni tashkillashtirish belgilangan.

O’lchashlar birliligi o’lchash holati sifatida belgilangan. Bunda o’lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanadi va o’lchashlarning xatoliklari belgilangan ehtimollik bilan berilgan.

Qonunga muvofiq metrologiya faoliyati davlat boshqaruvini metrologiya bo’yicha milliy idora — O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertilikatlashtirish agentligi («O’zstandart» agentligi) amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi 410-sonli, 1996-yil 9-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Milliy etalon bazasini shakllantirisli va metrologik ta’minlashni takomillashtirish to’g’risida»gi 53-sonli qarorlariga muvofiq metrologik faoliyatning ba’zi sohalari aniqlangan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 373-sonli «O’zbekiston davlat standartlashtirish, met­rologiya va sertilikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi qarorida «O’zstandart» agentligining tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, ishlari va huquqlari belgilangan.



Talaba

Guruhi

Ish bajarilgan kun

O’qituvchining imzosi

Tursunboyev X

74-18KT







Download 20.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling