Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


- Reklama (fr.) – Biron bir mahsulotni, buyumni targ’ib qilish, maqtash. - Renessans


Download 0.59 Mb.
bet62/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

- Reklama (fr.) – Biron bir mahsulotni, buyumni targ’ib qilish, maqtash.
- Renessans (fr.) – tiklanish, uyg’onish. M: Sharq uyg’onish davri, G’arbiy Yevropa uyg’onishi.
-Respublika (lot.) - davlat, oliy hokimiyati saylanib turadigan siyosiy tuzum.
- Rivoyat - (ar.) - hikoya, afsona.
- Riyoziyot (ar.) – matematikaning XX asrning 40-yillarigacha o’zbek tilida ishlatilib kelingan nomi. Hozir ham ayrim Sharq tillarida qo’llaniladi.
- Robita (ar.) - aloqa, munosabat, vosita.
- Rum – Rim imperiyasining o’tmishda Sharq va O’rta Osiyoda keng tarqalgan nomi.


S
- Sadr (ar.)Buxoro amirligida XIX-XX asrlarda amalda bo’lgan, diniy ilohiyot ilmida erishgan yutuqlariga qarab beriladigan unvon bo’lib, oldin “o’roq”, “sudur” va ulardan keyin oxirgi, uchinchi unvon “sadr” bo’lgan.
- Saklar (Shaklar) – milod. avv. 1-mingyillik va milodning boshlarida O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning shimoli-sharqiy rayonlarida yashagan chorvador qabilalar.
- Salavkiylar davlati – Yaqin va O’rta Sharqdagi yirik davlat. Aleksandr Makedonskiy tuzgan imperiya tanazzulga uchragach, uning lashkarboshilaridan bo’lgan Bobil satrapiyasining diodoxi Salavk 1 Nikotor asos solgan.
- Salib (ar.) – xristianlar bo’yniga osib yuradigan, to’rt tarafli metaldan ishlangan taqinchoq.
- Salyut (fr.) - harbiy qismlarning o’zaro salomlashish yo’sinlaridan biri (ozor bermaydigan to’p otish yo’li bilan). Xalq bayramlarida mushakbozlik yo’li bilan tabriklash.
- Sanatsiya (lot.) - davolash, oyoqqa turg’izish. Iqtisodiyotda tushkunlikka uchragan korxonaga moliyaviy yordam berib, uning faoliyatini yaxshilash.
- Sapyor (fr.) - yer kovlash ma’nosini beradi. Injenerlik harbiy qismlarining yo’l qurilish, ko’prik o’rnatish ishlarini amalga oshiradigan askar.
- Sarxad (fors.) - chegara.
- Satrap (fors.) - o’lka bosh ma’muri, keng vakolatli amaldor.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling