Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Mavzuga oid nazorat savollari


Download 6.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/60
Sana07.10.2023
Hajmi6.33 Mb.
#1694642
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60
Mavzuga oid nazorat savollari 
1. Rejalashning qanday usullarini bilasiz? 
2. Rejalashda sirtlarni bo‟yash nima uchun ishlatiladi? 
3. Rejalash chiziqliari, turlari. 
4. Rejalash jarayonida kernlashning qanday ahamiyati bor? 


 
 


 
 


5-Mavzu: Egish va to‟g‟rilash 
Reja: 
1.Egish ishlarini mexanizatsiyalash 
2.To‟g‟rilash tahtalari, list, sim va val tipidagi metallarni sovuq va qizdirish 
yo‟li bilan to‟g‟rilash 
3.Xavfsizlik texnikasi qoidalari 
Tayanch so‟z va iboralar 
To‟g‟rilash taxtalari, muhrali bolg‟achalar, tekislagichlar, metallarni 
to‟g‟rilash, rixtovkalash, eguvchi jo‟va, zubila, kreysmeyselь, o‟tkirlash, charxlash, 
kesish jarayoni, egish, egilmaslik, eguvchi dastgohlar, bukish, qizigan holda egish, 
razvalьtsovkalash, qirqish, qirqish qoidalari, arralash, qaychilar bilan qirqish
dastaki qaychilar, richagli qaychilar, egovlash, egov, egov dastalari, tekis 
yuzalarga ishlov berish, bo‟yoq surib egovlash, egri chiziqli sirtlarga ishlov berish, 
egovlar tasnifi. 
Umumiy ma‟lumotlar 
To’g’rilash va rixtovkalash chilangarlikda eng ko‟p bajariladigan ishlardan 
bo‟lib, bu jarayonda metall va detal zagotovkalaridagi fizik nuqsonlar (g‟ijimlik, 
egrilik) to‟g‟rilanadi. To‟g‟rilash va rixtovkalash mohiyatidan farqlanmasa ham ish 
usullari foydalaniladigan asboblar turlichadir. 
Listlar va ulardan tayyorlanadigan zagotovkalarning cheti yoki o‟rtasining 
egilishi, g‟ijimlik, notekislik ko‟rinishidagi nuqsonlari bo‟lishi mumkin. Ularni 
sovuq va qizdirish yo‟li bilan to‟g‟rilash usullari bor. To‟g‟rilash usulini 
buyumning ashyosi, o‟lchami va bo‟kilganlik darajasiga qarab tanlanadi. 
To‟g‟rilash taxtalarining og‟irligi bolg‟aga qaraganda 80-150 marta ortiq 
bo‟lib, po‟lat yoki cho‟yandan yaxlit holda yoki mustahkamlik qovurg‟alari bilan 
tayyorlanadi. Ular quyidagi o‟lchamlarda bo‟ladi: 400X400; 750X1000; 
1000X1500% 1500X2000; 2000X2000; 1500X3000 mm. 
Taxtaning ishchi sirti toza va silliq bo‟lib, metall yoki yog‟och tagliklarga 
o‟rnatiladi. 
Ko‟p hollarda toblangan detallni tekislash uchun radiusli muhralardan ham 
foydalaniladi. Uning korpusi U10 po‟latdan tayyorlanib, og‟irligi 400-500 gr. 
Ishchi qismiga qattiq po‟lat qotishmasidan (VK8 yoki VK6) plastinkalar o‟rnatilib, 


ular bolg‟alab tekislashda qo‟l keladi. Muhraning ishchi qismi 0,05-0,1 mm 
radiusda o‟tkirlanadi. 


Almashinuvchi muhralar sifatida mis, qo‟rg‟oshin yoki yog‟ochli muhra 
ishlatilishi mumkin.Tekislagichlar (yog‟och yoki metall bruslar) yupqa list va 
metall taxtalarni to‟g‟rilashda ishlatiladi. Detallarning notekisligini ko‟z bilan yoki 
detalga qo‟yilgan taxta oralig‟idagi tirqishga qarab tekshiriladi. Mabodo, unda egri 
joylar bo‟lsa, bo‟r bilan belgilab qo‟yiladi. 

Download 6.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling