Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana05.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1273919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)

 
 
 
 
6.2-jadval 
 
O’zbekistonda mehnat resurslari dinamikasi 
(ming kishi)
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi 
Mehnat resurslari miqdor va sifat ko’rsatkichlariga egadir. Mehnat 
resurslarining miqdor ko’rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: 
• mehnatga layoqatli aholining umumiy soni; 
• tarkib topgan mehnat unumdorligi va intensivligi sharoitlarida ish bilan band 
aholi ishlab beradigan ish vaqti. 
Mehnat resurslarining sifat ko’rsatkichlari quyidagilardan iboratdir: 
• mehnatga layoqatli aholining salomatligi, jismoniy layoqatligi; 
•mehnatga layoqatli aholining bilim va kasbiy-malaka tayyorgarligi darajasi. 
Mehnat resurslarining miqdor va sifat ko’rsatkichlari jamlanmasi mehnat 
salohiyatini tashkil etadi. 
Mehnat resurslariquyidagi xususiyatlarga egadir: 
1. Ular ish beruvchi bilan ajralmas yaxlitlikda, ana shu xodimlarga ish haqi 
ko’rinishida quyidagicha daromad keltiradi: mehnat foliyati+ bilim, tajriba, malaka 
= daromad. 
2. Agar xodimlarning mehnat qobliyatidan uzoq vaqt davomida 
foydalanilmasa, vaqt o’tishi sari ularning mehnati samaradorligi pasaya boshlaydi. 
Mehnat qobiliyati – bu birorfaoliyatni amalga oshirish ko’nikmasidir. Vaqt o’tishi 
bilan nazariy bilimlar yoddan chiqadi va eskiradi, tajriba ham yo’qoladi. Mehnat 
qobiliyatini yo’qotmaslik uchun undan muttasil foydalanish bilan birga bu 


salohiyatni yanada oshirish uchunyangi bilimlarni egallash, tajribani oshirish talab 
qilinadi. 
Mehnat resurslarining quyidagi toifalari farqlanadi: 
ishchilar – ular ishlab chiqarishda bevosita mahsulot tayyorlash va 
iste’molchilarga yetkazib berishda ishtirok etayotgan, shuningdek mashina–
uskunalarni sozlash, ta’mirlash va hokazolar bilan shug’ullanadiganxodimlardir; 
• mutaxassislar – muayyan ixtisoslikka ega va shu sohada ishlab chiqarishda 
mehnat jarayoninnitashkil etuvchilardir; 
rahbarlar – xodimlar mehnat faoliyatini uyushtiradigan ishlab chiqarish 
tashkilotchilaridir. 
Mehnat resurslari (ularning eltuvchisi hisoblangan xodimlar) o’z shaxsiy 
xususiyatlariga egadir. Ushbu xususiyatlar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin, 
ya’ni u: 
• mehnat sharoitlaridan voz kechish; 
• o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shash; 
• mehnat samaradorligini mehnat sharoitlaridan qat’i nazar o’zgartirish; 
• bilimlarini oshirish, mutaxassisligini o’zgartirish; 
• hududiy bog’liq bo’lish; 
• ijtimoiy jihatdan turlicha bo’lish; 
• mehnat resurslariga chiqimlar – muzokaralar mavzusi ekanligini anglash
• kapital bilan o’rnini almashtira olish va boshqalar. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling