Tushunchа hosil qilishning mantiqiy usullari reja


Ziddiyatsizlik qonuni. Ziddiyatsizlik qonuniga


Download 243.77 Kb.
bet3/11
Sana31.10.2023
Hajmi243.77 Kb.
#1736036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
МАЪРУЗА МАТНИ

Ziddiyatsizlik qonuni. Ziddiyatsizlik qonuniga muvofiq ayni bir narsa haqida, ayni bir vaqtning o’zida, ayni bir nisbatda aytilgan ikki qarama-qarshi fikr birdaniga chin bo’lishi mumkin emas: ulardan birining chinligi ikkinchisining xatoligini keltirib chiqaradi.
Mantiqiy fikrlash ziddiyatlarsiz fikrlash ma’nosini bildiradi.
Tafakkurdagi ziddiyat ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi; qarama-qarshi (kontrar) vazid (kontradiktor). Kontrar lotincha «contrartius» so’zidan olingan bo’lib, qarama-qarshi degan ma’noni ifodalaydi.
Kontrar fikrlar degandabir-biriga qarama-qarshi ma’noni ifodalaydigan fikrlar nazarda tutiladi. Qarama-qarshi (kontrar) munosabatni quyidagicha ifodalash mumkin: Bir narsa yoki hodisa haqidagi ikki fikr (A va V) o’zaro bir-birini inkor etadi, bir-biriga qarama-qarshi. A fikrning chinligi V ning xatoligini yoki V ning chinligi A ning xatoligini anglatadi. Har ikki (A va V) fikr bir vaqtning o’zida xato bo’lishi mumkin. Masalan:
Uchinchisi istisno qonuni. Uchinchisi istisno qonuni ma’no jihatidan ziddiyatsizlik qonunining bevosita davomi bo’lib, faqat zid (o’zaro bir-birini tamomila inkor etuvchi) fikrlarganisbatan qo’llanadi. Uchinchisi istisno qonuniga ko’ra,bir-biriga zid bo’lgan ikki fikr (muhokamadan) birining chinligi hamisha ikkinchisining xatoligini keltirib chiqaradi, uchinchisi bo’lishi mumkin emas, ya’ni istisno qilinadi.
Tafakko`rning bu qonunini buyuk yunon faylasufi Aristotel ikki zid fikr orasida uchinchisining bo’lishi mumkin emas, deb ta’riflagan. Mantiqning bu qonuni belgi, xususiyat, munosabatning narsaga xos ekanligini tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Bunda bir narsa haqida ikki bir-biriga batamom zid fikrlar o’rtasidagi munosabatlar nazarda tutiladi. Masalan:
Bu geometrik shakl - o’tkir burchakli uchburchak (A - V dir).
Bu geometrik shakl - o’tkir burchakli uchburchak emas (A - V emasdir) fikrlari o’zaro zidlik munosabatida. Ular mantiqdaA yoki V yoki V emasdir formulasi bilan ifodalanadi. Matematik mantiqda bu qonun av aformulasi shaklida beriladi. Bundaa har qanday fikrni, «a» unga zid bo’lgan fikrni, v zidlik belgisini ifodalaydi.
Uchinchisi istisno qonuni to’g’ri fikrlashning asosiy shartlaridan bo’lsa-da, to’g’ri tafakkur qilish, chin bilimlar hosil qilish uchun uning o’zi kifoya qilmaydi. Buning uchun mavjud narsa va hodisalarni, ularning munosabatlarini chuqur, atroflicha o’rganish talab qilinadi. Uchinchisi istisno qonuni muhokama jarayonida to’g’ri xulosa chiqarish imkonini beradi. Lekin buning o’ziga xos sharti mavjud: Uchinchisi istisno qonuni zid fikrlargagina tegishli buladi. Uchinchisi istisno qonunining ilmiy izlanishlarni olib borishda o’ziga xos o’rni bor. U nazariy tadqiqotlar jarayonida fikrdagi noaniqlikni, chalkashlikni bartaraf etishning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Uning yordamida inson bilimi narsa va hodisalarning mohiyatiga qadar chuqurlashib boradi vata’kidlash joizki, zidlikning tomonlaridan biri ayrim hollarda noaniq bo’lib qolaveradi. Bu hol uchinchisi istisno qonunining dixotomiyaga xos tomonlarini hisobgaolishni talab qiladi.

Download 243.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling