Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida


Download 1.33 Mb.
bet5/22
Sana08.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1754549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida-fayllar.org

Ta'limda moslik prinsipi
Ta’limda moslik prinsipi o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan o‘quv materiali hajmi va mazmuni hamda metodlari o‘quvchilarni o‘zlashtirish imkoniyatlariga va ularning aqliy, axloqiy, estetik rivojlanganlik darajalariga mos bo‘lishini talab qiladi.
O‘zlashtirilayotgan o‘quv materiali mazmunini o‘ta murakkabligi o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini pasaytirib, ularda ishchanlikni yo‘qolishiga olib keladi. Bu degani moslik prinsipi ta’lim mazmuni oddiy, elementar bo‘lishi kerak degani emas.
Amaliyot va izlanishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan mazmun oddiy, elementar bo‘lganda ham o‘quvchilarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari pasayib, o‘qishga bo‘lgan qobiliyatlari rivojlanmaydi. Ta’lim jarayonida ta’limni rivojlantiriuvchi funksiyasi amalga oshmaydi.
Shulardan kelib chiqib, taniqli rus pedagogi va psixologi L.V.Zankov rivojlantiruvchi ta’limning o‘qitishda yuqori darajadagi qiyinchilik darajasi prinsipini asoslab berdi.
Amaliyotda moslik prinsipiga amal qilishning quyidagi qoidalari mavjud:
  • ta’limda osondan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa borish;


  • oddiy, tushunarli tilda tushuntirish;


  • o‘quvchilarni bilish faoliyatini boshqarish;


  • o‘quvchilarni o‘quv materialini qabul qilish tezligi farqlarini, ishlash tempini, qiziqishlarini, hayotiy tajribasini, rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish;


analogiyalashni, qiyoslashni, taqqoslashni, qarama-qarshi qo‘yishni qo‘llash;


Har bir yangi tushunchani kiritish nafaqat qo‘yilgan bilish vazifalari manti- g‘idan kelib chiqishi, balki ta’limning o‘tgan bosqichlaridan tayyorlanishi kerak;
moslik ishchanlik qobiliyati bilan bog‘liq, ishga layoqatlilikni rivojlantirib, o‘quvchilarni tez va uzoq fikrlash faoliyatiga o‘rgatish kerak.
Onglilik va faollik prinsipi
Ta’limda onglilik va faollik prinsipi bilimlarni faol bilish va amaliy faoliyatda ongli o‘zlashtirilishini talab etadi. Ta’limdagi onglilik —bu o‘quv-

69
chilarni ta’limga bo‘lgan pozitiv munosabati, o‘rganilayotgan muammoni mohiya­tini tushunish. O‘quvchilar tomonidan bilimlarni ongli o‘zlashtirish qator omillarga bog‘liq: ta’lim motivlariga, bilish faolligi darajasiga va xarakteriga, o‘quv jarayonini tashkil etilishiga, qo‘llaniladigan metod va ta’lim vositalariga. O‘quv- chilar faolligi — bu ularni ta’lim jarayonidagi intensiv aqliy va amaliy faoliyati.


Onglilik bilimlarni ongli o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan prinsipdir. Bilim, malaka, ko‘nikmalarni ongli o‘zlashtirish quyidagi xususiyatlarga ega: Ta’lim maq­sadini anglash, materialni ongli egallash, ularni farqlay bilish, bilimlarni mustahkam­lash, takrorlash jarayonini sezish, natijalarni baholay bilish. Faollik bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli o‘zlashtirish sharoit va natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Amaliyotda onglilik va faollik prinsipi qator qoidalarga amal qilishni talab
etadi:
o‘quvchilar tomonidan ta’lim maqsadi va vazifalarini aniq tushunib olishga erishish;
diqqatni tortuvchi faktlarni, ma’lumotlarni, misollarni qo‘llash;
texnik vositalarni va ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash;
o‘quvchilarni nazariy bilimlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy faoliyatga jalb
qilish;
ta’limning faol va intensiv metodlarini qo‘llash;
noaniqni aniq bilan mantiqiy bog‘lash;
o‘quvchilarni sabab oqibat aloqalarini topishga o‘rgatish;
o‘quvchilarda optimizmni va ishonchni qo‘llab-quvvatlash.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling