Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Xett davlati harbiy tashkiloti. Xett davlati kuch-qud-
ratining asosi yuqori darajada tashkil etilgan jangovar qo‘shin bo‘lgan. Xett davlati istilochilik siyosatini muntazam va ko‘ngil- lilardan tashkil topgan, yaxshi qurollangan qo‘shinga tayanib amalga oshiradi. Harbiy yurishlar asosan bahorda boshlanib, kech kuzda tugagan. Yurishlar o‘rtasida muntazam qo‘shinlar- ning bir qismi maxsus harbiy qarorgohlarga joylashtirilgan. Xettlarning chegara shaharlarida maxsus harbiy garnizonlar joylashtirilgan. Qaram davlatlar Xett garnizonlarini ozuqa bilan ta’minlashga majbur bo‘lganlar. Qo‘shin asosan og‘ir qurollangan piyodalar va jang aravalar- idan tuzilgan. Harbiy san’at tarixida xettlar qo‘shinda yengil 137 jang aravalarini birinchi bo‘lib qo‘llaganlar. Xett jang aravasida ikki ot qo‘shilgan bo‘lib, arava haydovchi, nayzali jangchi va uni himoya qilib turadigan qalqonbardordan iborat bo‘lgan. Xettlar- ning jang aravalarini harbiy jangda qo‘llashi podsho Anitaning qadimgi Xett matnida uchraydi. Matnda Anitaning 1400 piyoda askari va 40 jang aravasi bo‘lganligi aytiladi. Kades yonidagi jang to‘g‘risidagi manbalarda Xett podshosi Muvatalli qo‘shin- lari taxminan 20 ming piyoda askarlar va 2500 jang aravalari- dan tashkil topgani to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Jang aravalari yuqori darajada texnik mohirlik bilan yasal- gan bo‘lib, juda qimmat turgan. Ularni yasash uchun yog‘och- ning alohida navlari, teri va metallar talab qilingan. Ko‘rinishi- dan jang aravalarini ishlab chiqarish markazlashgan holda davlatning maxsus ustaxonalarida tashkil qilingan . Ustalar uchun jang aravalarini yasash bo‘yicha Xett podsholarining yo‘riqnomalari saqlanib qolgan. Jang aravalariga qo‘shiladigan otlarni tayyorlashning maxsus usullari bo‘lgan. Xettlar jang aravasini takomillashtirib, uni yengil va chaqqon harakat qiladi- gan qildilar. Xettlar shaharlarni bosib olish uchun maxsus qamal qurollaridan foydalanganlar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling