V bob predikatlar mantiqi


Download 1.81 Mb.
bet13/25
Sana22.12.2022
Hajmi1.81 Mb.
#1040937
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
V bob PREDIKATLAR MANTIQI

2- misol. formulani normal shaklga keltirish talab etilsin. formulada teng kuchli almashtirishlarni o‘tkazib, uni normal shaklga keltiramiz:

. ■
5.4.2. Bajariluvchi va umumqiymatli formulalar.
2- ta’rif. Agar formula ifodasiga kiruvchi va sohaga oid o‘zgaruvchilarning shunday qiymatlari mavjud bo‘lib, bu qiymatlarda formula chin qiymat qabul qilsa, u holda predikatlar mantiqining formulasi sohada bajariluvchi formula deb ataladi.
3- ta’rif. Agar shunday soha mavjud bo‘lib, unda formula bajariladigan bo‘lsa, u holda bajariluvchi formula deb ataladi.
Demak, agar biror formula bajariluvchi bo‘lsa, bu hali uning istalgan sohada bajariluvchanligini bildirmaydi.
4- ta’rif. Agar ning ifodasiga kiruvchi va sohaga oid hamma o‘zgaruvchilarning qiymatlarida formula chin qiymat qabul qilsa, u holda formula sohada aynan chin formula deb ataladi.
5- ta’rif. Agar formula har qanday sohada aynan chin bo‘lsa, u holda umumqiymatli formula deb ataladi.
6- ta’rif. Agar formula ifodasiga kiruvchi va sohaga oid hamma o‘zgaruvchilarning qiymatlarida formula yolg‘on qiymat qabul qilsa, u holda formula sohada aynan yolg‘on formula deb ataladi.
Keltirilgan ta’riflardan ushbu tasdiqlar kelib chiqadi.
1. Agar umumqiymatli formula bo‘lsa, u holda u har qanday sohada ham bajariluvchi formula bo‘ladi.
2. Agar formula sohada aynan chin formula bo‘lsa, u holda u shu sohada bajariluvchi formula bo‘ladi.
3. Agar sohada aynan yolg‘on formula bo‘lsa, u holda u bu sohada bajarilmaydigan formula bo‘ladi.
4. Agar bajarilmaydigan formula bo‘lsa, u holda u har qanday sohada ham aynan yolg‘on formula bo‘ladi.
Demak, predikatlar mantiqi formulalarini ikki sinfga ajratish mumkin: bajariluvchi sinflar va bajarilmas (bajarilmaydigan) sinflar formulalari.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling