Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari


Download 0.5 Mb.
bet28/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#244742
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131
Bog'liq
Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazari

Erkin tarjima. Tarjima amaliyotining illatli usullaridan bo’lmish bu turiga o’tgan asrning o’rtalarigacha tez-tez murojaat qilib turilgan. Bunda tarjimon asliyatning shaklini to’la e’tibordan soqit etgani holda, mazmunini o’z so’zlari bilan sodda, qisqa hikoya qilib bergan. Onda-sonda dialogik nutq namunalari tarjimada berilgan bo’lsada, personajlar nutqi tasvirini tiklashga e’tibor qilinmagan. Uslubiy priyomlar va badiiy-tasviriy vositalar vazifalarini qayta yaratishga deyarli harakat qilinmagan. Natijada muallif yaratgan siqiq, obrazli, hissiy-ta’sirchan ifodalar nursiz bayon darajasiga tushib qolgan. Goho masala shu darajaga borib yetganki, tarjimonlar parchalar mazmunini, personajlar xususiyatlarini o’zlaricha o’zgartirganlar, butun boshli tasvirlarni o’zlaridan qo’shganlar, asardagi ayrim tasvirlarni tarjimadan tushirib qoldirganlar. Hatto asar personajlari nomlarini ba’zan o’z vatandoshlari nomlari bilan almashtirishgacha borganlar. Oqibatda muallif asari tarjimada tanib bo’lmas darajada o’zgarib ketgan. Natijada asarni muallif yaratgan zaruriy shaklda emas, balki soddalashtirilgan, qisqartirilgan tarzda o’qigan o’zga millat kitobxoni muallif ijodi haqida noto’g’ri tasavvurga ega bo’lgan.

Asliyat tilidan bevosita tarjima qila oladigan usta san’atkorlar deyarli bo’lmagan xalqlarga erkin o’girish yo’li bilan bo’lsa-da, asarni yetkazib berish vazifasini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan tarjimonni qaysidir ma’noda tushunish mumkin. Ammo yurtimizda qozoq, qirg’iz va qoraqolpoq tillarini mukammal biladigan zullisonayn adiblarni istagan miqdorda topish mumkin bo’lgan bir paytda, G’abit Musrepovning “Qozoq soldatlari”, Xidir Deryaevning “Qismat” romanlarining hamda A.Bekimbetovning “Og’ir qismatli yenguvchilar” povestining o’zbek tiliga erkin tarjima qilinishini qanday baholash mumkin.

Tarjimonlar “ortiqcha tashvishlar” bilan o’zlarini “band qilib” yurmasdan, asarlar qanday yaratilgan bo’lsa, ularni o’z tillariga shundayligicha talqin qilishlari, shu yo’l bilan kitobxonlarga asl nusxa haqida xolisona tasavvur hosil bo’lishiga erishishlari lozim. Zero, tarjimonning ijodkorligi uning hammuallifligida emas, balki asliyatning barcha tarkibiy unsurlarini aynan o’ziday qayta yaratishida namoyon bo’lishi darkor.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling