Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida


Shaxs tarbiyasi, rivojlanishi va ijtimoiylashuvi


Download 1.33 Mb.
bet3/22
Sana08.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1754549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida-fayllar.org

4. Shaxs tarbiyasi, rivojlanishi va ijtimoiylashuvi
  1. Insonni biologik va ijtimoiy rivojlanishi hamda uning shaxsini shakllanishi.


  2. Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va harakatlantiruvchi kuchlari.


  3. Shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.


4.1.Insonni biologik va ijtimoiy rivojlanishi hamda uning shaxsini


shakllanishi
Pedagogika nazariyasi va amaliyotining asosiy, murakkab muammolaridan biri shaxs, uning shakllanishi, rivojlanishi va ijtimoiylashuvi masalasidir. Ushbu muammoning turli aspektlarini turli fanlar tomonidan: falsafa, sotsiologiya, fiziologiya, anatomiya, psixologiya va b. o‘rganiladi.
Pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsni rivojlanishi, shakllanishi va ijtimoiylashuvi uchun samarali sharoitlarini yaratilishini o‘rganadi.
Bu sharoitlarni o‘rganishdan oldin mavzuga tegishli asosiy tushunchalarni ko‘rib chiqaylik. Ushbu tushuchalar inson, shaxs, individ, individuallik.
Odam — bu nutq va tafakkurga ega bo‘lgan, mehnat qurollarini yaratuvchi va uni hayot jarayonida qo‘llash qobiliyatiga ega, o‘zida jismoniy va ma’naviy, tabiiy va ijtimoiy, irsiy va kashf qilingan xususiyatlarni o‘zida ifodalovchi tirik mavjudot.
Shaxs - bu ijtimoiy rivojlanishning mahsuloti, mehnat, muloqot va bilish subyekti sifatida aniq tarixiy sharoitda yashab, ijtimoiy funksiyani bajaruvchi inson hisoblanadi. A.N.Leontevning fikricha, shaxs ijtimoiy-tarixiy va insonni ontogenetik rivojlanishi mahsuli hisoblanadi.
Individ tushunchasi insonni tug‘ilishiga taalluqli bo‘lib, aniq ijtimoiy va psixologik xarakteristikaga kirmaydi. Individuallik tushuncha sifatida individni boshqalaridan farqlovchi, ontogenez jarayonida shakllangan jismoniy va psixologik xususiyatlarni ifodalaydi. Individuallik insonni qobiliyatlarida va ehtiyojlarida, xarakterida va temperamentida ifodalanadi.
Mutaxassislar «odam», «individ», «shaxs», «individual» tushunchalarini qiyoslash natijasida odam individ sifatida tug‘ilib, shaxs sifatida shakllanib, individuallik xususiyatlarini namoyon qiladi deb ta’kidlaydilar.
Quyida falsafa, psixologiya va pedagogikada rivojlanish, shakllanish, ijtimoiylashuv tushunchalarini farqlanishini ko‘rib chiqaylik.
Rivojlanish deganda nima tushuniladi?
Ta’kidlash lozimki, rivojlanish — bu tabiat, jamiyat va insonni umumiy xususiyatlaridir. Rivojlanish tabiatda asta-sekinlik bilan va har xil o‘zgarishlar bilan, jamiyatda evolutsion va revolutsion, insonda filogenez (insonni tarixiy rivojlanishi) va ontogenez (individning tug‘ilgandan o‘lguncha rivojlanishi) ko‘rinishlarda amalga oshadi.
Falsafiy, psixologik va pedagogik adabiyotlarda ushbu tushunchaga har xil yondashuvlarda qaraladi. «Falsafiy ensiklopediyada» rivojlanish harakatning yuqori turi sifatida, materiya va ongning o‘zgarishi, bir xil sifatdan ikkinchi

34
sifatga, eskidan yangiga o‘tish sifatida qaraladi. Psixologiyada «rivojlanish» atamasi an’anaviy tarzda — progressiv (tizimni murakkablashuvi) yoki regressiv (tizimni o‘zgarishi) o‘zgarishlar bo‘lganda qo‘llaniladi, masalan, xotirani, diqqatni, hissiy sohalarni rivojlanishi v.b.


Pedagogikada rivojlanish deganda, shaxsdagi bir yosh davrdan ikkinchi yosh davrga o‘tganda kuzatiladigan sifat va miqdor o‘zgarishlar tushuniladi.
Shunday qilib, rivojlanish — bu insonni organizmidagi, ruhiyatidagi, aqliy va ma’naviy sohasidagi tashqi va ichki, boshqariladigan va boshqarilmaydigan omillar ta’siridagi miqdor va sifat o‘zgarishlaridir. Insonni hayoti davomida biologik va ijtimoiy rivojlanish bo‘lib o‘tadi.
Biologik rivojlanish morfologik (bo‘yi, og‘irligi, hajmi.); biokimyo (qon tarkibi, suyak, muskul); fiziologik (ovqat hazm qilish, qon aylanishi, jinsiy rivojlanish ) o‘zgarishlari bilan bog‘liq.
Ijtimoiy rivojlanish psixik (xotirani, tafakkurni, hissiyotni, xarakterni shakllanishi); ma’naviy (axloqiy shakllanish, ongni o‘zgarishi); intellektual (bilimlarni kengayishi va chuqurlashuvi, aqliy o‘sish)o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Insonni biologik, ijtimoiy rivojlanishi—bu ko‘p omillar ta’sirida kechadigan murakkab, uzoq davom etadigan, ziddiyatli, jarayon. Shaxs rivojlanishining ko‘rsatkichlari insonni dunyoga bo‘lgan munosabatidagi, faoliyatidagi, xulqidagi, onggidagi sifat o‘zgarishlari hisoblanadi. Rivojlanish natijasi — insonni biologik tur va ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishi hisoblanadi.
Odatda, agar morfologik, fiziologik, psixologik o‘zgarish ro‘y bersa rivojlanish atamasi, agar xulq-atvorda axloqiy, ma’naviy o‘zgarishlar ro‘y bersa shakllanish atamasi qo‘llaniladi.
Shunday qilib, inson dunyoga biologik mavjudot sifatida kelib, rivojlanish natijasida ijtimoiy munosabatlar va faoliyat subyekti sifatida shaxs bo‘lib ijtimoiy mavjudotga aylanadi.
Shaxsni rivojlanish jarayonini turli falsafiy yo‘nalish vakillari turlicha tushuntiradilar. Uch xil biologik, sotsiologik, biosotsiologik konsepsiya mavjud.
Biologik konsepsiya vakillarining fikricha, shaxs bu tabiiy mavjudot, inson xulq-atvori tug‘ilgandan ehtiyojlar, instinktlar asosida paydo bo‘ladi deb ta’kidlaydilar. (3. Freyd v.b.). Ularning fikricha:
Inson - tabiiy mavjudot.
Shaxsning ma’naviyati biologik asosga ega.
Insonni rivojlanishi va xulq-atvori tug‘ilgandan boshlab ehtiyojlar, instinktlar asosida paydo bo‘ladi.
Tarbiya rivojlanish jarayonini tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi.
Sotsiologik konsepsiya vakillarining fikricha, inson biologik mavjudot sifatida tug‘ilib, hayot faoliyati jarayonida asta-sekinlik bilan muhit ta’siri ostida ijtimoiylashadi. Muhit shaxs shakllanishining asosiy omili hisoblanadi.Tarbiya xarakterni tuzatishga xizmat qiladi.
Biosotsiologik konsepsiya vakillarining fikricha, inson biologik va ijtimoiy mavjudot hisoblanadi. Psixik jarayonlar (sezish, his etish, tafakkur v.b.) biologik xarakterga ega.

35
Shaxsni qiziqishlari, qobiliyatlari, yo‘nalishlari ijtimoiy hodisa sifatida ijtimoiy muhit ta’siriga obyektiv va maxsus tashkil etilgan ta’sir natijasida shakllanadi.


Pedagogika fani shaxsni biologik va ijtimoiy ajratmagan holda bir butun hodisa sifatida o‘rganadi Biologik va ijtimoiy omillar ikkita parallel yoki bir- biriga bog‘liq bo‘lmagan omillar emas. Ular insonga bir vaqtda kompleks tarzda ta’sir qiladi.
Shaxs rivojlanishi to‘g‘risidagi turli konsepsiyalar asosida pedagogik nazariyalar shakllanadi, ta’lim-tarbiyaning metodlari, vositalari, shakllari ishlab chiqiladi. Shaxsni tarbiyalanganligi shaxsni tashqi dunyoga va o‘z hayotiga; insoniy qadriyatlarga (umuminsoniy qadriyatlarga, madaniyatga, fan-texnika yutuqlariga, ta’limga, ilmga, axloqqa, ozodlikka, aqliy-diniy tenglikka); jamiyatga, vatanga, xalqqa, tarixga, tilga; hayotdagi muammo va qiyinchiliklariga; jamoaga, guruhga; ijtimoiy faollikka; odamlarga (do‘stlik, insoniylik, halollik, tartiblilik, g‘amxo‘rlik); hayotdagi o‘z imkoniyatlariga hamda o‘ziga bo‘lgan munosa- batlarida ifodalanadi.
So‘nggi paytlarda pedagogikada shaxsning rivojlanishi, shakllanishi tushun- chalaridan tashqari shaxsni ijtimoiylashuvi tushunchasi keng qo‘llanilmoqda. Ijtimoiylashuv deganda insonni jamiyat bilan aloqasi, shaxsni ijtimoiy muhit bilan o‘zaro aloqasi jarayonida uni jamiyatga moslashuvi tushuniladi.
Ijtimoiylashuv insonni o‘zi yashab turgan jamiyat me’yorlarini, qadriyatlarini, xulq-atvor normalarini, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy aloqalarini o‘zlashtirishni aniqlaydi. Ijtimoiylashuv butun hayot davomida insonni muhit bilan maqsadga yo‘naltirilgan aloqasida va stixiyali sharoitlarda amalga oshadi. Ongli nazorat qilinadigan ijtimoiylashuv tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Tarbiya shaxsga ta’sir etuvchilarni tartibga solib, uni ijtimoiylashuvini tezlashtirish uchun sharoit yaratadi.
  1. Shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlari va harakatlantiruvchi kuchlari


Shaxs rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch qarama-qarshiliklar hisoblanadi. Qarama-qarshilik — bu qarama-qarshi tomonlarni nizolarda to‘qnashuvidir.


Qarama-qarshiliklar ichki va tashqi, umumiy va individual turlarga bo‘linadi.
Ichki qarama-qarshiliklar insonni individual hissiyotida ifodalanib, o‘zi bilan kelishmay qolganda hosil bo‘ladi. Masalan, insonni yoshiga qo‘yilgan talablari bilan o‘z organizmi, o‘z imkoniyatlari orasidagi qarama-qarshiliklar.
Tashqi qarama-qarshiliklar insonni boshqa odamlar bilan, jamiyat, tabiat bilan munosabatlarini stimullashtiradi. Masalan, o‘quv muassasalarining talablari va o‘quvchilar xohishi orasidagi qarama-qarshiliklar.
Umumiy qarama-qarshiliklar har bir odamni va barcha odamlarni rivojlanishini ta’minlaydi. Masalan, moddiy va ma’naviy ehtiyojlar va obyektiv

36


omillar ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan real imkoniyatlar orasidagi qarama- qarshiliklar.

Individual qarama-qarshiliklar alohida olingan odam uchun xarakterli.


Qarama-qarshiliklarni bartaraf etish faoliyatni yuqori darajasi orqali amalga oshiriladi. ehtiyoj qondiriladi, qarama-qarshilik hal etiladi. Natijada inson yuqori rivojlanish pog‘onasiga ko‘tariladi. Ammo ehtiyoj qondirilganda, undanda yuqori ehtiyojlar tug‘iladi. Mavjud qarama-qarshilik boshqasi bilan almashadi va rivojlanish davom etaveradi.
Tadqiqotchilar insonni rivojlanishini o‘rganishi natijasida rivojlanish jarayoni va uning natijasi o‘rtasidagi aloqalarni, qator bog‘liqliklarni, ya’ni qonuniyatlarni aniqladilar.
Rivojlanishning asosiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
  • inson rivojlanishi ichki va tashqi sharoitlarni muvozanatlashtiradi;


  • insonni rivojlanishi o‘z-o‘zini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘z faolligi natijasida amalga oshadi;


inson rivojlanishi faoliyatda kechishi;


insonni rivojlanishi u ishtirok etayotgan faoliyat mazmuni va motivlariga bog‘liq.
  • insonni rivojlanishi ko‘p omillar ta’sirida bo‘lishi.


  1. Shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar


Inson shaxsini shakllanishiga tashqi va ichki, biologik va ijtimoiy omillar ta’sir qiladi. Omil - u yoki bu hodisa, jarayonni harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.


Ichki omillarga faoliyat va muloqotdagi shaxsni shaxsiy faolligi, qiziqish va motivlari kiradi.
Tashqi omillarga tabiiy va ijtimoiy makro, mezo va mikroomillar hamda keng va tor ijtimoiy va pedagogik ma’nodagi tarbiya kiradi.
Muhit va tarbiya — bu ijtimoiy omillar, irsiyat esa — biologik omil hisoblanadi.
Faylasuflar, sotsiologlar, psixologlar va pedagoglar orasida biologik va ijtimoiy omillar munosabatlari va ularning inson shaxsini rivojlanishidagi ahamiyati xususida munozara va muhokamalar bo‘lib kelmoqda.
Amerika pedagog va psixologlari vakillari E.Torndayk, D.Dyui, A.Kobslarning ta’kidlashicha, inson ongini, qobiliyatlarini, qiziqish va ehtiyoj- larini irsiyat aniqlaydi. Ushbu yo‘nalish vakillari shaxs rivojlanishining asosiy omili irsiy, biologik omillar deb hisoblab, muhit va tarbiyaning rolini inkor etadilar. Odam shaxsi va xulq-atvorining shakllanishida biologik omillarning rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog‘lab qo‘yuvchi biologik oqimning yana biri, bixeviorizm nazariyasidir. Ushbu nazariyaga amerikalik pedagog E.Torndayk asos solgan. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, ongi va aqliy qobiliyatlari ham nasldan naslga o‘tadi. E.Torndayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta’sirini inkor etadi.

37
Progmatizm nazariyasining asoschisi D.Dyui shaxs rivojlanishini biologik nuqtayi nazardan asosladi. U ham tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta’sirini inkor etib, rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat deb hisoblaydi. Odam nima bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida shu sifat va xususiyat o‘sib boradi. «Haqiqiy tarbiya tashqaridan kiritilgan narsa emas, u odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘stiradi» deb ta’kidlaydi D.Dyui.


D.Lokk, J.J.Russo, K.A.Gelvetsiylarning ta’kidlashicha, insonni rivojla­nishiga muhit va tarbiya ta’sir qiladi. Ular inson rivojlanishida irsiyatni rolini inkor etib, yangi tug‘ilgan bolani — «toza doska»ga qiyoslaydilar.
D. Didro «rivojlanish irsiyat, muhit, tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligi ta’sirida aniqlanadi» deb ta’kidlaydi.
Taniqli rus olimi K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, insonda shaxsiy sifatlarini shakllanishi nafaqat irsiyat, muhit va tarbiya ta’sirida, balki shaxsiy faoliyati natijasida ham shakllanadi. Inson — nafaqat biologik omil va sharoit mahsuli, balki ushbu sharoitda faol ishtirokchidir. U o‘zining sharoitini o‘zgartirib o‘ zini ham o‘ zgartiradi.
Shaxsni shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni ko‘rib chiqaylik. Ayrim mualliflar shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omil irsiyat deb hisoblaydilar.
Irsiyat — bu ota-onaning ayrim belgi va xususiyatlarini genlar yordamida farzandlarga o‘tishidir. Irsiyat orqali bolalarga:
  • anatomo-fiziologik tuzilma, insoniyat vakili sifatida individning tashqi xususiyatlarini ifodalovchi nutq layoqati, to‘g‘ri yurishi, tafakkuri, mehnat faoliyati;


  • jismoniy xususiyatlari: tashqi milliy xususiyatlari, gavda tuzilish xususi- yatlari, yuz tuzilishi, sochi, ko‘zi, terisi rangi; fiziologik xususiyatlari, modda almashinuvi, arterial bosimi va qon guruhi;


  • asab tizimi xususiyatlari: bosh miya qurilishi, uning ko‘rish, eshitish, hid bilish sezgilari, odat va oliy asab faoliyati turini aniqlovchi asab jarayonlari xususiyatlari;


  • organizmdagi anomal rivojlanish: daltonizm; irsiy kasalliklarga moyillik: gemofiliya (qon kasalligi), qandli diabet, shizofreniya, endokrin kasalliklar. Irsiyatdan tashqari shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillardan biri muhit hisoblanadi.


Muhit — bu inson rivojlanishi amalga oshadigan real borliq. Shaxsni shakllanishiga geografik, milliy, maktab, oila muhiti ta’sir qiladi. Shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillardan biri muloqot hisoblanadi. Muloqot — bu shaxslararo munosabatlar shakllanishidagi, odamlar o‘rtasidagi kontaktlarni rivojlanishi va shakllanishidagi shaxsning universal faolligi hisoblanadi.


Zamonaviy fiziologiya va psixologiya fani, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror bir qobiliyatning rivojlanishiga va ro‘yobga chiqishiga ta’sir etadigan imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi degan qarashni ilgari suradi. Layoqat shaxsning idrok, tafakkur, xotira, tasavvur kabi psixik xususiyatlarini individualligini ifodalaydi. Agar bolaning layoqatiga mos sharoit yaratib berilsa, bola zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, uning
38

layoqati rivojlanishi, aksincha sharoit yaratilmasa, u yo‘q bo‘lib ketishi ham mumkin.

Shaxsni rivojlanishi faqat faoliyatda amalga oshadi. Inson hayoti davomida hamisha turli xildagi o‘yin, o‘quv, bilish, mehnat, ijtimoiy, siyosiy, badiiy, ijodiy, sport faoliyatida ishtirok etadi.
Faoliyat inson mavjudligining yo‘l va shakli sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
insonni hayotini moddiy sharoitlarni yaratishni ta’minlaydi;
tabiiy insoniy ehtiyojlarni qondirilishini ta’minlaydi;
tashqi dunyoni qayta shakllantirish va bilishni ta’minlaydi;
insonni ma’naviy dunyosini rivojlantirish omili hisoblanadi;
insonga hayotdagi maqsadlariga erishishlarida, imkoniyatlarini amalga oshirish vosita vazifasini bajaradi;
insonga ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zini namoyon qilishi uchun sharoit yaratadi.
Shaxsni rivojlanishiga jamoa faoliyati katta ta’sir qiladi. Olimlar ta’kidlashicha, aniq sharoitlarda bir tomondan jamoa shaxsni zo‘riqishlarini, ikkinchidan rivojlanishi va individualligi jamoada shakllanadi. Jamoa faoliyati shaxsni ijodiy imkoniyatlarini namoyon qiladi. Shaxsda g‘oyaviy-axloqiy sifatlarni, fuqarolik hissini shakllanishida jamoa faoliyatining roli katta.
Shaxs rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalash muhim rol o‘ynaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘z faoliyatini anglangan va qabul qilingan maqsadidan boshlanadi. Xulq va faoliyatning o‘zi tomonidan aniqlangan maqsadi, ongli zo‘riqishlarini hosil qilib, faoliyat rejasini aniqlaydi. Ushbu aniqlangan maqsad shaxs rivojlanishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, insonni rivojlanishi turli biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida amalga oshadi. Shaxsni rivojlantiradigan va shakllantiradigan omillar alohida- alohida emas, balki kompleks ta’sir qiladi. Turli xil holatlarda shaxsni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar ko‘p va oz ta’sir qiladi. Ko‘plab mutaxassislarning fikricha, shaxsni shakllanishida tarbiyaning roli beqiyosdir.
Nazorat uchun savollar

  1. Shaxs rivojlanishi nimani anglatadi?


  2. Shaxs rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchini izohlang.


  3. Shaxsni rivojlanishi, tarbiyasi, ijtimoiylashuvi mohiyati nimada?


  4. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir qiladi?


  5. Faoliyat shaxsni rivojlanishiga qanday ta’sir qiladi?



39

  1. Yaxlit pedagogik jarayon

    1. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va tuzilishi.


    2. Pedagogik jarayon qonuniyatlari va prinsiplari.


  1. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va tuzilishi


Pedagogik jarayon - bu shaxsni o‘z-o‘zini namoyon qilishi va to‘liq rivojlanishini, subyektlarning ijodkorligi va hamkorligini hamda birgalikdagi faoliyatlarini, ta’lim va tarbiyani birligi va aloqadorligini xarakterlovchi yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayon. Demak, pedagogik jarayon pedagogik tizim sharoitida ta’lim va tarbiya maqsadlarini o‘zaro aloqadorlikda amalga oshirishga qaratilgan yaxlit jarayon hisoblanib, uning mohiyati jarayon ishtirokchilarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarni tanlash va tarbiyaviy munosabatlarni tashkil etish bilan xarakterlanadi.


An’anaviy pedagogik ta’limotda ta’lim-tarbiya birligi, ya’ni yaxlit pedagogik jarayon g‘oyasi XIX asr boshlarida paydo bo‘ldi. Nemis olimi
  1. F.Gerbart pedagogika nazariyasini tarbiyalovchi ta’lim tushunchasi bilan boyitdi. Rus pedagoglari K.D. Ushinskiy, P.F. Kapterev, A.P. Pinkevich, P.P. Blonskiylar tomonidan yaxlit pedagogik jarayon nazariyasi ishlab chiqildi. Biroq sobiq ittifoq davrida yosh avlod tarbiyasi davlat siyosati mafkurasi ruhida tarbiyalash, ta’lim va tarbiya masalalari nazariya va amaliyotda ajralib qoldi.


XX asrning o‘rtalarida sobiq sho‘ro pedagogikasida yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiya aloqadorligi, pedagogik tajribalarda ta’lim va tarbiya birligi ikki aloqador jarayon sifatida namoyon bo‘ldi. Pedagogik jarayon yaxlitligi deganda, biz pedagogik jarayonni tashqi muhit hodisalari bilan aloqadorligini, pedagogik jarayonning barcha o‘zaro aoqador subyektlari o‘rtasidagi hosil bo‘ladigan yaxlit jarayonni tushunamiz. Sobiq ittifoq davrida yaxlit pedagogik jarayon nazariyasining rivojlanishi V.A.Slastyonin ilmiy maktabi bilan bog‘liq. Yaxlit pedagogik jarayon- pedagogik jarayon rivojlanishining oliy darajasi bo‘lib, uning barcha komponentlarining aloqadorligini va birligini ifodalaydi. Yaxlitlik pedagogik jarayonning sintetik xarakteristikasi hisoblanib, ta’lim va tarbiyaning ajralmasligida namoyon bo‘ldi.


Yaxlit pedagogik jarayonning tuzilmaviy komponentlariga: maqsad, mazmun, shakllar, pedagog faoliyati, metod va vositalar hamda o‘quvchilar faoliyati, birgalikdagi faoliyat natijasi kiradi.
Pedagog faoliyati - mutaxassisning maxsus tayyorlangan faoliyati bo‘lib, tarbiyachining kasbiy onggi va ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqadigan maqsad va vazifalardan aniqlanadi. Shuning uchun o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan metod va vositalar maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilar yoki bolalar jamoasi faoliyati ham anglangan va anglanmagan maqsad va motivga ko‘ra aniqlanadi. Bu yerda jamoaning har bir a’zosining shaxsiy maqsadi jamoa yoki o‘qituvchining maqsadi bilan har doim ham mos kelavermaydi.
Yaxlim pedagogik jarayon quyidagi funksiyalarni bajaradi: Yaxlit pedagogik jarayonning tarbiyaviy funksiyasi o‘quv tarbiyaviy jarayonda qo‘llaniladigan
40
o‘quv reja va dasturlarda, metod va vositalarda, tarbiyachilar shaxsi va kasbiy mahoratida umuman tarbiya makonida namoyon bo‘ladi. Yaxlit pedagogik jara­yonining ta’limiy funksiyasi asosan ta’lim jarayonida, barcha sinfdan tashqari ish- lardagi ijodiy faoliyat va munosabat tajribasi, bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘in- disi sifatida umuminsoniy madaniyat elementlarini o‘zlashtirilishi bilan xarakter­lanadi. Yaxlit pedagogik jarayonining rivojlantiruvchi funksiyasi har qanday o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishida amalga oshiriladi, ammo rivojlanish tezligi bilim, ko‘nikma, malakalarga yoki o‘quvchilarni bilish yoki motivni shakllantirish sohalariga e’tibor qaratilganligiga bog‘liq. Pedagogik jarayonning ijtimoiylash- tirish funksiyasi barcha ta’lim muassasalarida namoyon bo‘ladi. Har qanday ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchi o‘zi uchun yangi munosabatlarga kirishadi.
  1. Pedagogik jarayon qonuniyatlari va prinsiplari


Pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi. 1. Peda­gogik jarayonni dinamikligi qonuniyati. Pedagogik jarayon o‘zgaruvchan xarak­terda bo‘lib, jarayonning boshlanishidan yakuniy bosqichgacha pedagog va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro hamkorliklarida ham bu hol sezilib turadi.


  1. Pedagogik jarayonda shaxsni rivojlanishi qonuniyati. Shaxs rivojla­nishi tempi va erishilganlik darajasi irsiyatga, tarbiyaviy va o‘quv muhitiga, o‘quv- tarbiyaviy faoliyatga kirishuviga, pedagogik ta’sir ko‘rsatishning metod va vositalariga bog‘liq.


  2. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish qonuniyati. Pedagogik ta’sir samara- dorligi pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi teskari aloqalarning tezligiga hamda tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishning asoslanganligiga va xarakteriga bog‘liq.


  3. Pedagogik jarayonda stimullashtirish qonuniyati. Pedagogik jarayon mahsuldorligi o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning ichki stimul va motivlariga hamda tashqi ( ijtimoiy, pedagogik, axloqiy, moddiy) stimullarning tezligi va xarakteriga bog‘liq.


  4. Pedagogik jarayonda amaliyot, mantiq va hissiyot birligi qonuni­yati. Pedagogik jarayon samaradorligi hissiy bilish tezligi va sifatiga, mantiqiy fikrlar va o‘zlashtirilgan materialni amaliyotda qo‘llanilishiga bog‘liq.


  5. Tashqi ( pedagogik) va ichki(bilish) faoliyat birligi qonuniyati. Pedagogik jarayon samaradorligi pedagogik faoliyat va tarbiyalanuvchilarning shaxsiy o‘quv- tarbiyaviy faoliyati sifatiga bog‘liq.


  6. Pedagogik jarayonning bog‘liqligi qonuniyati. Pedagogik jarayonni borishi va natijasi jamiyat va shaxs ehtiyojlariga, jamiyatning (moddiy-texnik, iqtisodiy) imkoniyatlariga, jarayonning (axloqiy-psixologik, sanitar-gigiyenik, estetik) shart sharoitlariga bog‘liq.


Nazorat uchun savollar


  1. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasiga izoh bering?


  2. Yaxlit pedagogik jarayon tuzilishini asoslang?


  3. Pedagogik jarayon qonuniyatlari va prinsiplari mazmun mohiyatini yoriting?



41

  1. bob. TA’LIM NAZARIYASI (DIDAKTIKA)



  1. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi


    1. Ta’lim nazariyasi yoki didaktika to‘g‘risida umumiy tushuncha.


    2. Ta’lim nazariy asining asosiy kategoriyalari.


    3. Ta’lim jarayonining gnoseologik asoslari.


    4. Ta’lim jarayonining qonuniyatlari va harakatlantiruvchi kuchlari.


    5. Ta’lim jarayonining tuzilishi va funksiyalari.


  1. Ta’lim nazariyasi yoki didaktika to‘g‘risida umumiy tushuncha


Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning maqsadi shaxsni yuqori darajadagi jismoniy, axloqiy, estetik va aqliy rivojlanishi uchun sharoit yaratishdir. Ushbu maqsadga erishish mustaqil davlatimizning intellektual potensialini yuqori darajaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, uchinchi ming yillik ta’limini insoniyat faoliyatining zarur keng ko‘lamli sohasi sifatida e’tirof etmoqda. Bugungi kunda ta’lim jarayonida milliarddan ko‘p o‘quvchilar, ellik million atrofida o‘qituvchilar ishtirok etmoqdalar. XX1 asrda ta’limni ijtimoiy rolini o‘shishi, kelajak jamiyatni yangi istiqbollarini aniqlanishi bilan bog‘liq. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim tizimi hisoblanadi.


Respublikamizda ta’lim sohasidagi qabul qilingan me’yoriy hujjatlar talablarida «ta’lim-tarbiya jarayonini shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning didaktik qonuniyatlari va prinsiplarini ishlab chiqish, davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish, o‘quv dasturlari darsliklarini yangi avlodi, o‘quv metodik majmualar yaratish» vazifasini hal qilish lozimligi ta’kidlab o‘tilgan.
Aynan ta’lim jarayonida jamiyat kelajagi yosh avlodni shaxsiy, insoniy, ma’naviy sifatlari shakllanadi. Ta’lim jarayonini qonuniyatlarini va uni xususiyatlarini o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi pedagogikaning sohasi — didaktikadir. Didaktika atamasi yunonchadan olingan bo‘lib, «didaktikos», «didasko», «o‘rgatuvchi», «o‘rganuvchi» ma’nolarni anglatadi.
Didaktika ta’lim nazariyasi atamasi sifatida dastlab XVII asr boshlarida paydo bo‘ldi. Didaktika atamasini pedagogikada birinchilardan bo‘lib, nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635) «o‘qitish san’ati» ma’nosida qo‘llagan.
U o‘zining ma’ruza kursini «didaktika», «o‘qitish san’ati» (1613y.) deb nomlagan.
XVII asr o‘rtalarida E. Bodino «Didaktika» nomli kitobini nashr ettirgan.
Ingliz olimi Frensis Bekon (1561-1626) «Yangi organon» (1620) asarida fanlarni toifalash xususida fikr yuritib «didaktika» atamasini «badiiy asarni o‘qish san’ati» ma’nosida ishlatgan.
Chex pedagogi Ya.A. Komenskiy (1592-1670) «didaktikani» ilmiy bilimlar tizimi sifatida ifodalab o‘zining «Buyuk didaktika» asarida didaktika atamasini

42


keng «Hammani hamma narsaga o‘rgatuvchi universal san’at» ma’nosida ishlatgan.

Ta’kidlash lozimki, Komenskiy bu asarida faqat ta’lim nazariyasi bilan cheklanib qolmadi. Uning mazmunini axloqiy tarbiya metodlari, intizom masalalari, ta’limni tashkil etish kabi masalalar bilan boyitdi. Boshqacha aytganda Ya.A. Komenskiy «didaktika» orqali keng ma’noda «pedagogikani» tasvirlagan.


Shveysar didakti I. G. Pestalotsi (1746) boshlang‘ich ta’lim didaktikasiga va rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasiga asos soldi.
Nemis pedagogi I. F. Gerbart (1776-1841) didaktikaning nazariy asoslarini yaratib pedagogikada birinchilardan bo‘lib «tarbiyalovchi ta’lim» nazariyasini yaratdi.
Nemis pedagogi A.Disterveg (1790-1866) o‘qitish tamoyillarini madaniyatga moslab o‘qitish, mustaqil o‘qitish usullari bilan boyitdi.
Amerikalik olim D. Dyui (1859-1952) asosiy e’tiborni ta’lim jarayonida bolani faolligiga, qobiliyatini shakllanishiga qaratgan va didaktikada muammoli ta’lim nazariyasiga asos soldi. Ta’kidlash joizki, didaktikani rivojlanishida O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan mutafakkirlar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Zarnudjiy, Ulug‘beklarning o‘rni beqiyosdir.
Didaktikani fan sifatida rivojlanishida K. Ushinskiy, A. Avloniy, V.Okon, Ch. Kupesevich, M.A. Danilov, M. Skatkin, I.Ya. Lerner, G.Klinberg, Yu.K.Babanskiylarning xizmatlari beqiyosdir.
Respublikamizda didaktikani rivojlanishiga O. Roziqov, B. Adizov, N.Sayidahmedov, M. Ochilov, K. Zaripov, R. Safarova, F. Yuzlikayev, O‘.Tolipovlar o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Yuqoridagi konsepsiyalar didaktikani o‘qitish va o‘qish nazariyasini o‘rganuvchi fan sifatida tushunilishiga (qabul qilinishiga) ta’sir etdi.
Bir vaqtni o‘zida didaktikani avlodlarga hayot tajribasini o‘tkazish to‘g‘risidagi fan sifatida qarab kelinadi.
Taniqli bolgar pedagogi I.Marev didaktikani rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalaydi.
Birinchi bosqich — Ya.A. Komenskiygacha bo‘lgan davr. Bu davr ilmiy asoslanganlik davrigacha sifatida xarakterlanadi.
Ikkinchi bosqich — L.A.Komenskiydan kibernetikani (jarayonlarni boshqarish nazariyasi) paydo bo‘lgungacha bo‘lgan davr. Bu davr asosiy qonun va qonuniyatlarni shakllanganligi bilan, pedagogik va didaktik nazariyalarni rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi bosqich—1960-yillardan bugungi kungacha bo‘lgan davr.
Mutaxassislar o‘rtasida didaktika mustaqil fanmi? yoki pedagogikaning bir qismimi? —degan savol tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda. Masalan, M.A.Danilov, V.Okon, M.N.Skatkinlar didaktikani pedagogikaning bir bo‘lagi sifatida qaraydilar.
Bir guruh mutaxassislar didaktikani mustaqil fan sifatida qaraydilar.
Hali-hanuz mutaxassislar bu masalada yagona fikrga kelganlari yo‘q.

43
Yillar o‘tishi bilan barcha atamalar eskirgani kabi didaktika atamasi ham eskirganini guvohi bo‘ldik. XX asrning oxirlariga kelib mutaxassislar ichida «Didaktika» atamasi o‘rnida «Ta’lim nazariyasi» atamasini qo‘llash urf bo‘ldi.


Biz ham didaktika atamasi o‘rnida «ta’lim nazariyasi» atamasini qo‘llash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Ta’lim nazariyasi mustaqil fan sifatida kim? kimni? nima? nimani? qanday? qayerda? qachon? nima? — kabi savollarga javob beradi.
Demak, ta’lim nazariyasi ma’lum bir jamiyatni ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan ta’lim jarayonini qonuniyatlarini va uni xususiyatlarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini mazmunini pedagogik asoslarini aniqlaydi, ta’lim metodlari tizimini, o‘quv-tarbiya muassasalarida ta’limni tashkil etish shakllarini ishlab chiqadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib ta’lim nazariyasi nimani tadqiq etadi degan savolga javob beramiz.
Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va vositalarini, ta’limni tashkil etish shaklini, ta’lim natijasini tadqiq etuvchi fan.
Bizga ma’lumki, har qanday fan o‘z tadqiqot obyektiga va predmetiga hamda ilmiy tadqiqot usullariga ega bo‘lgandagina mustaqil fan deb e’tirof etiladi.
Ta’lim nazariyasining obyekti — ta’lim jarayoni.
Ta’lim nazariyasiga oid adabiyotlarda ta’lim nazariyasining predmeti turlicha talqin etiladi.
Bir guruh mutaxassislar ta’limni — tarbiyaning vositasi sifatida qaralishi, ta’lim nazariyasining predmeti deb tushunsalar, ikkinchi guruh mutaxassislar — ta’limni qonuniyati va prinsiplari uni maqsadi, ta’lim mazmunini ilmiy asoslari, ta’limni metod, vosita, shakllari ta’lim nazariyasining predmetidir deb hisoblaydilar.
Uchinchi guruh mutaxassislarning fikricha, ta’lim nazariyaning predmeti o‘qitish va o‘qish jarayonlarining birligi, o‘zaro aloqadorligidir.
To‘rtinchi guruh mutaxassislar ta’lim nazariyasining predmeti ta’lim jarayoni amalga oshiriladigan shart-sharoitdir deb ta’kidlaydilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini maqsadini, qonuniyatini, prinsipini, metodini, shaklini o‘rganadi. Bu ta’lim nazariyasi nimani tadqiq etadi degan savolga javob beradi.
Ta’kidlash kerakki, ta’lim jarayonida didaktik qonuniyatlar bilan psixologik va fiziologik qonuniyatlar ham mavjud. Demak, ta’lim bir vaqtni o‘zida boshqa fanlarni ham (psixologiya, fiziologiya) obyekti bo‘la oladi.
Fan metodologiyasi bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, fan obyekti bu — tadqiqotchining bilish faoliyati yo‘naltirilgan borliq sohasidir, fan predmeti esa — tadqiqotchini fan nuqtayi nazaridan obyektni ko‘rishi, ifodalashidir. Turli fan vakillari bir obyektni turli xil ko‘rishadi.
Ta’lim jarayoni didaktni ham, uslubchini ham, psixologni ham informatika, kibernetika bo‘yicha mutaxassisni ham obyekti bo‘lishi mumkin. Ammo har birini tadqiqot maqsadi, tadqiqotdan kutilgan natijalari har xil bo‘ladi. Ta’lim nazariyasi ta’limni ijtimoiy tajribani o‘tkazish vositasi sifatida qaraydi. Ta’lim natijasida tajribani bir qismi ma’lumot mazmuniga kiritiladi va ta’limni mazmunini tashkil

44
etadi. Ta’lim yordamida kelajak avlodni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’lim nazariyasining predmetini ifodalaymiz. Ta’lim nazariyasining predmeti bu — o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘rtasidagi aloqadorlikdir.


Ta’lim nazariyasining vazifalari.
Ta’lim nazariyasining vazifalari quyidagilardan iborat:
  • ta’lim jarayonining mohiyatini, qonuniyat va prinsiplarini tadqiq qilish;


  • ta’lim mazmunining pedagogik asoslarini aniqlash;


  • o‘quvchilarni o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish qonuniyatlarini tadqiq


qilish;

  • yangi ta’lim texnologiyalarini, tizimlarini, ta’limni tashkil etish shakllarini ishlab chiqish.

Ushbu vazifalar ta’lim nazariyasining predmetini aniqlashda ta’kidlab o‘tildi. Ta’lim nazariyasi o‘z vazifalarini bajarishda falsafa, psixologiya, kibernetika fanlarini yutuqlaridan ham foydalanadi. Aynan kibernetika ta’lim nazariyasida dasturlashgan ta’limni ishlab chiqilishiga ta’sir etdi.


Ta’lim nazariyasi o‘quvchilarni yosh, individual, ruhiy xususiyatlarini inobatga olib ta’lim maqsadini shakllantiradi. Ta’lim nazariyasi falsafani tabiat, jamiyat va insoniyatni rivojlanishini umumiy qonunlari to‘g‘risidagi bilimlariga tayanadi.
Didaktika — bu ta’lim uning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllari to‘g‘risidagi fan.
Rus didakshunos olimi V.I.Andreyev bu ta’rif to‘liq emasligi haqida fikr yuritib, birinchidan, ta’limning bir necha asoslangan va samarali ta’lim nazariyalari mavjudligini bularga: rivojlantiruvchi, muammoli, modulli, tabaqalashtirilgan, kompyuterli ta’lim turlari va nazariyalari. Ikkinchidan, ta’lim nazariyasida oxirgi paytlarda ta’lim texnologiya darajasida talqin etilayotganligini izohlab, didaktikaga quyidagi turlarni ko‘rsatib o‘tadi:

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling