Umumta’lim maktablari matematika darslarida mathcad dasturidan foydalanishning afzalliklari n. I. Shakadirova -o’qituvchi


MathCAD dasturida oddiy hisoblashlar va differensiyal hisoblarni bajarish jarayonini ko’rib o’tamiz


Download 82.34 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi82.34 Kb.
#1636785
1   2
Bog'liq
2-sho\'ba.Shakadirova N

MathCAD dasturida oddiy hisoblashlar va differensiyal hisoblarni bajarish jarayonini ko’rib o’tamiz.
Mathcad interfeysining ish maydonida kursor qizil rangdagi plyus belgisi ko‘rinishida bo‘ladi. Ifodalarni kiritishda bu belgi kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko‘k burchakli holatga aylanadi. Ifodada turli matematik funksiyalar va asosiy matematik shablonlar olinadi.
O‘zgaruvchilarga qiymat berish uchun o‘zlashtirish operatori “=” ishlatiladi. Hisoblashlarni amalga oshirish uchun oldin formuladagi o‘zgaruvchi qiymatlari kiritiladi, keyin matematik ifoda yozib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo‘ladi.
Masalan: ushbu ifodani kiritish tartibi. Calculator(Kalkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shablonidan quyidagicha amalga oshiriladi:

  • bosiladi;

  • bosiladi va hosil bo‘ladi;

  • va bosiladi va hosil bo‘ladi;

  • Kursor turgan joyga 3 raqami teriladi, suratga 1 raqami o‘rniga 2 raqami teriladi va hosil bo‘ladi;

  • “=” belgisini terish orqali ifodaning natijasi hosil qilinadi, yani: =0.756.


1-rasm. MathCAD tizimida matematik amallar bilan ishlash
Boshqa hisoblashlarni ham huddi shu tarzda amalga oshiriladi.
Mathcadning hosila operatori berilgan nuqtada funksiya hosilasining miqdoriy qiymatini topish uchun mo‘ljallangan. Masalan, ning x=3 nuqtada x bo‘yicha hosilasini topish uchun quyidagilarni bajarish lozim:

  • Avval hosilani toppish kerak bo‘lgan nuqtani kiritish kerak. x:=3

  • Hosila operatorini operatorlar politrasidan ko‘rinishni hosil qiling.

  • Maxrajdagi bo‘sh joyga esa ifodani kiriting:

  • “=” belgisini bosing natijada =27hosil bo‘ladi.

Huddi shu tartibda funksiya n-darajali hosilaning biror nuqtadagi miqdoriy qiymati ham hisoblanadi va o‘zgaruvchining diskret qiymatlarida ham funksiya hosilasining qiymatlarini hisoblash mumkin.

2-rasm. MathCAD tizimida funksiya hosilasini toppish.
Xulosa qilib aytganda, Mathcad dasturi umumta‘lim maktablarining matematika fani o‘qituvchilari uchun zaruriy dasturlardan biri hisoblanadi. O‘qituvchilar tomonidan dars o‘tish davomida ushbu dasturdan foydalanish fanlararo integratsiya bilan bir qatorda o‘quvchilarning matematik bilimini oshirishi, tasavvurini boyitishi hamda kompyuter savodxonligini rivojlantirishi, kompyuter dasturiy vositalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Sh.M.Mirziyoyev "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqi. 2017-yil 15-iyun. http:/www.uza.uz/

  2. Q.M. Karimov, I.D. Razzoqov “MathCAD va Matlab muhitida ishlash” Qarshi “Nasaf” nashriyoti, 2014. (6-28)

  3. R.H.Ayupov “Ixtisoslashgan dasturiy vositalar” Toshkent-2020. (8-32)

Download 82.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling