Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Novatsiya (lot.) - yangilik, o’zgarish kiritish. Nota


Download 0.59 Mb.
bet59/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

Novatsiya (lot.) - yangilik, o’zgarish kiritish.

  • Nota (lot.) - bir davlatning ikkinchi davlatga diplomatik yo’l bilan qilgan murojaati.

  • No’yon (m.t.)bir tuman (10 ming kishi) qo’shin qo’mondoni. Qadimiy turk va mo’g’ul qo’shinlarida shahzoda va sultonlar no’yon deb atalgan.



O

  • Ober-ofitser (nem.) - ayrim mamlakatlarda kichik ofitserlarning (praporshikdan to kapitangacha) umumlashgan unvoni.

  • Observatoriya (lot.) - koinotni kuzatuvchi ilmiy dargoh, rasadxona.

  • Okkupant (lot.) - o’zga yerlarni bosib oluvchi.

- Oligarxiya (yun.) - ozchilik tomonidan amalga oshirilayotgan hokimiyat.

  • Olimpiada (yun.) - qadimgi yunonlarda Olimpiya shahrida 4 yilda bir marta o’tkaziladigan sport o’yinlari, musobaqalari.

  • Operatsiya (lot.) - harakat, tadbir, amaliyot.

  • Optimizm (lot.) - hayotbaxsh kayfiyat.

  • Oriyentir (fr.) - u yoki bu joyni muhim, esda qoladigan belgilar orqali xotirada qoldirish.

  • Otashkada (fors.) – otashparastlar sig’ingan doimiy olov. Yonib turadigan maxsus bino.

  • Ofis (ing.) - idora, xizmat joyi.

  • Ofitser (nem.) - harbiy qismlardagi turli darajadagi boshliqlar.

  • Oftobachi (fors.) – O’rta Osiyo xonliklarida hukmdor saroyida hukmdorning qo’liga suv quyuvchi shaxs bo’lib, yuqori mavqega ega bo’lgan lavozimlardan biri.

  • Oppozitsiya (lot.) - muholifat, fikrga qarshi holat.

  • Opponent (lot.) - e’tiroz bildiruvchi.

- Orden (lot.) - Vatan oldidagi o’ta ibratli xizmatlari uchun beriladigan ko’krak nishoni.
- Og’aliq - hokimlik, boshliq, mansab lavozimi.
P
- Parlament (fr.) – demokratik mamlakatlarda oliy davlat vakillik organi bo’lib, u qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament AQSHda – kongress, Rusiyada – Duma, Germaniyada – bundestag, Ozarbayjonda – milliy majlis, O’zbekistonda – Oliy majlis, Qoraqalpog’istonda – joqarigi kenges deb ataladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling