Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi
Download 0.59 Mb.
|
3.Манбашунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami: Soat Glossariy
- Absolyut monarxiya
- Avesto
- - Ajam
Glossariy TARIX ATAMALARINING QISQACHA IZOHLI LUG’ATI A - Abbosiylar (ar.) – Arab xalifalari sulolasi bo’lib (750-1258), bu sulolaga Muhammad Payg’ambarning amakivachchasi Abu-ul Abbos as-Saffoh (750-754) asos solgan. - Absolyutizm (lot.) –shartsiz, cheklanmagan, to’la: mutloq yakka hokimlik, cheklanmagan hukmdorlik. Davlat boshqaruv shakli - oliy hokimlikning bir shaxs (podsho, xon, amir, qirol ) qo’lida bo’lishi. - Absolyut monarxiya (yun.) - yakka hokimlik, zo’ravonlik shaklidagi davlat boshqaruv shakli. Odatda, davlat boshida yagona bir shaxs turgan, uning hukmdorligi abadiy va vorisiy bo’lgan. - Aborigenlar (lot.) - ma’lum mamlakat yoki hududda qadimdan yashab kelgan tub aholi, xayvonlar, o’simliklar. - Abu (fors.) – ota ma’nosini bildiruvchi arabcha so’z. Masalan: Abu Ali –Alining otasi, Abu Odil – Odilning otasi va hoka`zo. - Avesto - diniy kitobning nomi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi. - Avliyo (ar.) – Islom dinida Ollohga yaqin kishi, homiy, “bandalarning homiysi” ma’nolarini bildiradi. - Avtoritarizm (lot.) - siyosiy hukmronlik qilishda o’ta reaksion davlatlar. M.: Germaniya va Italiyadagi fashistik tartib, sobiq SSSRdagi kommunistlar rejimi. - Admiral (ar.) - dengiz hukmdori degan ma’noda. Harbiy dengiz flotida Oliy qo’mondonlik tartibidagi unvon (kontr-admiral, vitse-admiral, flot admirali). - Ajam (ar.) – arablar o’zlari bosib olgan hududlardagi boshqa xalqlarni, jumladan, Yaqin va O’rta Sharq hamda O’rta Osiyo xalqlarini shunday ataganlar. - Avtonomiya (yun.) - muhtoriyat (milliy-hududiy muhtoriyat). Biror davlat tarkibida o’z ichki masalalarini mustaqil hal etish imkoniyatiga ega bo’lgan kichik davlat shakli. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling