Umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlari shakli va mazmuni


I BOB UMUMRIVOJLANTIRUVCHI GIMNASTIKA MASHQLARI


Download 377.95 Kb.
bet2/8
Sana03.11.2023
Hajmi377.95 Kb.
#1744353
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TALABALARGA GIMNASTIKA UMUMIY RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARNI O\'RGANISH JARAYONINI KETMA KETLIGI

I BOB UMUMRIVOJLANTIRUVCHI GIMNASTIKA MASHQLARI

  1. Umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlari shakli va mazmuni

Umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlari bilan muntazam shug‟ullanish mushak, yurak-qon tomir, nafas olish, asab tizimlarini rivojlantiradi, mustahkamlaydi va organizmning ish qobiliyatini kuchaytiradi. Ular yordamida deyarli barcha jismoniy sifatlar – kuch va kuch bardoshliligi, mushaklarning qayishqoqligi, harakat uyg‟unligi va nafas olish davomida rivojlantiriladi hamda takomillashtiriladi, qaddiqomat to‘g‟ri shakllantiriladi. Umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlari shakli va mazmuni bo‘yicha judda oddiy bo‘lib, ularni o‘rganish uchun ko‘p vaqt talab qilinmaydi. Barcha shug‟ullanuvchilar: yosh bolalar, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, maktab o‘quvchilari va boshqalar ham shug‟ullanishlari mumkin.
Umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlarini bajarayotganda jismoniy yuklamani boshqarish oson. Yuklama tanlanadigan mashqlar va mashg‟ulotdagi ularning soniga bog‟liq. Mashqlarni ta’sir qilish darajasini quyidagi usullarorqali boshqariladi:

Jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tarbiyalanuvchilarga umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlarini mohirona o‘ta olishi uchun quyidagi maxsus bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi shart: - ko‘p sonli gimnastika harakatlarini o‘zi egallashi (ko‘rsata olishi); - har bir harakatni mohiyatini, uni nima uchun qo‘llanilishini aniq bilishi; - belgilangan vazifalarga muvofiq harakatlar majmuasini tuza bilishi; - umumrivojlantiruvchi gimnastika harakatlarini turli (tushuntirish, ko‘rsatish, topshiriq berish, o‘yin usuli va xakazo) usullarda o‘rgata olishi va mashg‟ulot o‘tkaza bilishi; - umumrivojlantiruvchi gimnastika mashg‟ulotlarini uyushtirish usullarini egallashi; - shug‟ullanuvchilarning guruhi, yoshi va vazniga qarab, yuklamani me’yorlay olishi talab etiladi. Umum rivojlantiruvchi gimnastikaning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish jarayonida quyidagi masalalarni o‘rganib chiqdik va muhokama uchun tavsiya qildik:


- Jumladan, Mashqlarni tasniflashda anatomik belgi asos qilib olinadi.
Mashqlar bolalarning ayrim tana qismlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab bo‘linishinio‘rgandikvaquyidagixulosalargakelindi:
1. Qo‘l mushaklari va yelka qismi uchun mashqlar;
2. Bo‘yin mushaklari uchun mashqlar;
3. Oyoq mushaklari va toz qismi uchun mashqlar;
4. Gavda mushaklari uchun mashqlar;
5. Butun tana mushaklari uchun mashqlar. Umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlarini anatomik belgilariga qarab tasniflashdan tashqari ularning fiziologik ta’siriga qarab, ya’ni u jismoniy sifatlar: kuch, tezkorlik, qayishqoqlik, bardoshlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni rivojlantirishga qarab ham taqsimlanadi. Bu mashqlar mazmunini bo‘g‟imlardagi bukish, yozish, tortinish, egilish, aylanma va burish harakatlari tashkil etadi.
«Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi» o‘quv go‘llanmasi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha maxsus tahsil oladigan talabalar uchun ta’lim standarti va namunaviy o‘quv dasturiga muvoflq yozildi. Sportning gimnastika turidagi hozirgi kundagi ilg‘or izlanish va tajribalarni tatbiq etish hamda umumlashtirish natijasida olingan ilmiy ma’lumotlar berilmoqda. Ushbu o‘quv qo‘llanma gimnastika sporti bo‘yicha o‘zbek tilida o‘quv qo‘llanma bo‘lib, boshqa fanlardan boblarning tuzilishi va mazmuni bilan ajralib turadi. U besh qismdan iborat bo‘lib, ular quyidagilardan tarkib topgan:  gimnastika nazariyasi va uslubiyatining umumiy muammolari;  ginmastikaning asosiy vositalari;  gimnastika turlari;  mashg‘ulotlarni o‘tkazish shakllari;  tayyorgarligi turli darajada bo‘lganlar bilan o‘tiladigan mashg‘ulotlar xususiyatlari. O‘quv qo‘llanmaning gimnastika atamalari bobi dotsent A.Yefemenko tomonidan shu sohada olib borilgan izlanishlarga, «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ga, «Jismoniy tarbiya va sport lug‘ati»ga hamda Respublikamizda ko‘pdan buyon ishlab kelayotgan o‘qituvchilar va murabbiylarning amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llab kelgan atamalarga tayanib tuzildi. Albatta, ayrim ibora (atama)lar ona tilida oldin qo‘llanilmagani uchun, ulardan foydalanilganda muallif sabr-toqatli bo‘lishni so‘raydi. Ushbu o‘quv qo‘llanmadagi ma’lumotlardan nafaqat universitetlardagi jismoniy madaniyat fakultetlarining talabalari,balki jismoniy tarbiyava sport universiteti talabalari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va BO‘SM murabbiylari,o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, foydalanishlari mumkin. Shuningdek, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlaydigan o‘quv muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
Gimnastika umumrivojlantiruvchi mashqlar (U.R.M) deb sog‘lomlashtirish jismoniy sifatlarni tarbiyalash organizmning funktsional xolatini yaxshilash maqsadida bajariladigan, tana va uning qismlaridan shug‘ullanuvchilar uchun qulay, texnik jixatdan unga murakkab bo‘lmagan oddiy xarakatlariga aytiladi. Qulayligi tufayli bu mashqlar salomatlik guruhlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya darslarida –bolalar, maktab, kasb-xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida keng qo‘llaniladi.
U.R.M majmualaridan ertalabki badan tarbiyada (radio va televideniya orqali beriladigan mashqlar shu jumlaga kiradi), asosiy, ritmik va ishlab chiqarish gimnastikasi mashg‘ulotlarini o‘tkazishda foydalaniladi. Sportning xamma turlari U.R.M ni o‘z trenirovkalari tarkibiga oyoq, qo‘l chigalini yozish va muayyan jismoniy xususiyatlarni rivojlantirish vositasi sifatida kiritiladilar. U.R.M miqdorining ko‘pligini quyidagicha tushuntirish mumkin tana va uning aloxida qismlari amalga oshira oladigan xarakatlardan xilma-xil tarzda uyg‘unlashib, mushaklarni zo‘riqish darajasi, xarakat tezligi, amplitudasi va yo‘nalishini turlicha o‘zgartirgan xolda foydalaniladi. Dastlabki va oxirgi xolatlarni o‘zgarishi xar xil predmetlarning, og‘ir buyumlar va moslamalarni qo‘llanilishi xam mazkur mashqlardan foydalanish chegaralarini ancha kengaytiradi. Nisbatan osonlik va tobora murakkablashtirib borish imkoniyati U.R.M ni xar qanday xildagi va tayyorgarlik turlicha bo‘lgan shug‘ullanuvchilar uchun qulay qilib qo‘yadi. U.R.M ni egallash xarakt tayyorgarlik maktab xisoblanadi. Oddiy bo‘g‘in xarakatlardan boshlab shug‘ullanuvchilar izchil ravishda tobora murakkab mashqlarga o‘tadilar. Sportda boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichi U.R.M ning ko‘p bajarilishi bilan ajralib turadi.
Mazkur mashqlar o‘lchamini (dozasini) belgilash oson, muayyan mushak guruhlariga yo‘naltirib va saylab ta’sir qilish imkonini beradi. U.R.M ga qomatni to‘g‘ri shakllantirish vositasi sifatida katta axamiyat beriladi. Shubxasiz jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyatida U.R.M dek universal vositalardan foydalanish bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma malakalar aloxida o‘rin tutishi kerak. Turli kontingentlarning mashg‘ulotlarida U.R.M ni oqilona qo‘llash quyidagilarni nazarda tutadi:
muayyan mashqlarning katta miqdori egallanganligi (ko‘rsatishni bilish, atamalarni atay olish):
Xar bir mashqning xususiyati, uning yo‘nalishini bilish:
Vazifalardan kelib chiqib, mashqlar majmualarini tuza olishni:
Xar xil usullar bilan (aytib, ko‘rsatib berish topshiriq bo‘yicha o‘yin usuli bilan va x.k)
U.R.M ga o‘rgatish xamda mashg‘ulotlarni o‘tkaza olish:
U.R.M mashg‘ulotlarni tashkil etish usullarini bilishni:
Xal etilayotgan vazifalar va shug‘ullanuvchilarning axvolidan kelib chiqib, nagruzka o‘lchamini belgilay bilishni umumrivojlantiruvchi mashqlarni anatomik belgisiga qarab mashqlarni tananing turli qismlari uchun guruhlab tasniflash qabul qilingan .
Qo‘l va yelka qismlari uchun mashqlar:
Bo‘yin mashqlari:
Oyoq va tos qismlari uchun mashqlar:
Gavda uchun mashqlar:
Butun tana uchun mashqlar.
Xar bir guruhda yana xam chegaralangan a’zolar uchun mashqlar qatorini ajratish mumkin. Masalan: “Qo‘l va yelka qismi uchun mashqlar mavjud guruhida barmoqlar, panja bloklar va yelka qismi uchun mashqlar mavjud ” Oyoqlar va tos qismi uchun mashqlar guruhida oyoq kafti to‘liq, sonlar uchun belgilangan mashqlar bor. Gavda mashqlari guruhida gavdaning oldingi mushaklari uchun mashqlar ajratiladi va x.k .


  1. Download 377.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling